Rasman! "Surxon" bosh murabbiyi o‘z lavozimini tark etdi

Rasman!

"Surxon" jamoasi bosh murabbiy Rifat Akramxo‘jayev oilaviy muammolar sabab, o‘z arizasiga ko‘ra jamoani tark etmoqchiligi to‘g‘risida ariza qoldirgan edi va ushbu ariza klub rahbarlari tomonidan qanoatlantirildi, deb xabar bermoqda "Surxon" klub matbuot xizmati.

Shuningdek, shu kunlarda "Surxon" jamoasi yangi bosh murabbiy variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

Yangi bosh murabbiy e’lon qilingunga qadar jamoani birinchi davra so‘ngi turi va ikkinchi davraga katta murabbiy Rustam Aripov va texnik direktor Bahrom Haydarovlar tayyorlab boradi.

Transfer oynasi vaqtida ham seleksiya ishlari olib borilishi va har bir chiziq kuchaytirilishi rejalashtirilgan, deb qo‘shimcha qilinadi klub bayonotida. 


Манба: "Сурхон" матбуот хизмати
01:07, 05.07.2021
Фикрлар ёпилди