Kirish Registrasiya

STD.UZ/BUNYODKOR

Bunyodkor

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

«Bunyodkor» futbolchilarini «tog‘a» deb chaqiruvchi Jasur Jaloliddinov bilan katta intervyu

Yaqinda «The Guardian» nashri tomonidan sayyoramizning eng iqtidorli yosh futbolchilari ro‘yxati e’lon qilindi. Quvonarli tomoni ular orasidan “Bunyodkor” klubi futbolchisi Jasur Jaloliddinov ham o‘rin oldi. Shundan so‘ng hamyurtimiz Jasur Jaloliddinov bilan maroqli uyushtirdik. Ushbu intervyuni siz aziz muxlislarimizga ilindik!

- Assalomu alaykum, Jasurbek. Ijozatingiz bilan savollarni berishni boshlasam. Demak, birinchi savolim shundan iboratki, yosh bo‘lishingizga qaramasdan erta tanildingiz. Mashxur bo‘lishingiz sababi nimada deb o‘ylaysiz? Iqtidormi yoki mehnat?

- Assalomu alaykum. Menimcha, futbolchiga bu ikkisi: iqtidor ham, mehnat ham birdek zarur deb hisoblayman. Murabbiylarim doim bir gapni takrorlashardi «Iqtidoringga ishonib qolsang, mehnat qilishdan to‘htasang, hech qachon hech narsaga erisha olmaysan» Shulardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, murabbiylarimning o‘gitlarini tinglab, o‘zimni ustimda ishlashda davom etyapman. Murabbiylarim doim o‘zbek futbolida iqtidori bo‘la turib yo‘q bo‘lib ketgan futbolchilarni ko‘p misol qilib keltiririshardi. Xulosa qilib aytganda, menimcha biror yutuqqa erishish uchun iqtidorning o‘zi yetarli emas

- Siz asosan «Bunyodkor» jamoasidagi o‘yinlaringiz bilan ko‘zga ko‘rindingiz. Bunga Vadim Abramovning qanchalik ta’siri bor? Yoki Abramovdan oldingi murabbiylaringiz mehnatlari samarasi deya hisoblaysizmi?

- Men shu kungacha nimaga erishgan bo‘lsam hammasi «Bunyodkor» sababli deb bilaman. Agar bundan orqaroqqa nazar tashlaydigan bo‘lsam, juda ko‘p boshqa murabbiylarning ham mehnatlari yotibdi. Juda ko‘p ustozlarim men uchun jon kuydirgan, vaqtlarini ayamagan. Ulardan Shuxrat Maqsudovni aytib o‘tgan bo‘lardim. Meni birinchilardan bo‘lib yoshlar terma jamoasiga chaqirganlar. Yoshim to‘g‘ri kelmasa ham, 15 yoshimda jalb qilganlar. 16 yoshgacha mashg‘ulotlarga qatnab yurganman. Shunda ham menga doim e’tibor berib yurganlar. Birinchi o‘yinim «Paxtakor» yoshlariga qarshi bo‘lgan. Ba’zi futbolchilarning asosiy tarkib futbolchisiga aylanishi uchun 3-4 yillab vaqt ketsa, meni asosiy tarkibga o‘tishimga shu birgina o‘yin sababchi bo‘lgan. Yoshlar ligasida «Paxtakor»ga qarshi kechgan o‘yindan keyin Mirjalol Qosimov meni asosiy tarkibga jalb qilganlar. Ularni ham yutuqlarimda o‘z mehnatlari bor deb hisoblayman. Bu yil o‘zimni qanday ko‘rsatgan bo‘lsam, nimadirlarga erishgan bo‘lsam, bularning hammasi ustozim Vadim Abramovning mehnatlari evaziga deb bilaman. Chunki men oldin boshqa pozisiyada, himoya qanotida, hujumkor o‘yinchi edim. Vadim Abramov esa meni hujum ortida, bo‘shroq zonada sinab ko‘rishga qaror qildilar. Ustozlarimdan doim minnatdorman.

- Nima deb o‘ylaysiz, futbolchi «yulduzlik kasalligi»ga uchramasligi uchun nimalarga e’tibor qaratishi lozim, ayniqsa sizning yoshingizda?

- «Yulduzlik kasalligi»ga chalinmaslik uchun meni yoshimdagi futbolchilarning hammasiga murabbiylar aytishsa kerak «Yulduzlik kasaliga chalinma, hali o‘ynashing kerak» deb. O‘sha gaplarga to‘g‘ri e’tibor berish kerak. Menga ham doim Vadim Abramov gol urgan kunimning ertasiga «Bo‘ldi, u golni esingdan chiqar» deb. Men ularni o‘sishimga juda katta ta’sir qilgan murabbiy sifatida bilaman va ko‘rstmalariga doim amal qilib boraman. Bu kasallikka chalinmaslik uchun miyyani kerakmas narsalarga chalg‘itmaslik kerak deb o‘ylayman. Futbolchi faqat futbolni o‘ylashi kerak. Ayniqsa meni yoshimda fubldan zerikishning umuman iloji yo‘q. Qolgan hamma narsalarni hali o‘zini vaqti keladi.

- Yaqinda sizni mashxur «The Guardian» nashrida dunyoning eng iqtidorli o‘yichilari safida ko‘rdik. Siz bu xabarni birinchi bo‘lib kimdan eshitdingiz va nimalarni his qildingiz?

- Instagram tarmog‘ida germaniyalik do‘stlarim bor. Ular bilan muloqot qilib turamiz. Birinchi bo‘lib shu do‘stlarimdan eshitdim. Keyin saytga kirib ko‘rdim. u yerda men taniydigan, qarshi futbol o‘ynagan ko‘pchilik futbolchilarning ismi ham bor edi. To‘g‘risi, nima ekanligiga unchalik yaxshi tushunamdim. Shunchaki, qandaydir so‘rovnoma natijalari bo‘lsa kerak deb o‘yladim. Ammo bu xabar tez orada internet tarmog‘ida juda keng tarqalib ketdi. Keyin sal jiddiyroq narsa ekanini anglab yetdim. Ichimdan o‘tgan hislarniku, to‘g‘risi ta’riflab berolmayman! Birinchi bo‘lib ko‘z oldimga murabbiylarim keldi. Agar murabbiylarim, ayniqsa Vadim Abramov « Bu hali yosh, vaqti keladi bir kun» deganida, meni asosiy tarkibga qo‘ymaganida bu narsalarga erisha olmasdim.

- Katta futbolga erta kirib keldingiz. Har bir jamoada yosh futbolchilarni yoshi katta futbolchilar «straxovka» qilib turadi. Sizga klubingizda o‘yin paytida yordam beradigan, maydonning o‘zida ko‘rsatmalar beradigan futbolchi bormi?

- Sakkiz yoshimda «Bunyodkor»ga kelganimda Dilshod Ahmadaliyev, Islom Qobilov, Rustam Ashurmatov, Doston Hamdamov, Akrom Komilov akalarimning hammasi bor edi. Ular meni bolalikdan katta qilishgan desam ham bo‘ladi. Shuning uchun ham hamma jamoadoshlarim meni o‘ziga yaqin olishadi desam to‘g‘ri bo‘ladi. O‘yin paytiga keladigan bo‘lsak, hammadan ham ko‘proq Anvar G‘ofurov va Lutfulla To‘rayevlar yordam berishadi. Anvar aka har bilgan to‘g‘ri va notog‘ri xatti-harakatlarimni o‘yin payti bo‘lmasa ham, o‘yindan keyin gaplashib hammasini to‘g‘ri tushuntiradilar. O‘yin paytida esa hammadan ko‘proq Lutfulla To‘rayev «straxovka» qiladilar. Adashmasam, o‘yin payti deyarli har bitta qilgan ishimdan keyin nimadir deydilar. Vaqti kelsa maqtaydilar, vaqtida koyidilar, so‘kkan paytlari ham bo‘lgan. Men ham ularni Lutfulla aka demayman, o‘zimga yaqin olib «tog‘a» deb chaqiraman!

- Istalgan futbolchi borki, terma jamoa o‘yinlarini kuzatib boradi. Sizning fikringizcha, o‘zbek futboli tarixidagi eng kuchli futbolchi kim?

- Meni fikrimcha, o‘zbek futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchi bu – Eldor Shomurodov. Eldor akani mashg‘ulotlarini, o‘z ustlarida ishlashlarini kuzatganman. Qanday natijaga erishayotganlarini hammamiz ko‘rib turibmiz. O‘zbek futboli tarixidagi eng zo‘ri degnda hayolimga birinchi bo‘lib Eldor aka keladilar.

- Navbatdagi savol. Bundan deyarli 7-8 yil avval yoshlar va o‘simirlar terma jamoalarimiz muntazam ravishda Jahon chempionatida ishtirok etayotgan edi. So‘nggi yillarda xató qit’a chempionatiga ham yo‘llanma olish mahsqatga aylandi. Sizningcha bu futbolimizning qulayotganini bildiradimi?

- Tog‘ri aytasiz, bu juda achinarli xolatga aylanib qoldi. O‘zim ham bundan 2 yil avval Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘smirlar o‘rtasidagi qit’a chempionati saralash uchrashuvlaridan o‘ta olmadik. Shunisi aniqki, raqiblarimiz o‘sib bormoqda. Afsuski, asl muammo unda emas. Terma jamoadagi futbolchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lsada, ular klub safiga borib qo‘shilganda yana o‘sishdan to‘xtab qolishmoqda. Bilasizmi, Yoshlar terma jamoasining asosini «Paxtakor» va «Bunyodkor» klubi futbolchilar tashkil etadi va ular uchun O‘zbekistonda raqobat xosil qiladigan jamoalarning o‘zi yo‘q. Bu klub futbolchilari bir mavsumda atigi 2 bor to‘qnash kelishladi. Afsuski, O‘zbeksiston chempionatida kuchli boshqa kuchli klubning o‘zi yo‘q. Yoshlar bir yilda atigi 2 bor malaka oshirish imkoniga ega bo‘lishmoqda. Bir yil davomida qolgan uchrashuvlarning barchasi 8:0 yoki 10 : 0 hisobidagi yirik g‘alaba bilan o‘z yakuniga yetadi. Bunday o‘yinlardan futbolchilar osishga erisha olmaydi.

- Lyubinko Drulovich qo‘l ostida oz bo‘lsada to‘p surdingiz. Ushbu murabbiy haqida qanday fikrdasiz?

- To‘g‘risi, juda ilq munosabatdaman. Menimcha aynan shu murabbiy O‘zbekistonga Yevropa futbolini olib kirmoqda. Ochig‘i men shu kunga qadar unga o‘xshash murabbiyni sira ko‘rmagan edim. Yig‘in so‘ngida men bilan suhbatlashgan Drulovich maydonda ko‘zga tashlanmagan xatolarimni keltirib, ular ustida ishlashimni iltimos qildi. Uning so‘zlaridan so‘ng, naqadar kuchli murabbiy ekanligini chuqur his etdim.

- Vadim Abramovning kuchli tomoni nimada?

- Hech e’tibor berganmisiz, Vadim Abramov imkoniyat bergan barcha futbolchi ishonchni to‘liq oqlaydi. Bu o‘z-o‘zidan bo‘ladigan xodisa emas. U chinakam ruhshunos. Shuningdek, kim bilan qanday muloqot qilishni biluvchi professional mutaxassis.

Abramov hazilkashmi yoki jiddiy?

– Ochig‘i bu savolga javob berish qiyin. O‘yindan oldin u barcha bilan hazillashadi va ko‘ngliga qaraydi. O‘yin kuni esa, undan jiddiy odam yo‘q. O‘z vaqtida Vadim Karlenovich meni o‘z honasiga chaqirib suhbatlar o‘tkazganlar. Suhbatimiz davomida Karlenovich doimmo sodda va londa ko‘rsatma beradi. Uning ustunligi ham aynan shunda bo‘lsa, ajab emas. Uning xonasidan chiqqanimdan so‘ng, shunchalar osonmi deb hayron qolar edim. Maydonda harakat qilayotganimda esa, nuqul «chap oyog‘inga ol gol kirit»,- deydi. Uning ko‘rsatmalari ham juda oddiy. U barcha shogirdlariga kerakli so‘zlarni topib ayta oladi. Uning so‘zlarini eshitgan futbolchilarda hayajon yo‘qoladi va ular maydonda juda erkin harakat qila boshlashadi.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev suhbatlashdi.

Kiritildi: 15.10.2019 21:25. O'qildi: 4724 marta. Fikrlar: 2 ta.

Superliga

Jamoa O' O
1 Neftchi 3 9
2 Andijon 3 7
3 Lokomotiv 3 7
4 Nasaf 3 7
5 Qizilqum 3 6
6 Navbahor 3 5
7 OKMK 3 5
8 Paxtakor 3 4
9 Dinamo 4 3
10 So‘g‘diyona 3 2
11 Metallurg 4 2
12 Olimpik 3 1
13 Bunyodkor 3 1
14 Surxon 3 0

OCHL

- Guruhi

Jamoa O' O

Yoshlar ligasi

Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bunyodkor 0 0
2 Metallurg 0 0
3 Neftchi 0 0
4 Yunired 0 0

Futzal

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 9 27
2 Maksam-Chirchiq 9 22
3 Kogon 9 19
4 Bunyodkor 9 14
5 Ardus 9 13
6 Do‘stlik AIN 9 13
7 Paxtakor 9 9
8 Stroitel-Zarafshon 9 7
9 Turon-S 9 4
10 Nafis 9 3

Superliga. II bosqich

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 46
2 Paxtakor 20 37
3 Navbahor 20 31
4 Bunyodkor 20 27
5 Metallurg 20 19
6 Buxoro 20 10

Pro-liga

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 48
2 Dinamo 20 41
3 Qo‘qon-1912 21 41
4 Mash’al 22 38
5 Sho‘rtan 21 26
6 Aral 20 26
7 Xorazm 20 22
8 Yunired 20 18
9 Navbahor Farm 20 18
10 G‘ijduvon 20 16
11 Andijon-SGS 20 12

Liga kubogi

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 OKMK 3 7
2 Metallurg 3 4
3 Bunyodkor 3 3
4 Qizilqum 3 3

So'nggi uchrashuv

17.03.2024. Superliga . 3-tur.
18:45
Bunyodkor
2-2
Navbahor

Navbatdagi uchrashuv

29.03.2024. Superliga . 4-tur.
19:00
OKMK
-:-
Bunyodkor

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.