Kirish Registrasiya

STD.UZ/BAVARIYA

Bavariya

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

"Everton" muxlislarga futbolchi hayotini bir kunga his qilish imkonini taklif qildi

"Everton" muxlislar uchun o‘ziga xos va noodatiy taklif tayyorladi. Unga ko‘ra, istalgan ishqiboz 25 ming funt sterling evaziga bir kun davomida jamoa futbolchilarining kundalik hayotiga yaqin muhitda bo‘lishi mumkin.

Paket doirasida muxlis jamoaning rasmiy mehmonxonasida qoladi, futbolchilar bilan birga ovqatlanadi va jamoa bilan safar qiladi. Shuningdek, juma kuni futbolchilar bilan mashg‘ulot o‘tkazish imkoniyati ham taqdim etiladi.

Taklifga murabbiylar shtabi brifinglari va jamoaviy suhbatlarda ishtirok etish, o‘yin oldidan maydondagi chigalyozdi mashqlarini kuzatish ham kiritilgan.

Eng qiziqarli jihati — muxlis o‘yin kuni jamoaning faxriy a’zosi sifatida zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, paket xaridori o‘z ismi tushirilgan shaxsiylashtirilgan rasmiy formaga ham ega bo‘ladi.

Shu tariqa, 25 ming funt to‘lashga tayyor bo‘lgan "Everton" ishqibozi bir kunga bo‘lsa-da o‘zini Premyer-liga futbolchisi kabi his qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Kiritildi: 15.09.2026 17:58. O'qildi: 813 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bundesliga

№ Jamoa O' O