Kirish Registrasiya

STD.UZ/ATLETIKO

Atletiko

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Musulmon va xristian futbolchilar ramziy jamoasi tuzildi

Futbolda musulmon va xristian futbolchilardan iborat ramziy jamoa tuzilsa, unda qaysi biri kuchli bo‘lar edi? Qiziqarli savol, to‘g‘rimi? Lekin javob berish qiyin. Har holda, har ikki tomonda salmoqli tosh bosadigan sara ijrochilar yetarli.

Shunday ekan, diniy e’tiqodlariga qarab, yulduz futbolchilardan o‘ziga xos ramziy terma jamoalar shakllantirib, xulosa chiqarishni har kimning o‘ziga qo‘yib bergan ma’qul. Yana bir gap - ikki jamoaga tanlangan ba’zi «figura»lar ma’lum darajada munozara keltirib chiqarishlari ham mumkin, ammo ularning aynan qaysi dinga mansub ekanliklarini shartli ravishda tushuntirish imkoni bor. Demak, ikki qiziqarli kompozisiyaga nigoh tashlaymiz - xristianlar va musulmonlar ramziy terma jamoalari!

MUSULMONLAR TERMA JAMOASI

Asmir Begovich. 100 foiz musulmon. Yevrofutbolda ramziy jamoa darvozasiga bosniyalik kiperdan munosibroq nomzod topish qiyin.

Seyad Kolashinas. «Arsenal»ning tolmas va baquvvat himoyachisi. Uning ota-onasi musulmon, o‘zi ham Islom muhitida ulg‘aygan. Ramziy jamoaga Bosniya va Gersegovina termasidan olingan yana bir futbolchi. 

Antonio Ryudiger. Germaniyalik futbolchi har qanday jamoa himoyasini mustahkamlaydi. «Real» Antonioni bejiz o‘z safiga chorlamadi axir.

Benjamin Mendi. Otasi muslim, onasi muslima. Zero, ular Yevropaga asosan Islom diniga e’tiqod qilinadigan Kot-d~Ivuardan ko‘chib kelishgan.

N'Golo Kante. Parijda, o‘rta sinfga mansub oilada tug‘ilgan kamtar yigit. Uning Makkada Haj amalini bajarib qaytgani Islom diniga mansub ekanligiga isbotdir.

Mesut O‘zil. Germaniyalik turk ham hoji hisoblanadi. Umuman, u Islom dunyosi vakili ekanligidan faxrlanishini ko‘p bora ta’kidlagan.

Pol Pogba. Fransiyalik futbolchining ismi ko‘pchilikni chalg‘itishi mumkin. Ammo bugungi hayotda inson e’tiqodini uning ism-sharifiga qarab aniqlash mumkin emas. Pogba 2019 yili Islom diniga jiddiy yondashishini e’lon qilgandi. Yarim himoyachi ke­yinchalik «Instagram» tarmog‘idagi sahifasini Haj safaridan olingan suratlari va videolavhalar bilan to‘ldirdi.

Riyod Mahrez. Jazoirlik yarim himoyachi, demak, shubhadan xoli nomzod. Zero, Jazoir aholisining 98 foizi Islom dinida. 

Eden Azar. Ayrimlar hayron bo‘lishlari mumkin. Ha, Azarning dini haqida aniq ma’lumot yo‘q. Lekin uning Islom ixlosmandi ekanligini tasdiqlovchi bir qator yozishmalari mavjud. 

Sadio Mane. «Liverpul»ning senegallik hujumchisi o‘z golini nishonlashda tez-tez boshini yerga qo‘yadi - sajda. Mane shubhasiz, bu jamoa­ning bir bo‘lagi!

Muhammad Saloh. Misrlik goleador e’tiqodini alohida muhokama qilish shart emas - hammasi ochiq-oydin ma’lum. 



XRISTIANLAR TERMA JAMOASI

Janluiji Buffon. Dunyoning eng sara darvozabonlaridan biri. Buyuk Jiji ramziy jamoadan o‘rin olishga 100 foiz munosib. Ijtimoiy tarmoqlarda uning xoch tasviri bilan tushgan suratlari ko‘p. 

Dani Alvesh. Braziliyalik himoyachi futbolga qorishib ketgan oilada ulg‘aygan. Aytishlaricha, u hamon sof katolik.

David Luiz. Braziliya futbolining yana bir vakili - chin dindor. Izoh ortiqcha. 

Tyago Silva. «Chelsi» legioneri ham xristian ekanligini oshkora namoyish etishni xush ko‘radi. Ha, himoyada brazilcha trio!

Endryu Robertson. «Liverpul» himoyachisi vaqtida Rim katolik cherkovida tahsil olgan. Boshqa gap ortiqcha. 

Andres Inyesta. Ispaniyalik tan olingan yarim himoyachi katolik ekanligini hech qachon yashirgan emas. U 2010 yili Ispaniya termasi JCHda g‘alaba qozonsa, katolik ziyoratni ado etishga va’da bergan va yakunda o‘z so‘zi ustidan chiqqandi.

Rahim Sterling. «Manchester Siti» hujumchisi otasiz ulg‘aygan, onasi esa uni nasroniylarga xos tarbiyalagan. Rahim o‘z «tvit»larida Injildan iqtiboslar keltiradi ba’zan.

Neymar. O‘z e’tiqodini aslo yashirmaydigan yana bir futbolchi. Uning qaysi dinga amal qilishi tom ma’noda peshonasiga bitib qo‘yilgandek.

Krishtianu Ronaldu. Portugaliya aholisining kamida 80 foizi katolik hisoblanadi. Xususan, Ronalduning oilasi ham. «Har hafta cherkovga boraman va katolik sifatida menga berilgan narsalar uchun Yaratganga shukrona keltiraman», - deya Krish so‘zlarini keltirgandi Mirror nashri 2018 yili. 

Lionel Messi. Argentinalik yulduz gol urganida, deyarli har safar bir xil harakatni amalga oshiradi - burchak tomon yugurib, ikki qo‘lini ko‘taradi. Xullas, Messining xristian ekanligiga shubha yo‘q. Imo-ishoralari ham bunga dalil.

Luis Suares. Diniy e’tiqodini ko‘z-ko‘z qilishni xush ko‘ruvchi hujumchi. Urugvaylik goleador nasroniy ekanligini takror va takror ko‘rsatishdan aslo charchamaydi. 

 

D.ALIMOV tayyorladi

(sports.ru va tribuna.com materiallaridan foydalanildi)

Kiritildi: 24.05.2022 07:52. O'qildi: 21712 marta. Fikrlar: 73 ta.

La-liga

Jamoa O' O
1 Real Madrid 29 72
2 Barselona 29 64
3 Jirona 29 62
4 Atletik Bilbao 29 56
5 Atletiko 29 55
6 Real Sosyedad 29 46
7 Betis 29 42
8 Valensiya 28 40
9 Vilyarreal 29 38
10 Xetafe 29 38
11 Las-Palmas 29 37
12 Osasuna 29 36
13 Alaves 29 32
14 Malyorka 29 30
15 Rayo Valyekano 29 29
16 Sevilya 29 28
17 Selta 29 27
18 Kadis 29 22
19 Granada 28 14
20 Almeriya 29 13

ECHL

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Atletiko 6 16
2 Lasio 6 9
3 Feyenoord 6 6
4 Seltik 6 4

Evropa ligasi

- Guruhi

Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenhem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

UYEFA Superkubogi

Jamoa O' O
1 Bavariya 1 3
2 Sevilya 1 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

18.03.2024. La-liga . 29-tur.
01:00
Atletiko
0-3
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!
© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.