Tadich «Ayaks»ni tark etadimi? – klub sport direktori javob berdi

Tadich «Ayaks»ni tark etadimi? – klub sport direktori javob berdi

«Ayaks» sport direktori Mark Overmars «Milan»ning amsterdamlik hujumchi Dushan Tadichga da’vogarlik qilayotgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

Bu yerda u «Milan» Tadich transferidan voz kechishi kerakligini ta’kidladi.

«Dushan bizning jamoamizda juda muhim o‘yinchi. U hech qanaqasiga sotilmaydi va bu yozda jamoani tark etmaydi», - deydi Overmars.

So‘nggi mavsumda Tadich «Ayaks» tarkibida 34 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol va 17 ta (!) golli uzatmani amalga oshirdi.


Манба:
00:18, 05.07.2021
Фикрлар ёпилди