Финал | ||||
---|---|---|---|---|
31.01.2015 | ||||
14:00 | Жанубий Корея | 1-2 | A PHP Error was encounteredSeverity: Notice Message: Undefined offset: 540 Filename: minisite/header_page.php Line Number: 508 |
|
3-урин учун | ||||
30.01.2015 | ||||
14:00 | Ироқ | 2-3 | БАА | |
Ярим финал | ||||
27.01.2015 | ||||
14:00 | A PHP Error was encounteredSeverity: Notice Message: Undefined offset: 540 Filename: minisite/header_page.php Line Number: 506 |
2-0 | БАА | |
26.01.2015 | ||||
14:00 | Жанубий Корея | 2-0 | Ироқ | |
Чорак финал | ||||
23.01.2015 | ||||
14:30 | Япония | 1-1 | БАА | |
11:30 | Эрон | 3-3 | Ироқ | |
22.01.2015 | ||||
15:30 | Хитой | 0-2 | A PHP Error was encounteredSeverity: Notice Message: Undefined offset: 540 Filename: minisite/header_page.php Line Number: 508 |
|
12:30 | Жанубий Корея | 2-0 | Ўзбекистон | |
3-тур | ||||
20.01.2015 | ||||
14:00 | D | Ироқ | 2-0 | Фаластин |
14:00 | D | Япония | 2-0 | Иордания |
№ | ISM-SHARIFI | JAMOA | GOL |
---|---|---|---|
1 | Али Мабхут | БАА | 5 |
2 | Аҳмад Халил | БАА | 4 |
3 | Ҳамза Дардур | Иордания | 4 |
4 | Тим Кэйхилл | Австралия | 3 |
5 | Сун Ке | Хитой | 3 |
6 | Сон Хеунг Мин | Жанубий Корея | 3 |
7 | Муҳаммад ас-Саҳлавий | Саудия Арабистони | 3 |
8 | Кейсуке Хонда | Япония | 3 |
9 | Массимо Луонго | Австралия | 2 |
10 | Жеймс Троиси | Австралия | 2 |
to'liq jadval » |
O‘z tarixida ilk bor Osiyo Kubogi turnirida ishtirok etgan Tojikiston terma jamoasining tarixiy muvaffaqiyatida bosh murabbiy Petar Segrtning salmoqli hissasi bor.
Albatta, har qanday jamoada ham asosiy rolni murabbiy o‘ynaydi. Guruhdan 2-o‘rin bilan chiqqan qo‘shnilarimiz nimchorak finalda BAAdek nomdor raqiblaridan ustun keldilar. Chorak finalda Iordaniyaga imkoniyatni boy bergan debyutantni ayblashga til aylanmaydi - qo‘shnimizni kichik hisobda (1:0) mahv etgan jamoa yarim finalda Janubiy Koreya darvozasiga 2ta javobsiz gol urdi va finalga chiqdi. Ha, mayli, mavzuga qaytamiz: Petar Segrt haqida nimalarni bilamiz?
Murabbiylik faoliyati
Petar Segrt 1966 yilda Xorvatiyaning Durdevas shahrida tavallud topgan. 1970 yilda uning ota-onasi Germaniyaga ko‘chib o‘tishgach, Petar Germaniyaning «Kalv» klubida to‘p sura boshlagan. Keyinchalik «Ploksingen», «Shvaykxaym», «Almersbax» va «Valdorf» jamoalarida o‘ynagan. Biroq tizzasidan olgan jiddiy jarohat tufayli futbolchilik faoliyati nihoyasiga yetgan.
Shundan keyin Petar UYEFA murabbiylik kursida tahsil olib, yangi sohadagi faoliyatini boshladi. «Kalv»da dastlabki tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis keyin «Boksum II», «Duysburg II» va «Valdxof» klublarida bosh murabbiy yordamchisi lavozimida ishladi va 14 yil davomida ko‘plab yosh iqtidorlarni tarbiyaladi. Evaziga, futbol jamoatchiligidan «Me’mor» taxallusini oldi.
Keyin Segrt 2006 yilda Gruziyadan taklif olib, mashhur murabbiy Klaus Topmyollerning yordamchisi maqomida milliy terma jamoada ish boshladi. Tez orada Petar ustozi o‘rnini egallab, 2008 yilgacha Gruziya terma jamoasini boshqardi.
Keyinchalik Gruziya FFda texnik direktor lavozimiga tayinlangan mutaxassis paralel ravishda jamoani Estoniya va Portugaliya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlariga tayyorlashga kirishdi. 2008 yilda Gruziya bilan Rossiya o‘rtasida Janubiy Osetiya va Abxaziyaning hududiga oid mojaro yuzaga kelganida, Petar Tbilisidagi Rustaveli maydoniga to‘plangan minglab kishilarga mamlakatni tark etmasligini bayon etgandi. Maydonga to‘planganlar Segrtni gulduros qarsaklar bilan olqishladilar. Tez orada NFI Petarni 21 yoshlilar terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritdi.
2010 yilda murabbiyni Indoneziyada yangi tashkil etilgan «Bali Devata» klubiga taklif etishdi. Bir yildan keyin «PSM Makassar» klubi tasarrufini o‘z qo‘liga olgan mutaxassis bir mavsumda milliy terma jamoaga 6, 23 yoshlilar jamoasiga 4 nafar iqtidorli yoshlarni tayyorlab berdi. Shundan keyin klub murabbiy bilan 2017 yilgacha mo‘ljallangan 5 yillik shartnomani taklif etdi. Biroq Segrt Indoneziyani 2013 yilda tark etib, Bosniya va Gersegovinaning «Zvezda» klubini qabul qildi. Biroq bu yerda ham uzoq ishlamadi - klubning yangi rahbarlar tarkibni tubdan o‘zgartirishga qaror qilishgandi.
2015 yil noyabrida Afg‘oniston FF Segrtni milliy terma jamoa bosh murabbiyi, deb e’lon qildi. Xorvatiyalik mutaxassis yon qo‘shnimiz jamoasi bilan Janubiy Osiyo Kubogi turnirida 4ta g‘alabaga erishdi. Lekin finalda Hindiston terma jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Samarali faoliyati evaziga «Xaloskor» taxallusini olgan murabbiy 2018 yil martida Maldiv oroli terma jamoasiga o‘tdi va ilk rasmiy uchrashuvda Butanni 7:0 hisobida mahv etdi. Bu orol terma jamoasining 288 kundagi dastlabki zafari edi. O‘sha yil sertyabrida Maldiv JOK turnirida muvaffaqiyatli to‘p surib, finalda avvalgi musobaqada Afg‘onistonni yenggan Hindiston termasini tor-mor etdi.
2020 yilda Petar Maldivni tark etdi. Ikki yillik tanaffusdan keyin, 2022 yil yanvarida Tojikiston FF Segrtni milliy terma jamoa boshqaruviga taklif etdi. «Kafolat berishim mumkin bo‘lgan yagona imkoniyatim - sutkadagi 24 soat vaqtimni jamoa manfaati uchun sarflash. Murabbiylar shtabi bilan hamkorlikda bor kuch va bilimimizni yuksak maqsadlarga erishishga bag‘ishlaymiz» , - degandi yangi bosh murabbiy ilk matbuot anjumanida.
Mana, 2 yildan keyin xorvatiyalik nemis va’dasini bajardi. Uning rahbarligida Tojikiston terma jamoasi o‘z tarixida birinchi marta qit’a chempionatida maydonga tushib, chorak finalgacha yetib bordi. Qatarda qayd etilgan natija xorvatiyalik murabbiyning yuksak salohiyati samarasidir. U o‘z shogirdlariga avvalo xotirjamlik, har qanday vaziyatda ham tushkunlikka tushib qolmaslik va fidoyilik fazilatlari bilan qurollantirdi. Natijada qo‘shnilarimiz BAAdek kuchli raqibni musobaqadan chiqarib yuborishdi. Vaholanki, 1980 yildan beri chempionlik orzusida yurgan amirliklardagi ishtiyoq ko‘p bo‘lsa ko‘pki, aslo kam emasdi. Aslida, Petar Segrt jamoasi turnir kashfiyoti maqomiga loyiq o‘yin ko‘rsatdi. Ana shu o‘yindan keyin ham kamtarin murabbiy muvaffaqiyatni xotirjam qarshi oldi: «Jamoamiz jangovar ruh va g‘oliblik ishtiyoqi bilan qurollangan, tabiatimiz shunaqa. Bizda hamjihatlik va uyg‘unlik hukmron. Biz orzu sari intilyapmiz. Maqsadimiz - navbatdagi o‘yinda g‘olib chiqish. Ha, orzuga ayb yo‘q. Lekin voqelikka xolis baho berish kerak. Uzoqroqqa borish uchun bor imkoniyatimizni sarflaymiz».
Tojikiston termasi uni yarim finalga o‘tishiga imkon bermagan matonatli Iordaniya bilan ham tengma-teng kurashdi - yetakchi kvartetdan joy olish masalasini yagona gol hal qildi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida murabbiy kuchli raqibni yengishda shogirdlariga nima yordam berganligi xususida jumladan, shunday dedi: «Biz jang qildik. So‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborish yaxshi emas, albatta. Xayriyatki, hammasi biz uchun ijobiy hal bo‘ldi. Shaxsan men uchun, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi - Yatimov. U o‘ta ishonchli o‘yin ko‘rsatdi. Biz penaltilar seriyasiga ham alohida tayyorlandik. Va albatta, omad ham biz tomonda bo‘ldi. Hamma narsaning iloji bor ekanligini Marokash terma jamoasi qatar mundialida isbotlagandi. Jamoada chinakam uyg‘unlikni yarata olgan inson - haqiqiy murabbiy. Tojikiston terma jamoasida ajoyib birdamlik va uyg‘unlik hukmron ekanligiga shubha yo‘q».
Sodiq SOBIR tayyorladi
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Janubiy Koreya | 3 | 9 |
2 | Avstraliya | 3 | 6 |
3 | Ummon | 3 | 3 |
4 | Kuvayt | 3 | 0 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Xitoy | 3 | 9 |
2 | O‘zbekiston | 3 | 6 |
3 | Saudiya Arabistoni | 3 | 3 |
4 | KXDR | 3 | 0 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Eron | 3 | 9 |
2 | BAA | 3 | 6 |
3 | Bahrayn | 3 | 3 |
4 | Qatar | 3 | 0 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Yaponiya | 3 | 9 |
2 | Iroq | 3 | 6 |
3 | Iordaniya | 3 | 3 |
4 | Falastin | 3 | 0 |
© STADION.UZ Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|