Mbappe yangi shartnoma taklif qilayotgan «PSJ»ga «Real» bilan bog‘liq shart qo‘ydi

Mbappe yangi shartnoma taklif qilayotgan «PSJ»ga «Real» bilan bog‘liq shart qo‘ydi

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe yangi shartnoma borasida klub bilan muzokara olib bormoqda.

"Marca" tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchi o‘z jamoasi bilan ma’lum shartlar asosida kelishuvni uzaytirishga tayyor: klub ma’lum badal puli evaziga Kilianni "Real"ga qo‘yib yuborish shartini shartnomaga kiritishi kerak.

Ammo, manbaga ko‘ra, Liga 1 qoidalariga ko‘ra, o‘yinchilarning shartnomasida badal puli ko‘rsatilishi mumkin emas. Aks holda jamoa chempionatdan chetlatilishi mumkin.

Mbappe yakunlangan mavsumda «PSJ» safida 47ta o‘yinda maydonga tushib, 42ta gol urdi va 11ta golli uzatmani amalga oshirdi. 22 yoshli futbolchining parijliklar bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyun kuni yakuniga yetadi.


Манба: soccernews.ru
22:58, 04.07.2021
Фикрлар ёпилди