Gosens «Barselona»ga o‘tishga yaqin

Gosens «Barselona»ga o‘tishga yaqin

«Atalanta» himoyachisi Robin Gosens «Barselona»ga o‘tishga tayyor, deb xabar bermoqda Goal. Futbolchi o‘z agenti bo‘lgan otasi bilan yaqin kelajakda keladigan takliflarni ko‘rib chiqqan.

Gosens uchun asosiy davogarlardan biri bu «Barselona». Kataloniyaliklar allaqachon nemis futbolchchisi bilan shartnoma imzolash ustida ishlamoqda.

Futbolchi «ko‘k anorranglilar» safiga qo‘shilishga tayyor, ammo barchasi klublar o‘rtasidagi muzokaralar qanchalik muvaffaqiyatli yakunlanishiga bog‘liq. Gap Robinning ehtimoliy maoshi haqida ketmoqda.

O‘tgan mavsumda 26 yoshli himoyachi barcha musobaqalar doirasida 44 ta uchrashuv o‘tkazib, 12 gol va 8 ta golli pas berdi.


Манба:
00:42, 05.07.2021
Фикрлар ёпилди