Финал | ||||
---|---|---|---|---|
31.01.2015 | ||||
14:00 | Жанубий Корея | 1-2 | A PHP Error was encounteredSeverity: Notice Message: Undefined offset: 540 Filename: minisite/header_page.php Line Number: 508 |
|
3-урин учун | ||||
30.01.2015 | ||||
14:00 | Ироқ | 2-3 | БАА | |
Ярим финал | ||||
27.01.2015 | ||||
14:00 | A PHP Error was encounteredSeverity: Notice Message: Undefined offset: 540 Filename: minisite/header_page.php Line Number: 506 |
2-0 | БАА | |
26.01.2015 | ||||
14:00 | Жанубий Корея | 2-0 | Ироқ | |
Чорак финал | ||||
23.01.2015 | ||||
14:30 | Япония | 1-1 | БАА | |
11:30 | Эрон | 3-3 | Ироқ | |
22.01.2015 | ||||
15:30 | Хитой | 0-2 | A PHP Error was encounteredSeverity: Notice Message: Undefined offset: 540 Filename: minisite/header_page.php Line Number: 508 |
|
12:30 | Жанубий Корея | 2-0 | Ўзбекистон | |
3-тур | ||||
20.01.2015 | ||||
14:00 | D | Ироқ | 2-0 | Фаластин |
14:00 | D | Япония | 2-0 | Иордания |
№ | ISM-SHARIFI | JAMOA | GOL |
---|---|---|---|
1 | Али Мабхут | БАА | 5 |
2 | Аҳмад Халил | БАА | 4 |
3 | Ҳамза Дардур | Иордания | 4 |
4 | Тим Кэйхилл | Австралия | 3 |
5 | Сун Ке | Хитой | 3 |
6 | Сон Хеунг Мин | Жанубий Корея | 3 |
7 | Муҳаммад ас-Саҳлавий | Саудия Арабистони | 3 |
8 | Кейсуке Хонда | Япония | 3 |
9 | Массимо Луонго | Австралия | 2 |
10 | Жеймс Троиси | Австралия | 2 |
to'liq jadval » |
Sir emas, hamma biladi, Janubiy Koreya milliy jamoasi Osiyo futbolida eng barqaror yetakchilardan biri sanaladi.
Ammo koreyslarda qit’aning asosiy turnirida nimadir noto‘g‘ri ketmoqda. Har holda, ular 64 yildan buyon Osiyo kubogi sari intilishyapti, ammo besamar. Alohida aytish kerak, Osiyoning terma jamoalar miqyosidagi dastlabki 2ta bosh turnirida aynan J.Koreya termasi zafar quchgan (har ikki holatda chempionat atigi 4ta ishtirokchi bilan o‘tkazilgandi). Shu-shu irodali koreyslar qit’a kubogiga yetolmay, armondalar...
Janubiy Koreya termasining Osiyo kubogidagi oxirgi g‘alabasi 1960 yili kuzatilgandi. Koreyslar o‘shanda atigi 4ta jamoani o‘z ichiga olgan va guruh tizimida o‘tkazilgan chempionatda 100 foizli ko‘rsatkich qayd etishgan: Janubiy Vyetnam - 5:1, Isroil - 3:0 va Xitoy Taypeyi - 1:0. 1956 yilgi birinchi turnir ham J.Koreya termasi g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Koreyslar shundan buyon 4 marta kumush (1972, 1980, 1988 va 2015 yillar) va 4 marta bronza (1964, 2000, 2007 va 2011 yillar) medaliga ega chiqishdi. Qolaversa, yana 4 marta chorak final (1996, 2004, 2019 va 2023 yillar) yuzini ko‘rishdi. Biroq «oltin marra» ular uchun hamon armon bo‘lib qolmoqda. Diqqat qiling, J.Koreya milliy jamoasi o‘z tarixida qit’a chempionatida jami 15 marta ishtirok etgan, ya’ni atigi 3ta turnir final raundini o‘tkazib yuborgan. Endi 15ta urinish samarasiga e’tibor qarating:
1-o‘rin - 2 marta
2-o‘rin - 4 marta
3-o‘rin - 4 marta
Chorak final - 4 marta
Guruh bosqichi - 1 marta
Ko‘ryapsizmi, koreyslar 15ta chempionatning atigi 1tasida kurashni guruh bosqichida yakunlashgan. Boshqa tomondan, J.Koreya termasi faqat eski formatda, ya’ni guruh tizimi ostida 4ta ishtirok bilan o‘tkazilgan chempionatda g‘olib chiqqan, xolos. Yana bir ma’lumot: Osiyo kubogi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan biri ham J.Koreyadan - Li Dong Guk. Vaqtida «Midlsbro» va «Verder» klublarida ham to‘p surgan futbolchi 1998-2017 yillar oralig‘ida 4 marta qit’a birinchiligida qatnashgan va 10ta gol urgan. Qatar-2023gacha Li Dong Guk to‘purarlar ro‘yxatida birgina eronlik Ali Dai (14ta gol)dan orqada edi. Oxirgi chempionatda esa qatarlik Ali al Moaz (12ta gol) ham undan o‘zib ketdi.
J.Koreya termasi oxirgi marta 2015 yili Osiyo kubogini yutishga juda yaqin keldi. Biroq avstraliyaliklarga qarshi kechgan finalning qo‘shimcha bo‘limlari «g‘ururni tiklash» harakatiga to‘sqinlik qildi. Bundan oldin koreyslar 1988 yili finalga chiqishgan, ammo penaltilar seriyasi bo‘yicha Saudiya Arabistoni termasiga yutqazishgan edi. Jamoaning oxirgi kumush medaliga to‘xtalsak, 2015 yili mezbonlar bilan bo‘lgan hal qiluvchi bahs qo‘shimcha bo‘limlarga qadar cho‘zildi va yakunda «sokkeruz» g‘alabani ilib ketdi - 2:1. Vaholanki, J.Koreya termasi guruh raundida bu raqibdan ustun kelgandi. Aytgancha, finalda Son Xyun Min 90+1-daqiqada hisobni tenglashtirgandi. Ammo bu ham yetarli bo‘lmadi. Qolaversa, J.Koreya milliy jamoasi o‘sha vaqt FIFA reytingida sezilarli darajada pastga sho‘ng‘igan edi. Deylik, 2014 yilning yozida 69-o‘rinda qayd etilgan (J.Koreya termasi uchun eng past ko‘rsatkich). Oxirgi qit’a birinchiligidan oldin esa koreyslar jahon bo‘yicha 23-o‘rinda bo‘lib, bu Osiyo miqyosida 2-yuqori natija edi.
2015 yilgi Osiyo kubogi yarim finalida Iroq termasi mag‘lub etilgach, J.Koreya milliy jamoasi sardori Ki Sun Yun ancha kuchli bayonot bergandi: «Bu safar turnirda g‘alaba qozonishimiz shart. Asosiy sabab - g‘ururimizni tiklash. Agar ortga yana kuboksiz qaytsak, o‘zimizni halokatga uchragandek his qilamiz». Amalda shunday yondashuv ham ish bermadi. Bu safar esa chempionat starti arafasida J.Koreya termasi bosh murabbiyi Yurgen Klinsmann OK-2023da g‘alabadan boshqa har qanday natija muvaffaqiyatsizlik sanalishini baralla ta’kidladi: «64 yil kuboksiz - bu J.Koreya futboli uchun juda uzoq muddat. Barchasini to‘g‘rilash vaqti keldi». Germaniyalik mutaxassis jamoasini qanchalik jiddiy shaylantirmasin, u ham kuboksiz seriyaga barham berolmadi, baribir...
J.Koreya milliy jamoasi JCH-2014da muvaffaqiyatsizlikka uchragach (koreyslar Braziliya mundialida 1998 yildan buyon birinchi marta birorta g‘alaba qayd etishmagan, faqat Rossiya termasiga qarshi bahsda 1:1 hisobidagi durang bilan kifoyalanishgandi), Seul aeroportida muxlislar kuchli e’tiroz bildirishgandi. Ya’ni ular jamoani «Koreya futboli o‘ldi» yozuvli banner bilan qarshi olishgan va futbolchilarga har tomondan konfet uloqtirishgan.
D.ALIMOV tayyorladi
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Janubiy Koreya | 3 | 9 |
2 | Avstraliya | 3 | 6 |
3 | Ummon | 3 | 3 |
4 | Kuvayt | 3 | 0 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Xitoy | 3 | 9 |
2 | O‘zbekiston | 3 | 6 |
3 | Saudiya Arabistoni | 3 | 3 |
4 | KXDR | 3 | 0 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Eron | 3 | 9 |
2 | BAA | 3 | 6 |
3 | Bahrayn | 3 | 3 |
4 | Qatar | 3 | 0 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Yaponiya | 3 | 9 |
2 | Iroq | 3 | 6 |
3 | Iordaniya | 3 | 3 |
4 | Falastin | 3 | 0 |
© STADION.UZ Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|