Maxsus tizim Yevro-2020 g‘olibligiga asosiy da’vogar jamoani taxmin qildi

Maxsus tizim Yevro-2020 g‘olibligiga asosiy da’vogar jamoani taxmin qildi

Futbol statistikasi bilan shug‘ullanuvchi Opta xizmati Yevro-2020da g‘oliblikka da’vogar jamoani aniqlash maqsadida maxsus model ishlab chiqdi.

Ushbu model o‘yinchilar va butun jamoaning statistik ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib imkoniyatlarni chamalaydi.

Unga ko‘ra, Italiya terma jamoasining imkoniyatlari eng yuqori baholandi — 39 foiz. "Skuadra adzurra" yarim finalda Ispaniya bilan to‘qnash keladi.

Angliyaning g‘oliblik uchun imkoniyati 22,9%ga baholangan bo‘lsa, Ispaniyaniki 22,9 foizga teng. Bu borada eng past ko‘rsatkich Daniyada — 8,6%.

Eslatib o‘tamiz, Italiya o‘z tarixida bir marta Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan.


Манба: bombardir.ru
08:48, 05.07.2021
Фикрлар ёпилди