Финал | ||||
---|---|---|---|---|
31.01.2015 | ||||
14:00 | Жанубий Корея | 1-2 | A PHP Error was encounteredSeverity: Notice Message: Undefined offset: 540 Filename: minisite/header_page.php Line Number: 508 |
|
3-урин учун | ||||
30.01.2015 | ||||
14:00 | Ироқ | 2-3 | БАА | |
Ярим финал | ||||
27.01.2015 | ||||
14:00 | A PHP Error was encounteredSeverity: Notice Message: Undefined offset: 540 Filename: minisite/header_page.php Line Number: 506 |
2-0 | БАА | |
26.01.2015 | ||||
14:00 | Жанубий Корея | 2-0 | Ироқ | |
Чорак финал | ||||
23.01.2015 | ||||
14:30 | Япония | 1-1 | БАА | |
11:30 | Эрон | 3-3 | Ироқ | |
22.01.2015 | ||||
15:30 | Хитой | 0-2 | A PHP Error was encounteredSeverity: Notice Message: Undefined offset: 540 Filename: minisite/header_page.php Line Number: 508 |
|
12:30 | Жанубий Корея | 2-0 | Ўзбекистон | |
3-тур | ||||
20.01.2015 | ||||
14:00 | D | Ироқ | 2-0 | Фаластин |
14:00 | D | Япония | 2-0 | Иордания |
№ | ISM-SHARIFI | JAMOA | GOL |
---|---|---|---|
1 | Али Мабхут | БАА | 5 |
2 | Аҳмад Халил | БАА | 4 |
3 | Ҳамза Дардур | Иордания | 4 |
4 | Тим Кэйхилл | Австралия | 3 |
5 | Сун Ке | Хитой | 3 |
6 | Сон Хеунг Мин | Жанубий Корея | 3 |
7 | Муҳаммад ас-Саҳлавий | Саудия Арабистони | 3 |
8 | Кейсуке Хонда | Япония | 3 |
9 | Массимо Луонго | Австралия | 2 |
10 | Жеймс Троиси | Австралия | 2 |
to'liq jadval » |
Futbol murabbiylari har qanday jamoaning muvaffaqiyatida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ular jamoaning o‘yin uslubi, taktikasi va umumiy strategiyasini shakllantirish uchun javobgar. Murabbiylarning o‘yin davomida futbolchilarni rag‘batlantirish va muhim qarorlar qabul qilish qobiliyati jamoaning o‘yinida sezilarli o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Murabbiylar asosiy tarkibni tanlash, muhim pallada o‘yinchilarni almashtirish va o‘yindan kelib chiqib, taktika tanlash vazifalari qo‘yiladi. Ular yuqori bosimli muhitda ishlaydi va o‘yin strategiyalarini tuzishdan tashqari, ularga jamoaning hamjihatligini ta’minlash vazifasi ham qo‘yiladi.
Osiyo Kubogi tarixida o‘z jamoalarini shon-shuhratga yetaklagan afsonaviy murabbiylar ko‘p. Malakali murabbiy o‘z o‘yinchilarining kuchli va zaif tomonlarini yaxshi biladi va ularning imkoniyatlarini maksimal darajada oshira oladi. Keling, Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogining eng yaxshi besh nafar murabbiyi bilan tanishaylik:
5. Amir G‘alinoiy (Eron)
60 yoshli murabbiy 2023 yilning mart oyida Eron jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Uning rahbarligida Eron 2023 yilgi Osiyo Kubogi yarim finaliga yo‘l oldi va Qatarga 3:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. G‘alinoiy Osiyo Kubogida Eronning 48 yillik chempionsiz seriyasiga barham berishi mumkin edi ammo u bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqardi.
U mag‘lubiyat uchun barcha javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi va boy berilgan imkoniyatlarni alohida eslab o‘tdi. Uning shartnomasi 2026 yilgacha uzaytirilishi haqida mish-mishlar bor, sababi aynan u Eronni g‘alabalarga erishtira oladigan murabbiy deb qaralmoqda.
4. Ektor Kuper (Suriya)
2023 yilning 2 fevralida Kuper muddati belgilanmagan shartnoma asosida Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. U Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2023 yilgi Osiyo Kubogi oldidan Ezekiel Xem, Ibrohim Xesar va Jalil Elias kabi kelib chiqishi suriyalik bo‘lgan uch nafar futbolchini jalb etishga muvaffaq bo‘ldi.
Kuper qo‘l ostida Suriya turnirning guruh bosqichidan o‘tib, tarixidagi eng katta muvaffaqiyatiga erishdi. Bu vaqtgacha Suriya qatorasiga 6 marta guruhda qolib ketgan edi.
3. Tintin Markes (Qatar)
Qatar Yulduzlar ligasining “Al-Vakra” jamoasidan jalb qilingan tajribali ispaniyalik Markes, Qatar futbol federasiyasi “Real”ning sobiq bosh murabbiyi Karlush Keyrushni iste’foga chiqarganidan so‘ng, Osiyo Kubogiga bir oy qolganda tayinlangan edi. U terma jamoa bilan ajoyib natija ko‘rsatdi va Qatar futbolining o‘sayotganini butun dunyoga isbotladi.
Qatar terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Feliks Sanchesga o‘xshab, bu murabbiyga ham yetarli vaqt berilsa, shubhasiz, Qatar termasini dunyoning kuchli jamoalariga qarshi tengma teng o‘ynay oladigan jamoaga aylantira oladi.
2. Petar Shegrt (Tojikiston)
2022 yil 27 yanvar kuni Tojikiston futbol federasiyasi Shegrtni yangi bosh murabbiy sifatida e’lon qildi. Shegrt qo‘l ostida Tojikiston tarixiy natijaga erishdi va 2023 yilgi Osiyo Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu mamlakatning yirik qit’a miqyosidagi musobaqada ilk ishtiroki bo‘lib, bundan oldingi besh Osiyo Kubogida yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagan.
Shegrt, shuningdek, Tojikistonga 2022 yilda Tailandda bo‘lib o‘tgan Qirol Kubogi va 2023 yilda Malayziyada bo‘lib o‘tgan Merdeka turnirida g‘olib chiqishga yordam berdi. Tojikiston Osiyo Kubogi chorak finalida Iordaniyaga imkoniyatni boy berib, turnirni yakunladi.
1. Husayn Ammouta (Iordaniya)
2023 yilgi Osiyo Kubogida Iordaniya guruh bosqichida uchinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi jamoalardan biri sifatida pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi. Ular 1/8 finalda tajribali Iroq termasini, chorak finalda esa Tojikistonni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.
Bosh murabbiy jamoani yarim finalda Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri Janubiy Koreyani mag‘lub etishga yordam berdi, bu o‘yinda Iordaniya Yurgen Klinsmann armiyasini barcha ko‘rsatgichlarda ortda qoldirdi. Iordaniya terma jamoasi tarixda ilk bor Osiyo Kubogi finaliga chiqdi.
Hal qiluvchi bahsda mezbon Qatarga mag‘lub bo‘ldi. Shunga qaramay murabbiy va jamoaning ko‘rsatgan o‘yini va matonatini e’tirof etish zarur.
Erkin G‘aybullayev tarjimasi
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Janubiy Koreya | 3 | 9 |
2 | Avstraliya | 3 | 6 |
3 | Ummon | 3 | 3 |
4 | Kuvayt | 3 | 0 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Xitoy | 3 | 9 |
2 | O‘zbekiston | 3 | 6 |
3 | Saudiya Arabistoni | 3 | 3 |
4 | KXDR | 3 | 0 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Eron | 3 | 9 |
2 | BAA | 3 | 6 |
3 | Bahrayn | 3 | 3 |
4 | Qatar | 3 | 0 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Yaponiya | 3 | 9 |
2 | Iroq | 3 | 6 |
3 | Iordaniya | 3 | 3 |
4 | Falastin | 3 | 0 |
© STADION.UZ Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|