Mourinyo Angliya - Daniya to‘qnashuvi haqida fikr bildirdi

Mourinyo Angliya - Daniya to‘qnashuvi haqida fikr bildirdi

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Yevropa chempionatining yarim final bosqichida bo‘lib o‘tadigan Angliya - Daniya to‘qnashuvi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Ukrainaga qarshi o‘yinda Angliya qiynalmadi. Haddan tashqari oson g‘alabani qo‘lga kiritdi. Albatta, Angliya yaxshi o‘ynadi va o‘z vazifasini osonlashtirdi. Shunday bo‘lishini oldindan taxmin qilgandim.

Angliya butun o‘yin davomida ustunlikka erishdi va 5:0 hisobida ham g‘alaba qozonishi mumkin edi. Jamoa hech qanday muammoga duch kelmadi. Na jarohat, na diskvalifikasiya.

Yarim finalda esa qiyin bo‘ladi. Chunki, Daniya Ukrainadan ancha kuchli. Ammo Angliya kuchli, yaxshi va ishonchli o‘ynamoqda", — dedi Mourinyo "The Sun" nashriga bergan intervyusida.


Манба: football.ua
09:18, 05.07.2021
Фикрлар ёпилди