Yevro-2020 «Oltin butsa»si kimga nasib etadi?

Yevro-2020 «Oltin butsa»si kimga nasib etadi?

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevro-2020da to‘purarlar poygasida g‘olib chiqish uchun asosiy da’vogar hisoblanadi.

36 yoshli futbolchi turnirda 5ta gol muallifiga aylandi (ulardan 3tasi penaltidan). Chexiya termasi forvardi Patrik Shik hisobida ham 5ta gol (bittasi penaltidan) mavjud bo‘lsa-da, bu boradagi kurashda ustunlik portugaliyalik futbolchi tomonida. Chunki, Ronaldu hisobida bitta golli uzatma ham bor.

Portugaliya va Chexiya termalari musobaqadan chiqib ketganini inobatga olsak, Krishtianu va Patrik o‘z natijalarini yaxshilay olishmaydi. Uchtadan gol muallifiga aylangan Rahim Sterling (Angliya), Xarri Keyn (Angliya) va Kasper Dolberg (Daniya) yuqoridagi ikki futbolchining natijasini yaxshilash imkoniyatiga ega. Ular bu imkoniyatdan foydalana olishmasa, "Oltin butsa" Krishtianu Ronalduga nasib etadi.


Манба: www.stadion.uz.
09:39, 05.07.2021
Фикрлар ёпилди