Kirish Registrasiya

STD.UZ/CHELSI

Chelsi

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Puyol, Ramos, Kannavaro va boshqalar. Varan sen yolg‘iz emassan!

Markaziy himoyachilarning foliyati davomida qo‘pol xatolar yuz berishi tabiiy. Manchester Shahrida Varan “Real”ni qanday ahvolga solib qo‘yganiga guvoh bo‘ldingiz albatta. Vaholanki, u 4 karra YECHL g‘olibi, Jahon chempioni! Bundan ko‘rinib turibdiki, istalgan darajadagi himoyachilarda ham bunday holatlar uchrab turadi.

2015-yil. Boateng “Barselona”ga qarshi (3:0)

Agar o‘sha uchrashuvda Noyer darvozani qo‘riqlamaganida, hisob kamida 6:0 ko‘rinishini olishi aniq edi. Amaldagi JCH g‘olibi va YECHL oltin medali egasi sanalgan Boateng o‘yin oldidan Messini personal tarzda qo‘riqlashi lozim edi. O‘sha paytda, u sayyoramizning eng kuchli himoyachilaridan biri edi. Shunga qaramay, qahramonimiz o‘z karyerasidagi eng omadsiz uchrashuvni aynan “Barselona”ga qarshi o‘tkazdi.

Avvaliga sal bo‘lmasa o‘z darvozasiga penaltini olib kelishi mumkin edi, hakam ayadi. Keyin Neymar, Suares va Dani Alveslarni bir necha bor ushlab qolishni uddalay olmadi. O‘yinning final qismida Messi uni ikki bor (77, 94) “ko‘rmay” o‘tib ketdi. Aynan o‘sha o‘yindan so‘ng, Boateng uzoq muddat ruhiy bosim ostida qolib ketgan bo‘lsa, ajab emas.

2014-yil. Ramos va Pike Gollandiyaga qarshi (1:5)

Aslida Ramosning faoliyatida bundan ham yirikroq mag‘lubiyatlar mavjud. Ayniqsa, “Barselona”dan qabul qilingan 2:6 natijasi hali-hamon muxlislar yodida. Shunga qaramay, o‘sha uchrashuvda Serhioning o‘yinini tanqid qilishning iloji yo‘q. Jerrarning ham faoliyatida “Roma”, “Liverpul” va “Bavariya”dan qabul qilib olingan alamli mag‘lubiyatlar mavjud, lekin u ham o‘sha uchrashuvlarda qolganlardan yomon harakat qilmagan.

Ispaniya futboli tarixidagi eng kuchli himoyachilarni Gollandiya terma jamoasi bir uchrashuvda shu qadar sharmanda qildi-ki, hatto ular keyinroq terma jamoa bilan xayrlashishga majbur bo‘lishdi. 2014-yilda bo‘lib o‘tgan mundialda Lui Van Gal shogirdlari amaldagi chempionlarni tor-mor keltirishadi. Ispaniya birinchi bo‘lib gol urgan bo‘lsada, ko‘p o‘tmay Van Persining parvozi amalga oshadi. Ramos va Pike sun’iy ofsaydni yuzaga keltirishga ulgurmay qoladi. Ko‘p o‘tmay, Robben ularni shunchaki texnika evaziga dog‘da qoldirib ketadi. Keyinroq tayanch zonasida muammolar paydo bo‘ladi va yana gol. Beshinchi golda Robben Ramosdan tezlikda o‘tib ketadi va uni deyarli ikki bor aldam butun Ispaniyaning ustidan kulgandek gol kiritadi.

2012-yil. Jon Terri “Liverpul”ga qarshi (4:1)

Ochig‘i Jonda qo‘pol xatolar tez-tez uchrab turadi. U “Barselona”ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olishiga, “M-YU”dan javobsiz 3 ta gol olib chiqishiga ham guvohi bo‘lganmiz, biroq 2012-yilning may oyida Terri eng katta “qovun tushirish”ni amalg oshiradi.

Avvaliga himoyadagi sherigini qo‘llab-quvvatlash o‘rniga chiziqni omadsiz tark etdi. Keyinroq burchak to‘piga chiqishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. “Chelsi” sardorining APLdagi eng muhim raqiblardan biriga qarshi ko‘rsatgan “hunarlari” jamoaga qimmatga tushdi. Yakuniy hisob 4:1 “mersisaydliklar” foydasiga.

2011-yil. Rio Ferdinand “Manchester Siti”ga qarshi (1:6)

Ser Aleks faoliyatidagi eng alamli mag‘lubiyatni qisqacha yodga olib o‘tamiz. Uchrashuv boshida Ferdinand qanotdan yetkazilgan to‘pni bartaraf eta olmadi. To‘g‘ri, qizil kartochka imkoniyatlar teng emasligini bildiradi, biroq o‘z uyida Ferdinand bosimga dosh bera olmadi.

Himoyadagi tarqoqlikdan Jeko, Aguyero va Balotellilar istaganicha foydalanishga qaror qilishdi. Ha aytgancha, o‘sha uchrashuvda muxlislar bir necha bor chimga uzala tushib yotib olgan Ferdinandni ko‘rishdi va bu uning faoliyatidagi eng omadsiz uchrashuv sifatida tarixda qoldi.

2009-yil. Kannavaro “Liverpul”ga qarshi (4:0)

Fabio futbolchilik faoliyatini yakunlagach, maydondagi xatolarining barchasini xotirasidan o‘chirib tashlagani haqida aytib bergan edi. O‘z vaqtida himoyachi "Evro 2000" musobaqasida Viltorga to‘pni tashlab berganiga guvoh bo‘lganmiz, biroq o‘sha uchrashuvda u yaxshi o‘yin namoyish etgan edi. Futbolchi bir necha bor o‘yinning anteqahramoni bo‘lgan, biroq “Liverpul”ga qarshi YECHL pleyy-off o‘yini ulardan yaqqol ajralib turadi.

Avvaliga Fabio to‘pni uzoqlashtirishda xatoga yo‘l qo‘yadi, keyin kulguli holatda pozisiyani boy beradi. O‘sha kuni Fabioning tanasi maydonda, miyasi esa uyda qolgan edi. “oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan yagona himoyachi shu tariqa “Liverpul”ga juda katta yordam berib yuboradi.

2008-yil. Puyol “Real”ga qarshi (4:1)

“Barselona” Shuster boshchiligidagi “Real”ga chempionlik yo‘llakchasini tashkillashtirdi. O‘sha kuni Kataloniya klubi raqibni yengib, o‘z statusini ko‘tarib olishi ko‘zda tutilgan edi, biroq kutilmaganda Puyol katta sahnaga chiqdi. Karles o‘yin davomida o‘tkazib yuborilgan gollarga aloqador bo‘lib qoldi.

Avvaliga u Raulning zarbasi yo‘liga chiqmadi, keyinroq Iguain undan bir qadam oldinda bo‘ldi. Desertga esa, qo‘li bilan o‘ynab “Real”ga penalti ishlab berdi. Ispaniyalik himoyachi uchun yomon tushdek o‘tgan o‘yinda “Real” azaliy raqibini 4:1 natijasida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu “Barselona” uchun tarixiy natijaga aylandi. Sababi, klub tarkibida Karles bor payti hech qachon “La Liga” klublaridan 4 ta gol o‘tkazib yuborgan edi.

2004-yil. Maldini “Deportivo”ga qarshi (4:0)

Paolo futbol olamining ikki asrida ham ishonchli harakat qilgan kam sonli himoyachilardan biri desak, adashmagan bo‘lamiz. Uning “Milan” safidagi buyuk g‘alabalari bugungi avlod ko‘z oldida afsonaga aylanib ketgan. Shunday bo‘lsada, ushbu futbolchining faoliyatida ham qora kunlar yo‘q emas.

Birgina Istanbuldagi final so‘zimizga isbot bo‘la oladi. “Milan” o‘z vaqtida Maldini boshchiligida “Fiorentin”dan javobsiz 4 ta gol olib chiqishga ham ulgurgan, biroq bu o‘yinlarda Maldinini ayblash noo‘rin. “Derpotivo”ga qarshi o‘yin esa, alohida mavzu.

Ilk uchrashuvdagi 4:1 hisobi “Milan”ni mehmonda erkin harakat qilshga undadi. Oqibatda, jamoa Javobsiz to‘rtta gol qabul qilib oldi va musobaqani erta tark etdi. Maldini o‘sha oqshom Pandiani, Luke va Valeron tomonidan bir necha bor aldab o‘tildi. Paolo bir necha bor o‘z pozisiyasini boy berdi. Hujumlarga qo‘shilmadi. Umuman olganda, o‘z faoliyatidagi eng yomon o‘yinni o‘tkazdi.

2003-yil. Zanetti “Arsenal”ga qarshi (1:5)

Aslida, qanot himoyachilarining mag‘lubiyatlarda ayblash noo‘rin, lekin Zanettining ham yelkasida juda alamli mag‘lubiyat mavjud. Venger boshchiligidagi “Arsenal” jamoasiga qarshi o‘yinda argentinalik “traktorni” chetga surib tashlashdi.

Ayniqsa, Anri va Pireslarning bir necha bor dribblingda Xavyerni ortda qoldirgani, “San Siro”ga yig‘ilgan muxlislar hush kelmadi. O‘sha o‘yinda Zanetti birorta aniq uzatmani amalga oshirmadi. Hujumlarga qo‘shilishga imkon topa olmadi. Yakunda, “kononirlar”dan yirik mag‘lubiyat qabul qilib olindi. Uchrashuvdan so‘ng, “Le Gazzeta Della Sport” nashrida “Kecha “Inter” traktori “San Siro”da o‘chib qoldi” nomli katta tanqidiy maqola e’lon qilinadi. Darhaqiqat, Xavyer o‘zining eng yomon o‘yinini “Arsenal”ga qarshi uchrashuvda o‘tkazgan edi.

Kiritildi: 09.08.2020 14:32. O'qildi: 13063 marta. Fikrlar: 6 ta.

APL

Jamoa O' O
1 Manchester Siti 32 73
2 Arsenal 32 71
3 Liverpul 32 71
4 Aston Villa 33 63
5 Tottenhem 32 60
6 Nyukasl 32 50
7 Man. Yunayted 32 50
8 Vest Xem 33 48
9 Chelsi 31 47
10 Brayton 32 44
11 Vulverhempton 32 43
12 Fulhem 33 42
13 Bornmut 32 42
14 Everton 32 35
15 Kristal Pelas 32 33
16 Brentford 33 32
17 Nottingem Forest 33 30
18 Luton 33 25
19 Byornli 33 20
20 Sheffild Yunayted 32 16

ECHL

- Guruhi

Jamoa O' O

Evropa ligasi

- Guruhi

Jamoa O' O

Angliya kubogi

Nimchorak final
09.02.2021
22:30 Byornli
0:2
Bornmut
10.02.2021
00:30 Man. Yunayted
1:0
Vest Xem
22:30 Suonsi Siti
1:3
Manchester Siti
11.02.2021
00:30 Lester
1:0
Brayton
00:30 Sheffild Yunayted
1:0
Bristol Siti
01:15 Everton
5:4
Tottenhem
22:30 Vulverhempton
0:2
Sautgempton
12.02.2021
01:00 Barnsli
0:1
Chelsi
Chorak final
20.03.2021
17:15 Bornmut
0:3
Sautgempton
22:30 Everton
0:2
Manchester Siti
21.03.2021
18:30 Chelsi
2:0
Sheffild Yunayted
22:00 Lester
3:1
Man. Yunayted
Yarim final
17.04.2021
21:30 Chelsi
1:0
Manchester Siti
18.04.2021
22:30 Lester
1:0
Sautgempton
Final
15.05.2021
21:30 Chelsi
0:1
Lester

International Champions Cup

Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenhem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Angliya superkubogi

Jamoa O' O
1 Liverpul 1 1
2 Manchester Siti 1 1

UYEFA Superkubogi

Jamoa O' O
1 Bavariya 1 3
2 Sevilya 1 0

Angliya liga kubogi

Chorak final
22.12.2020
22:30 Brentford
1:0
Nyukasl
23.12.2020
01:00 Arsenal
1:4
Manchester Siti
22:30 Stok Siti
1:3
Tottenhem
24.12.2020
01:00 Everton
0:2
Man. Yunayted
Yarim final
06.01.2021
00:45 Tottenhem
2:0
Brentford
07.01.2021
00:45 Man. Yunayted
0:2
Manchester Siti
Final
25.04.2021
20:30 Manchester Siti
1:0
Tottenhem

So'nggi uchrashuv

16.04.2024. APL . 33-tur.
00:00
Chelsi
6-0
Everton

Navbatdagi uchrashuv

24.04.2024. APL . 29-tur.
00:00
Arsenal
-:-
Chelsi

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.