Jahon chempionati 2014

Braziliya (12 iyun – 13 iyul)

O'tgan uchrashuvlar

Финал
13.07.2014
23:59

A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Undefined offset: 909

Filename: minisite/header_page.php

Line Number: 506

1-0 Аргентина
3-урин учун
01:00 Бразилия 0-3 Голландия
Ярим финал
10.07.2014
01:00 Голландия 0-0 Аргентина
09.07.2014
01:00 Бразилия 1-7

A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Undefined offset: 909

Filename: minisite/header_page.php

Line Number: 508

Чорак финал
06.07.2014
01:00 Голландия 0-0 Коста-Рика
05.07.2014
21:00 Аргентина 1-0 Бельгия
01:00 Бразилия 2-1 Колумбия
04.07.2014
21:00

A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Undefined offset: 713

Filename: minisite/header_page.php

Line Number: 506

0-1

A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Undefined offset: 909

Filename: minisite/header_page.php

Line Number: 508

Нимчорак финал
02.07.2014
01:00 Бельгия 2-1 АҚШ
01.07.2014
21:00 Аргентина 1-0 Швейцария

To'purarlar

ISM-SHARIFI JAMOA GOL
1 Родригес Колумбия 6
2 Т.Мюллер Германия 5
3 Месси Аргентина 4
4 Неймар Бразилия 4
5 Ван Перси Голландия 4
6 Роббен Голландия 3
7 Шакири Швейцария 3
8 Шюррле Германия 3
9 Э.Валенсия Эквадор 3
10 Бензема Франция 3
to'liq jadval »

O‘yingohlar

JCh-2014 O‘YINLARINI QABUL QILADIGAN STADIONLAR

 

KASTELAN -  Estádio Governador Plácido Castelo

STADION– «KASTELAN»

SHAHAR - Fortaleza

SIG‘IMI – 64 165 kishi

STADIONDA UY O‘YINLARINI O‘TKAZADIGAN JAMOALAR: “Seara”, “Fortaleza”.

O‘TKAZILADIGAN O‘YINLAR SONI – 6

Jahon Chempionati o‘yinlarini qabul qiladigan boshqa stadionlar fonida eng tez qurilgan va rekonstruksiyasi uchun eng kam pul sarflangan stadionlardan biri. Stadionning o‘ziga hos jihatlaridan biri, uning tom qismi termo-akustik uskunalar bilan jihozlanganidir. Bu jihat tashqaridagi juda nam ob-havo sharoitiga qaramay, stadion ichida havoning erkin aylanishini ta’minlaydi.

JCh-2014da qabul qiladigan o‘yinlar:

«D» guruhi. 14 iyun .(soat 23.59) URUGVAY – KOSTA-RIKA «A» guruhi. 17 iyun. (soat 23:59) BRAZILIYa – MEKSIKA «G» guruhi. 21 iyun. (soat 23:59) GERMANIYa – GANA «S» guruhi. 25 iyun. (soat 01:00) GRESIYa – KOTD-D’IVUAR 1/8 FINAL. 29 iyun (soat 21:00) «B» guruhi g‘olibi – «A» guruhi ikkinchi o‘rin sohibi CHORAK FINAL. 5 iyul (01:00).

 

MINEYRAN -  Estádio Mineirão

STADION – «MINEYRAN»

SHAHAR – Belu-Orizonti

SIG‘IMI – 69 950 kishi

STADIONDA UY O‘YINLARINI O‘TKAZADIGAN JAMOALAR: “Kruzeyru”, “Atletiko Mineyro”.

O‘TKAZADIGAN O‘YINLAR SONI – 6

Braziliyaning ikki buyuk klubi uy o‘yinlarini o‘tkazadigan stadion so‘nggi uch yil davomida qaytadan rekonstruksiya qilindi va JCh arafasida yangidan qad rostladi. 6000 ming o‘rinddiqqa mo‘ljallangan VIP-LOJA va stadion tomida joylajgan restoran mazkur stadionni boshqa stadionlardan ajratib turadigan asosiy jihat.

JCh-2014da qabul qiladigan o‘yinlar:

«S» guruhi. 14 iyun .(soat 21.00) KOLUMBIYa – GRESIYA «H» guruhi. 17 iyun. (soat 21:00) BELGIYa – JAZOIR «F» guruhi. 21 iyun. (soat 21:00) ARGENTINA – ERON «D» guruhi. 24 iyun. (soat 21:00) KOSTA-RIKA – ANGLIYA 1/8 FINAL. 28 iyun (soat 21:00) «A» guruhi g‘olibi – «V» guruhi ikkinchi o‘rin sohibi YARIM FINAL. 9 iyul (01:00).

 

 

“ARENA DAS DUNAS” - Arena das Dunas

STADION– «ARENA DAS DUNAS»

SHAHAR - NATAL

SIG‘IMI – 42 086 kishi

STADIONDA UY O‘YINLARINI O‘TKAZADIGAN JAMOALAR: “Amerika” Natal

O‘TKAZADIGAN O‘YINLARI SONI – 4

JCh stadionlari ichida o‘z bag‘riga eng kam tomoshabin sig‘diradioan stadionlardan biri. Stadion qurilishi 2011 yili boshlangan va JCh alohida qurilgan stadionlardan biri.  Riu-Grandi-du-Norti shtatining ma’muriy markazi hisoblangan Natal shahrining qoq markazida qurilgan stadion JCh arafasida FIFAning maxsus nazoratchilari tomonidan eng yuqori baholangan stadionlardan biri.

JCh-2014da qabul qiladigan o‘yinlar:

«A» guruhi. 13 iyun .(soat 21.00) MEKSIKA – KAMERUN «G» guruhi. 17 iyun. (soat 03:00) GANA – AQSH «S» guruhi. 20 iyun. (soat 03:00) YAPONIYa – GRESIYA «D» guruhi. 24 iyun. (soat 21:00) ITALIYa – URUGVAY

 

ARENA PERNAMBUKO – Arena Pernambuco

STADION – «ARENA PERNAMBUKO»

SHAHAR - Resife

SIG‘IMI – 46 610 kishi

STADIONDA UY O‘YINLARINI O‘TKAZADIGAN JAMOALAR: “Nautiko”.

O‘TKAZADIGAN O‘YINLAR SONI – 5

JCh o‘yinlari uchun maxsus loyihalashtirilgan stadionlardan biri. Braziliyadagi eng ko‘p sport komplekslari va inshootlarga ega shaharlardan birining markazida qurilgan. Stadion ichida savdo markazi, kinoteatr, muzey va yana bir qancha ko‘ngilochar markazlariga ega ekanligi bilan ajralib turadi.

JCh-2014da qabul qiladigan o‘yinlar:

«S» guruhi. 15 iyun .(soat 06.00) KOT-D’IVUAR – YAPONIYA «D» guruhi. 20 iyun. (soat 21:00) ITALIYa – KOSTA-RIKA «A» guruhi. 24 iyun. (soat 01:00) XORVATIYa – MEKSIKA «G» guruhi. 26 iyun. (soat 21:00) AQSh – GERMANIYA 1/8 FINAL 30 iyun. (soat 01:00) «D» guruhi g‘olibi – «C» guruhi ikkinchi o‘rin sohibi

 

FONTE-NOVA - Estádio Fonte Nova

STADION– «FONTE-NOVA»

SHAHAR - SALVADOR

SIG‘IMI – 66 080 kishi

STADIONDA UY O‘YINLARINI O‘TKAZADIGAN JAMOALAR: “Baiya”.

O‘TKAZADIGAN O‘YINLAR SONI– 6

1951 yilda qurilgan stadion 2010 yilga qadar bir necha marotaba qayta rekonsrtuksiya qilinganiga qaramay, shahar ma’muriyati 2010 yilda stadionni buzib o‘rniga yangi stadion qurilishi haqida qaror chiqardi. 2010 yilning stadion to‘liq buzilib o‘rniga yangi, 66 ming o‘rindiqqa ega yangi stadion qurilishi boshlandi va JCh arafasida ishga topshirildi. Yangi inshoot o‘z ichida muzey, kinoteatr, restoran, do‘konlar va mehmonhonaga ega.

JCh-2014da qabul qiladigan o‘yinlar:

«V» guruhi. 13 iyun .(soat 23.59) ISPANIYa – NIDERLANDIYA «G» guruhi. 16 iyun. (soat 21:00) GERMANIYa – PORTUGALIYA «E» guruhi. 20 iyun. (soat 23:59) SHVEYSARIYa – FRANSIYA «F» guruhi. 25 iyun. (soat 21:00) BOSNIYa VA HERSOGOVINA – ERON 1/8 FINAL 2 iyul. (soat 01:00) «H» guruhi g‘olibi – «G» guruhi ikkinchi o‘rin sohibi CHORAK FINAL 6 iyul (01:00).

 

BEYRA-RIUEstadio Beira-Rio

STADION– «BEYRA-RIU»

SHAHAR – PORTO ALLEGRE

SIG‘IMI – 56 000 kishi

STADIONDA UY O‘YINLARINI O‘TKAZADIGAN JAMOALAR: “Internasional”.

O‘TKAZADIGAN O‘YINLAR SONI – 6

Braziliyaning eng mashhur klublaridan biri – Internasional klubi o‘z uy o‘yinlarini o‘tkazadigan stadion 1969 yil qad rostlagan. E’tiborlisi, bir paytlar o‘z bag‘riga sal kam 100 000 ming kishini sig‘dira olgan stadion, keyinchalik FIFA talabiga ko‘ra, o‘z sig‘imini deyarli ikki baravarga kichraytirishiga to‘g‘ri keldi. Stadionning rasmiy nomi – JOZE PINEYRA BORDA – stadion loyihasi ustida bir necha yillar davomida ishlagan va stadion qurilishiga tamal toshini qo‘ygan portugaliyalik muhandis sharafiga qo‘yilgan.

JCh-2014da qabul qiladigan o‘yinlar:

«E» guruhi. 15 iyun .(soat 23.59) FRANSIYa – HONDURAS «V» guruhi. 18 iyun. (soat 21:00) AVSTRALIYa – NIDERLANDIYA «H» guruhi. 22 iyun. (soat 21:00) JANUBIYa KOREYa – JAZOIR «F» guruhi. 25 iyun. (soat 21:00) NIGERIYa – ARGENTINA 1/8 FINAL 01 iyul. (soat 01:00) «G» guruhi g‘olibi – «N» guruhi ikkinchi o‘rin sohibi

 

AMAZONIYa - Arena da Amazônia

STADION– «ARENA AMAZONIYa»

SHAHAR – MANAUS

SIG‘IMI – 42 377 kishi

STADIONDA UY O‘YINLARINI O‘TKAZADIGAN JAMOALAR: “Nasyonal”, “Amerika”, “Rio-Negru”

O‘TKAZADIGAN O‘YINLAR SONI – 4

2009 yilda Manaus shahri JCh o‘yinlariga mezbonlik qiluvchi shaharlar ro‘yxatiga kiritilgach, avvalgi stadion – Vivaldan o‘rniga barcha talablarga javob beruvchi yangi stadion qurilishi boshlandi. Ekologik jihatdan eng qulay va inshootning ichki elektr ta’minoti qisman quyosh batareykalari yordamida ishlaydigan Braziliyadagi kam sonli stadionlardan biri. JCh bahslari yakuniga yetgach, stadionda turli konsertlar va madaniy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

JCh-2014da qabul qiladigan o‘yinlar:

«D» guruhi. 15 iyun .(soat 03.00) ANGLIYa – ITALIYA «A» guruhi. 19 iyun. (soat 03:00) KAMERUN – XORVATIYA «G» guruhi. 23 iyun. (soat 03:00) AQSh –PORTUGALIYA «E» guruhi. 26 iyun. (soat 23:59) HONDURAS– SHVEYSARIYA

 

ARNENA PANTANAL - Arena Pantanal

STADION– «ARENA PANTANAL»

SHAHAR - KUYABA

SIG‘IMI – 42 968 kishi

STADIONDA UY O‘YINLARINI O‘TKAZADIGAN JAMOALAR: “Kuyaba”

O‘TKAZADIGAN O‘YINLAR SONI – 4

1973 yilda qad rostlagan va qurilishiga tamal toshini qo‘ygan gubernator Joze Frajelli nomi bilan atalgan stadion JCh o‘yinlarini qabul qilishi ma’lum bo‘lgach, uning o‘rnida barcha zamonaviy talablarga javob beradigan yangi stadion qurib bitkazildi. Mazkur stadion Jahon Chempionati guruh bahslaring to‘rt o‘yiniga mezbonlik qiladi.

JCh-2014da qabul qiladigan o‘yinlar:

«V» guruhi. 14 iyun .(soat 03.00) CHILI – AVSTRALIYA «N» guruhi. 18 iyun. (soat 03:00) ROSSIYa – JANUBIY KOREYA «F» guruhi. 22 iyun. (soat 03:00) NIGERIYa – BOSNIYa VA HERS. «S» guruhi. 25 iyun. (soat 01:00) YAPONIYa – KOLUMBIYA

 

ARENA BAYSHADA - Arena da Baixada

STADION– «ARENA BAYSHADA»

SHAHAR - KURITIBA

SIG‘IMI – 47 375 kishi

STADIONDA UY O‘YINLARINI O‘TKAZADIGAN JAMOALAR: “Atletiko Paranaense”.

O‘TKAZILADIGAN O‘YINLAR SONI – 4

Braziliyaning eng ko‘hna va eng “qari” stadionlaridan biri 1914 yilda qurilgan. Ayni damda, Braziliyaning eng ultrazamonaviy stadionlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Kuritiba shahri JCh o‘yinlari mezbonlaridan biri sifatida e’tirof etilgach, sig‘imi 25 000 ming kishiga mo‘ljallangan stadion 2008 yilda qaytadan rekonstruksiya qilina boshlandi va hozirga kelib stadion o‘z 47 ming kishidan ko‘proq muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.

JCh-2014da qabul qiladigan o‘yinlar:

«F» guruhi. 16 iyun .(soat 23.59) ERON – NIGERIYA «E» guruhi. 21 iyun. (soat 03:00) HONDURAS – EKVADOR «V» guruhi. 23 iyun. (soat 21:00) AVSTRALIYa – ISPANIYA. «N» guruhi. 27 iyun. (soat 01:00) JAZOIR – ROSSIYA

 

 

 

NASYONAL (Garrincha nomidagi stadion) -  Estádio Nacional Mané Garrincha

STADION– «Estadio Nasyonal»

SHAHAR - BRAZILIA

SIG‘IMI – 70 142 kishi

STADIONDA UY O‘YINLARINI O‘TKAZADIGAN JAMOALAR: “Seara”, “Fortaleza”.

O‘TKAZILADIGAN O‘YINLAR SONI – 7

Braziliya poytaxtida joylashgan va Braziliyaning o‘tmishdagi afsonaviy futbolchisi Garrincha nomidagi milliy stadion 1974 yilda qad rostlagan. Avvaliga 42 ming kishiga mo‘ljallangan stadion 2010 yilda buzib tashlandi va uning o‘rniga 71 mingdan ortiq muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan zamonaviy stadion qurilishi boshlandi va JCh arafasida to‘liq qurib bitkazildi. 2003 yilgacha ushbu stadionda poytaxtning Brazilyense klubi o‘z uy o‘yinlarini o‘tkazib kelgan. Ayni damda, mazkur stadionda hech bir jamoa o‘z uy o‘yinlarini o‘tkazmaydi, sababi stadion shahar Federal Okrugi Sport Departamenti qaramog‘iga to‘liq o‘tkazilgan. Estadio Nasyonal 2016 yili Rio De Janeyroda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlarining futbol musobaqalarini ham qabul qilishi rejalashtirilgan.

JCh-2014da qabul qiladigan o‘yinlar:

«E» guruhi. 15 iyun .(soat 21.00) SHVEYSARIYa – EKVADOR «S» guruhi. 19 iyun. (soat 21:00) KOLUMBIYa – KOT-D’IVUAR «A» guruhi. 24 iyun. (soat 01:00) KAMERUN – BRAZILIYA «G» guruhi. 26 iyun. (soat 03:00) PORTUGALIYa – GANA 1/8 FINAL 30 iyun. (soat 21:00) «E» guruhi g‘olibi – «F» guruhi ikkinchi o‘rin sohibi CHORAK FINAL. 5 iyul. (soat 21:00) Uchinchi o‘rin uchun bahs. 12 iyul. (soat 01:00)

 

ARENA SAN PAULU (“Arena Korintians”) - Arena Corinthians

STADION– «ARENA SAN PAULU»

SHAHAR – SAN PAULU

SIG‘IMI – 68 000 kishi

STADIONDA UY O‘YINLARINI O‘TKAZADIGAN JAMOALAR: Korintians

O‘TKAZILADIGAN O‘YINLAR SONI – 6

Jahon Chempionatining ochilish uchrashuvini qabul qiladigan stadion San Paulu shahrining qoq markazida joylashgan va mundial bahslari yakuniga yetgach mahalliy Korintians klubining uy stadioniga aylanadi. Avvaliga Estadio Korintians (Estádio do Corinthians) deya nom berilgan stadion keyinchalik Arena Korintiansga (Arena Corinthians) o‘zgartirildi. Mahalliy OAV inshoot qurilishi ketayotgan paytda stadionni turlicha nomlar bilan atay boshlashdi, ammo yakunda FIFA tavsiyasiga binoan stadion nomi “Arena San Paulu”ga o‘zgartirildi. JCh arafasida dunyoga mashhur bir qancha brend kompaniyalar stadion nomiga egalik qilish huquqini sotib olishga urinib ko‘rishdi, ammo bu huquqni hozircha hech bir kompaniya sotib olganicha yo‘q.

JCh-2014da qabul qiladigan o‘yinlar:

«A» guruhi. 13 iyun .(soat 01.00) BRAZILIYa – XORVATIYA «D» guruhi. 19 iyun. (soat 23:59) URUGVAY – ANGLIYA «B» guruhi. 23 iyun. (soat 21:00) NIDERLANDIYa – CHILI «N» guruhi. 27 iyun. (soat 01:00) JANUBIYa KOREYa – BELGIYA 1/8 FINAL. 01 iyul. (soat 21:00) «F» guruhi g‘olibi – «E» guruhi ikkinchi o‘rin sohibi YARIM FINAL. 10 iyul. (soat 01:00)

 

MARAKANA - (Estádio do Maracanã)

STADION – «MARAKANA»

SHAHAR – Rio de Janeyro

SIG‘IMI – 78 838 kishi

STADIONDA UY O‘YINLARINI O‘TKAZADIGAN JAMOALAR: “Flamengo”, “Fluminense”.

O‘TKAZILADIGAN O‘YINLAR SONI – 7

Kattaligi va sig‘imi bo‘yicha o‘tmishda dunyoning eng katta stadioni, ayni damda Janubiy Amerika qit’asining eng katta stadioni bo‘lib turgan “Marakana”, Jahon chempionati bahslarining eng asosiy bahslarini (jumladan, final o‘yinini) o‘zida qabul qiladi. Mamlakatning eng mashhur derbisi (Flamengo - Fluminense) ham aynan “Marakana”da o‘tkazilishi bilan mashhur. 1950 yilgi jahon chempionati finalida, o‘z bag‘riga rekord darajadagi muxlisni (200 mingdan ortiq) sig‘dira olgan klub, hozirgi kungacha juda ko‘p bor rekonstruksiya qilindi va o‘rindiqlar soni qisqartirildi. Ayni damda, FIFA talablariga asosan, stadiondagi o‘rindiqlar soni 78 000tani tashkil etadi. Jahon Chempionati bahslari yakuniga yetgach, mahalliy tashkilotchilar, stadion sig‘imini yanada ko‘paytirishni (95 000 o‘rindiqqa mo‘ljallangan) rejalashtirgan. Ta’kidlash joiz, Marakana 2016 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimiga ham mezbonlik qiladi.

JCh-2014da qabul qiladigan o‘yinlar:

«F» guruhi. 15 iyun .(soat 03.00) ARGENTINA – BOSNIYa VA HERS. «V» guruhi. 18 iyun. (soat 23:59) ISPANIYa – CHILI «N» guruhi. 22 iyun. (soat 21:00) BELGIYa – ROSSIYA «E» guruhi. 26 iyun. (soat 01:00) EKVADOR – FRANSIYA 1/8 FINAL. 29 iyun. (soat 01:00) «S» guruhi g‘olibi – «D» guruhi ikkinchi o‘rin sohibi CHORAK FINAL. 4 iyul. (soat 21:00). FINAL. 13 iyul (23:59).

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.