Insinye Yevrodagi ijobiy o‘yinlari evaziga grand jamoalar qiziqish markaziga tushgan

Insinye Yevrodagi ijobiy o‘yinlari evaziga grand jamoalar qiziqish markaziga tushgan

Italiya matbuotining yozishicha, «Napoli» futbolchisi Lorenso Insinye Yevrodagi ajoyib o‘yinidan so‘ng klubini o‘zgartirish ehtimoli bor. Lorenso hali ham rahbariyat bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti.

Futbolchi maoshini sezilarli darajada yaxshilashlarini kutmoqda. Ayni paytda Neapolda uning maoshi yiliga 4,3 million yevroni tashkil qiladi.

Angliya va Ispaniyadagi klublar esa unga bundanda ko‘proq to‘lashga tayyor. Gap «Barselona» va «Tottenxem» haqida ketmoqda.

Ma’lumot uchun, Insinye klubi safidagi so‘nggi mavsumida 19 ta gol urib, 11 ta golli pasni amalga oshirdi.


Манба:
05:00, 05.07.2021
Фикрлар ёпилди