Kirish Registrasiya

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

«Real» bugun qanday tarkibda maydonga tushadi? Jamoaning ahvoli qanday?

Zayniddin Zidan boshchiligidagi «Real Madrid» bugun “Anoeta” arenasida chempionlikni himoya qilishni boshlaydi. Ushbu bahs, bir nechta savollarga oydinlik kiritib berishi kutilmoqda. «Real Sosyedad» o‘tgan mavsumda «Real»ni kubok uchrashuvida mag‘lubiyatga uchratgan va musobaqadan chiqarib yuborgan edi. Jamoaning asosiy yulduzi Martin Edegor «qaymoqranglilar» safiga qaytgach, vaziyat qay darajada o‘zgaradi? Zidan o‘z chempionligini himoya qilish orqali mutlaq rekord o‘rnata oladimi?

Sosyedadliklar o‘tgan mavsumni chakki o‘tkazishmadi. Ayniqsa, norvegiyalik futbolchining effekti g‘alabalar uchun kalit vazifasini o‘tab berdi desak, adashmagan bo‘lamiz. To‘g‘ri, yangi mavsumda klub 21 yoshli futbolchining xizmatlaridan foydalana olmaydi, ammo uning o‘rnini David Silva bilan to‘ldirildi. Ispaniyalik futbolchi Edogordan daraja borasida orqada emas. Boz ustiga, ancha tajribali futbolchi. Shu sababli, «Real Sosedad»da tarkib borasida muammo bo‘lmasligi aniq. Agar yoshdagi tafovut inobatga olinmasa, Silva Edogordan umuman qolishmaydi. Afsuski, klub murabbiyi - Imanol Alguasil Davidning koronavirus bilan og‘riyotganini va katta ehtimol bilan mavsum debyutini o‘tkazib yuborishi mumkinligini ma’lum qildi. Shu sababli, Silvaning bugungi uchrashuvda maydonga tushishi katta so‘roq ostida turibdi.

Zidan ham ayrim futbolchilariga ishonch bildira olmaydi. Birinchi navbatda Isko, Eden Azar va Marko Asensiolarni alohida qayd etib o‘tish joiz. Hujumdagi futbolchilarning yo‘qligi, Zidandan o‘yin sxemasida biroz o‘zgarish amalga oshirishni talab qilmoqda. Balki, murabbiy Martin Edegorga ilk turlardan boshlab imkon berar?

Mavsum oldidan, ko‘plab taniqli nashrlari «Real Madrid»ning yangi mavsum uchun qanday o‘yin sxemasidan foydalanishi haqida bosh qotirgani rost. Ayniqsa, Martinning Zidan sxemasida qaysi pozisiyadan o‘rin olishi ko‘pchilikda savol uyg‘otdi. Bugungi bahs oldidan hujumdagi muammolar sababli Zidan Edegorni oldingi chiziqqa joylashtirishi mumkin. Sababi, markazdagi uchlik o‘z o‘rnini saqlab qoladi. Shu sababli, oldinroqqa siljishdan boshqa chora yo‘q.

Maydon markaziga haqida biroz fikr yuritish lozim. Mavsumning birinchi yarmini ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazgan Fede Valverde sport formasini juda sekin tiklamoqda. Qariyalar qatoriga qo‘shib qo‘yilgan Luka Modrich esa, tezda optimal formaga kirib oldi. Katta ehtimol bilan, Zidan Modrich yoki Valverdelardan birini Kazemiro va Toni Kroosning oldiga «joylashtiradi». Valverde, o‘tgan mavsumda juda katta tajriba to‘pladi. Uning hali yosh ekanligi va progress jarayonini boshidan o‘tkazayotganini inobatga olsak, katta ehtimol bilan Zidan urugvaylik futbolchini bugungi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tashlaydi.

Himoya chizig‘ida esa, hech qanday o‘zgarishlar yo‘q. Faqat chap qanot himoyasini kim egallashi noma’lum bo‘lib turibdi. O‘tgan mavsumda Ferlan Mendi qanotda to‘p surdi va Marselloni o‘z ustida ishlashga majbur qila oldi. Aynan Mendining trasferidan so‘ng, Marselo yana o‘z ritmiga tushib oldi. O‘tgan mavsumda braziliyalik futbolchi 1809 daqiqa maydonda to‘p surgan bo‘lsa, bu ko‘rsatgich Ferlanda 1296 daqiqani tashkil etadi. Mendi Marselodek futbolchi bilan bir mavsum davomida raqobatlashgach, yanada kuchli bo‘lgani aniq. Afsuski, Marselodagi o‘zgarish salbiy tomonga qarab ketmoqda. Vaqt o‘tgani sari undagi chaqqonlik va jismoniy holat pand berishni boshlaydi. Shu sababli, bu pozisiyadagi ichki raqobatda tez orada Mendi g‘olib chiqishi aniq.

Marselodan farqli o‘laroq, Serxio Ramos yildan-yilga o‘sib bormoqda. Uning markazdagi ishonchli o‘yinlarini tomosha qilar ekansiz, bu yigit futbolda abadiy qoladi degan fikrga kelishingiz mumkin. Ramos bu mavsumda ham «Real»ning «suyangan tog‘i» bolish niyatidan. Ramosning tarkibida bo‘lishi juda muhim. ayniqsa, Rafayel Varan uchun. Amaldagi JCH g‘olib «Manchester Siti»ga qarshi uchrashuvda «el-kapitano»siz qanday ahvolga tushib qolishini barchamiz ko‘rdik. Shu sababli, Zidan vazifani bajarishi uchun Ramos juda muhim figura sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, Dani Karvaxalda ham hech qanday muammo yo‘q. O‘ng qanot fulbekki bu mavsumda ham har bir o‘yinni 90 daqiqa o‘tkazishga tayyor holda. Qo‘shimchasiga, klub «Bavariya»dagi Alvaro Odrisolani ortga qaytardi. Har ehtimolga qarshi Karvaxalning o‘rnini egallashga qodir futbolchi mavjud, ammo u Danini asosiy tarkibdan siqib chiqarishga biroz erta.

Madrid klubining mudofaa chizig‘i o‘tgan mavsumda «La Liga»da eng yaxshilardan bo‘lgani aniq. Tibo Kurtuaning mavsumning eng yaxshi darvozaboniga aylangani so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Tibo uzoq tanaffusdan so‘ng, Ter Shtegen va Yan Oblak gegemonligiga barham berishga muvaffaq bo‘ldi. Endi bu ustunlikni qo‘ldan chiqarib yubormaslik uchun harakat qilishi aniq.

Ayni damda, «Real Madrid»ning murabbiylar shtabida hech qanday muammo yo‘q. Zidan «La Liga» chempionlikni takrorlash orqali barcha rekordlarni o‘ziniki qilib olmoqchi. E’tiborlisi shundaki, jamoaning asosiy raqibi – «Barselona» tomonlardan sovuq shamollar esmoqda. Kataloniya klubi start olayotgan mavsumni qay darajada o‘tkazishi noma’lum. Zidan esa, bu imkoniyatdan unumli foydalangan holda «Real Madrid» tarixidagi eng yaxshi murabbiyga aylanishni oldiga niyat qilib qo‘ygan.

Taxminiy tarkib:

"Real Sosyedad"

Aleks, Munyos, Lyorente, Elustondo, Gorosabel, Marino, Gevara, Lopes, Oyarsabal, Isak, Portugez

"Real Madrid"

Kurtua, Mendi, Ramos, Varan, Karvaxal, Kroos, Kazemiro, Modrich/Valverde, Rodrigo/ Edegor, Benzema, Vinisius

Kiritildi: 20.09.2020 15:57. O'qildi: 6086 marta. Fikrlar: 0 ta.

La-liga

Jamoa O' O
1 Real Madrid 31 78
2 Barselona 31 70
3 Jirona 31 65
4 Atletiko 31 61
5 Atletik Bilbao 32 58
6 Real Sosyedad 31 50
7 Valensiya 31 47
8 Betis 31 45
9 Vilyarreal 31 39
10 Xetafe 31 39
11 Osasuna 31 39
12 Las-Palmas 31 37
13 Sevilya 31 34
14 Alaves 31 32
15 Malyorka 31 31
16 Rayo Valyekano 31 31
17 Selta 31 28
18 Kadis 31 25
19 Granada 32 18
20 Almeriya 31 14

ECHL

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Barselona 10 19
2 Portu 8 15
3 Shaxtyor 6 9
4 Antverpen 6 3

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

Nimchorak final
12.12.2023
23:00 Al-Ittihod
3:0
Oklend Siti
Chorak final
15.12.2023
19:30 Leon
0:1
Urava Reds
23:00 Al-Ahli
1:3
Al-Ittihod
Yarim final
18.12.2023
23:00 Fluminense
2:0
Al-Ahli
19.12.2023
23:00 Manchester Siti
3:0
Urava Reds
3-urin uchun
22.12.2023
19:30 Al-Ahli
-:-
Urava Reds
Final
22.12.2023
23:00 Fluminense
-:-
Manchester Siti

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenhem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

17.04.2024. ECHL . Chorak final.
00:00
Barselona
1-4
PSJ

Navbatdagi uchrashuv

22.04.2024. La-liga . 32-tur.
00:00
Real Madrid
-:-
Barselona

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.