Jahon chempionati 2014

Braziliya (12 iyun – 13 iyul)

O'tgan uchrashuvlar

Финал
13.07.2014
23:59

A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Undefined offset: 909

Filename: minisite/header_page.php

Line Number: 506

1-0 Аргентина
3-урин учун
01:00 Бразилия 0-3 Голландия
Ярим финал
10.07.2014
01:00 Голландия 0-0 Аргентина
09.07.2014
01:00 Бразилия 1-7

A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Undefined offset: 909

Filename: minisite/header_page.php

Line Number: 508

Чорак финал
06.07.2014
01:00 Голландия 0-0 Коста-Рика
05.07.2014
21:00 Аргентина 1-0 Бельгия
01:00 Бразилия 2-1 Колумбия
04.07.2014
21:00

A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Undefined offset: 713

Filename: minisite/header_page.php

Line Number: 506

0-1

A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Undefined offset: 909

Filename: minisite/header_page.php

Line Number: 508

Нимчорак финал
02.07.2014
01:00 Бельгия 2-1 АҚШ
01.07.2014
21:00 Аргентина 1-0 Швейцария

To'purarlar

ISM-SHARIFI JAMOA GOL
1 Родригес Колумбия 6
2 Т.Мюллер Германия 5
3 Месси Аргентина 4
4 Неймар Бразилия 4
5 Ван Перси Голландия 4
6 Роббен Голландия 3
7 Шакири Швейцария 3
8 Шюррле Германия 3
9 Э.Валенсия Эквадор 3
10 Бензема Франция 3
to'liq jadval »

JCH-2014 REGLAMENTI VA SOVRINLARI

JCH-2014 REGLAMENTIDAN KO‘CHIRMA

Braziliyada o‘tadigan Jahon chempionatini o‘tkazish borasida bir nechta reglamentlar bor. Bevosita o‘yinlarni o‘tkazish qonun-qoidalariga bag‘ishlangan reglamentning muhim jihatlariga to‘xtalib o‘tamiz. Ushbu reglament 2013 yilning oktyabr oyida tasdiqlangan.

O‘yin qoidasi:

1. Har bir o‘yin 90 daqiqadan iborat bo‘ladi. O‘yin har biri 45 daqiqadan iborat 2 ta bo‘lim va 15 daqiqalik tanaffusdan iborat bo‘ladi. Pley-off o‘yinlarining asosiy vaqti durang bilan tugasa, harbiri 15 daqiqadan iborat 2 taqo‘shimcha taym belgilanadi.

2. Gazetani varaqlash jarayonida har bir jamoa 23 nafardan iborat yakuniy ro‘yxatni FIFAga topshirganiga guvoh bo‘ldingiz. Ulardan 3 nafari darvozabonlar bo‘lishi shart. Reglamentga ko‘ra, futbolchilarning liboslaridagi raqamlar 1 dan 23 gacha bo‘lishi shart. 1-raqam esa darvozabonlardan biriga berilishi shart. Qolgan darvozabonlarga esa 2 dan 23 gacha bo‘lgan raqamlardan biri berilishi mumkin.

3. Ushbu ro‘yxatga kiritilgan futbolchilardan bir nafari jiddiy jarohat olgan taqdirda (bu haqda tibbiy xulosa FIFAga taqdim etiladi), o‘sha jamoaning musobaqadagi birinchi o‘yiniga 1 qolgunga qadar tarkibga boshqa o‘yinchining kiritilishiga ruxsat beriladi.

4. O‘yin qaydnomasiga 11 nafar asosiy tarkib va 12 nafar zaxira tarkib futbolchilari kiritiladi va o‘yin davomida murabbiy yana 3 nafar o‘yinchini maydonga tushirishi mumkin. O‘yin qaydnomasi uchrashuv boshlanishiga 75 daqiqa qolganida to‘ldiriladi.

Musobaqa formati:

5. JCH-2014da jami 32ta jamoa ishtirok etadi. Ular 2013 yilning 6 dekabr kuni tashlangan qur’a natijasida 8ta guruhga (“A”dan “N”gacha) bo‘linishgan;

6. Jamoalar guruh bosqichida bir-biri bilan o‘zaro bir martadan o‘ynab chiqishadi. Har bir o‘yinda:g‘olib jamoaga 3 ochko, duranguchun har bir jamoaga 1 ochkodanberiladi, mag‘lubiyatuchun ochko berilmaydi.

7. Jamoalarning guruhdagio‘rinlari quyidagi tamoyillarasosida aniqlanadi:

a) guruhda eng ko‘p ochkoto‘plagan jamoa;

b) guruhning barcha o‘yinlarida engyaxshi to‘plar farqiga egabo‘lgan jamoa;

s) guruhning barcha o‘yinlarida ko‘p golurgan jamoa.

- Agar ikki yoki undan ortiq jamoa mazkur 3 ta tamoyilga ko‘ra bir xil vaziyatda bo‘lsa, u holda ularning o‘rinlari quyidagicha aniqlanadi:

d) o‘zaro o‘yinlarda ko‘pochko to‘plagan jamoa;

e) o‘zaro o‘yinlarda yaxshito‘plar nisbatiga ega bo‘lganjamoa;

f) o‘zaro o‘yinlarda ko‘p golurgan jamoa;

g) qur’a.

8. Har bir guruhning so‘nggi tur o‘yinlari bir vaqtda boshlanishi shart.

9. Pley-off bosqichida o‘yinning asosiy vaqti durang bilan yakunlansa, qo‘shimcha bo‘limlar belgilanadi. Qo‘shimcha bo‘limlar bahsning asosiy vaqti yakunlanganidan so‘ng 5 daqiqa o‘tib boshlanadi. Qo‘shimcha bo‘limlar orasida tanaffus berilmaydi. Jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarni to‘liq o‘tkazishadi, ya’ni «oltin gol» va «kumush gol» qoidalari amal qilinmaydi. Qo‘shimcha bo‘limlardan so‘ng ham g‘olib aniqlanmasa, navbat penaltilar seriyasiga beriladi.

 

JCH-2010 UNVON VA MUKOFOTLARI

Ushbu jahon chempionati uchun FIFA quyidagi jamoaviy va shaxsiy unvon hamda mukofotlarni joriy qilgan:

Jahon kubogi

- Musobaqa g‘olibiga final o‘yinidan so‘ng JCh kubogi sovrinini FIFA prezidenti topshiradi. Chempion jamoa Braziliyadan mazkur Kubok bilan o‘z mamlakatiga qaytadi. Kubokka g‘olib jamoa nomi o‘yib yoziladi

- Jahon kubogi FIFA mulki hisoblanadi. G‘olib davlat mazkur sovrinni bus-butun saqlash uchun javobgar hisoblanadi. Talab qilingan paytda uni FIFAga qaytaradi.

- G‘olib jamoaning har bir a’zosiga jahon kubogining kichraytirilgan nusxasi taqdim etiladi.

- Musobaqada birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi o‘rinni egallagan jamoa a’zolariga FIFAning maxsus diplomi topshiriladi.

- Musobaqada dastlabki 3 ta o‘rinni egallagan jamoaning har bir a’zosiga (50 komplekt) oltin, kumush va bronza medallari taqdim etiladi.

- Shuningdek, final va 3-o‘rin uchun bahsda ishtirok etgan har bir rasmiy shaxsga bir donadan medallar taqdim etiladi.

Fair Play («Halol o‘yin») sovrini.

Ushbu sovrin musobaqa davomida maxsus reglament asosida aniqlanadi va uni qo‘lga kiritgan jamoaning har bir a’zosi va rasmiy shaxslari diplom bilan taqdirlanadi. Bundan tashqari milliy futbol federasiyaga 50 ming AQSh dollari miqdorida mukofot puli beriladi.

Oltin, kumush va bronza butsalar:

- Oltin butsa musobaqada eng ko‘p gol urgan futbolchiga beriladi. Agar ikki yoki undan ko‘p futbolchilarning urgan gollari soni teng bo‘lsa, unda har bir futbolchining gollarga assistentlik qilgani (bu FIFAning maxsus texnik guruhi tomonidan hisoblanadi) inobatga olinadi. Shunda ham g‘olib aniqlanmasa, futbolchilarning maydonda o‘tkazgan vaqti hisoblanadi va maydonda eng kam vaqt o‘ynagan futbolchi g‘olib deb topiladi.

- Kumush va bronza butsalar sohiblari to‘purarlar bahsida ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga egallagan futbolchilarga beriladi.

Oltin, kumush va bronza to‘plar:

- Oltin to‘p sohibi musobaqada akkreditasiyadan o‘tgan OAV vakillari va muxlislari ovozlari asosida aniqlanadi va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan o‘yinchiga topshiriladi.

So‘rovda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan futbolchilarga kumush va bronza to‘plari topshiriladi.

Oltin qo‘lqop

- FIFAning ilmiy-texnik guruhi xulosasiga eng yaxshi darvozabonga taqdim etiladi.

Eng yaxshi yosh futbolchi

- FIFAning ilmiy-texnik guruhi xulosasiga ko‘ra aniqlanadi.

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.