Kirish Registrasiya

STD.UZ/LIVERPOOL

Liverpul

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Gvardiola o‘zi uchun eng noqulay jamoalar nomini aytdi (intervyu)

Kuni kecha Katoloniyaning “Cat Ara” nashri jurnalisti Antonio Basas futbol olamida inqilobni amalga oshirgan Pep Gvardiola bilan ajoyib intervyuni uyushtirdi. Maroqli o‘tgan suhbat chog‘ida ispaniyalik mutaxassis ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga javob berib o‘tdi.

Messisiz “Barselona” hech narsaga erisha olmas edi…

O‘ylashimcha, o‘sha “Barselona”ning o‘zgacha ekanligining sababi men yoki murabbiylar shtabi bilangina bog‘liq emas. Hozir Messidan barchasi uchun minnatdorman. Menga u bilan birga ishlash baxti nasib etgan. Biz murabbiylar bilan birgalikda uning o‘yindan lazzat olishi uchun vazifalarini yengilashtirishga, o‘yin suratiga mos tushishi uchun harakat qilganmiz. Xuddi katta xorda qo‘shiq aytuvchi qo‘shiqchini yakkaxon artistga aylantirgandek. O‘z vaqtida ushbu so‘zlarni unga ko‘p bor ta’kidlaganman. To‘g‘ri, o‘sha “Barselona”da yulduzlar ko‘p edi, lekin Messisiz biz sovrinlarga yaqin ham kelishni uddalay olmagan bo‘lar edik. Leo tort ustidagi olchadan ham muhimroq edi desam, adashmagan bo‘laman.

O‘yinga tayyorgarlik ko‘rish sirlari

Bu borada men asosan Lui van Gal, Reshar va Kroyfning uslubidan foydalaman. Kroyf o‘yin borishini sezibgina qolmay, futbolchilarga ular avval eshitmagan narsalarni aytib berar edi. Ba’zan futbolchilar bilan suhbat qurayotganimda, uning so‘zlarini aytayotganimni sezib qolaman. Oradan 20 yil o‘tgan bo‘lsada, men uning g‘oyalariga to‘liq ishonaman. Aynan shuning uchun bu boradagi bilimlarimni futbolchilar bilan o‘rtoqlashaman. Tezlikni kerakli paytda oshirish kerak, faqat oldinga qarab yugurish kerak, bo‘shliq yaratish… Futbolchilar bilan suhbat chog‘ida faollik murabbiy tomonida bo‘ladi. Yoxan biz bilan emas, lekin o‘z bilim va ko‘nikmalarimni aynan uning qo‘l ostida o‘zlashtirganman.

Messining markazga ko‘chirilishi

Men uni qanotdan markazga o‘tkazishimning asosiy sabablaridan biri himoyada faollikni oshirish edi. Xalqaro o‘yinlarda qanot himoyachilarining aksariyati hujumga qo‘shilishadi. Men Messi qanotlarda pressing uyushtirib katta kuch yo‘qotmasligini ko‘zlagan edim. Bundan tashqari, markazda uning yakunlovchilik borasidai iqtidori yaxshiroq namoyon bo‘lar edi. Birinchi kundan boshla Leoni jamoa bilan birga o‘ynashga majbur qilganman. Uni o‘yin suratidan tushib qolmasligini talab qilar edim. Hozirda Agueroni jamoa bilan birga harakat qilishga majburlayabman. Bu ko‘proq rohat bag‘ishlabgina qolmay, kerakli natijani ham beradi. Men “Barselona”ning “Liverpul”ga qarshi o‘yinini “Kamp Nou”da kuzatdim. U o‘yin davomida katta ishtiyoq bilan harakat qildi. O‘yin davomida to‘psiz bir necha bor muvaffaqiyatli ochilishni uddaladi. Menimcha, “Barselona”ning YECHLda g‘olib chiqmagani uchun Messini ayblash noto‘g‘ri. Agarda klub finalga chiqishni uddalaganida, g‘alaba cho‘ntakda bo‘lar edi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, men “Barselona” bilan xalqaro arenada to‘qnash kelishni istamagan bo‘lar edim. Bu jamoa istalgan raqibni musobaqadan chiqarib yuborishga qodir.

YECHL saviyasi oshmoqda

Sarri boshchiligidagi “Yuventus” tarkibida ushbu mavsumda YECHL uchun kurasha qo‘shildi. Tarkibida Ronaldusi bor jamoa kutilgan natijaga erishishi mumkin. “Barselona” “Barselona” bo‘lgani uchun YECHLda g‘olib chiqishi kerak degan fikrdan voz kechish kerak. Kataloniyaliklar har JCHda g‘oliblikni kutadigan argentinaliklarga o‘xshaydi. Tushunaman, “Barselona” juda yaxshi jamoa, lekin boshqa klublar ham bu musobaqada g‘olib chiqishni istaydi. “Barselona” Messining atrofini to‘g‘ri futbolchilar bilan o‘rab tashladi. Balki aynan shu faktor jamoaga pand beryotgandir. Yana kim biladi deysiz?!

Faoliyatimdagi eng kuchli raqiblar

Men o‘z murabbiylik karyeram davomida ikkita kuchli raqibga duch kelganman. Bular Luis Enrikening “Barselona”si va Yurgen Kloppning “Liverpul”i. Enrikening hujum uchligini to‘xtatib qolish mushkul edi. Messining yonida iqtidorli Neymar bor edi. Eng muhimi, tartib-intizom va fidoiylik birinchi planga ko‘tarilgan va futbolchilar bir jamoa bo‘lib harakat qilishni boshlashgan edi. Enrike “Barselona”ning o‘yinini rang-barang qilishga muvaffaq bo‘ldi. U qarshi hujumlarni uzoq masofaga to‘p uzatishlar bilan almashtirdi. Shunga o‘xshash bir nechta qo‘shimcha elementlar, g‘alaba kaliti vazifasini bajarib berdi.

YECHL va chempionatdagi g‘oliblikning farqi

Ba’zan: “Gvardiola chempionatda g‘olib chiqdi, lekin YECHLda emas” qabilidagi so‘zlarni eshitib qolaman. Albatta, men xalqaro musobaqada g‘olib chiqishdan xursand bo‘lar edim, lekin ichki birinchilikdagi chempionlik futbolchining murabbiyga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Uyda bo‘lib o‘tadigan musobaqada g‘olib chiqish uchun har uch kunda g‘alaba qozonish shart. Bundan tashqari, chempionat uzoq muddat davom etadi va unda qilingan xatolarni to‘g‘rilash uchun vaqt yetarli. YECHLda esa, barchasi pley-offdagi birgina o‘yinda chippakka chiqishi mumkin. APLda g‘olib chiqish juda mushkul. Biz ikki mavsum davomida chempionlikni qo‘lga kiritdik. Bunaqasi so‘nggi 11 yil davomida uchramagan edi. Ispaniyada barchasi hissiyotga tayanadi. Matbuot anjumanlari davomida barcha janjal izlashni xush ko‘radi. Germaniyada barchasi o‘zgacha.

Manchesterda Fabi Soriano bilan birga ishlayapman va o‘zimni himoyalangandek his etmoqdaman. G‘alaba qozonsam, demak barchasi to‘g‘ri ketmoqda. Mag‘lubiyat esa, buning aksini bildiradi. “Siti”da “Barsa”dan farqli o‘laroq 3 yo 4 ta inson barcha muammolarni bartaraf etadi. Kataloniyada bunday insonlarning soni 18 tadan ortiq va ular o‘z so‘zini o‘zkazishga urunishadi. Men jamoa bilan shartnomamni 2021-yilga qadar uzaytirishga qaror qildim. Buning asosiy sababi, hozir bizda yosh jamoa mavjud. Klub menga bemalol ishlashim uchun sharoit yaratib bermoqda. Karyeramni yana qayerda davom ettirishim mumkin? Germaniya yoki Ispaniyaga qaytib bormaymanku! Bunday imkoniyatlar yaratilgan APL jamoasini boshqa uchratmaysiz.

Kiritildi: 08.12.2019 12:28. O'qildi: 19490 marta. Fikrlar: 23 ta.

APL

Jamoa O' O
1 Arsenal 34 77
2 Liverpul 34 74
3 Manchester Siti 32 73
4 Aston Villa 34 66
5 Tottenhem 32 60
6 Man. Yunayted 33 53
7 Nyukasl 33 50
8 Vest Xem 34 48
9 Chelsi 32 47
10 Bornmut 34 45
11 Brayton 32 44
12 Vulverhempton 34 43
13 Fulhem 34 42
14 Everton 34 41
15 Kristal Pelas 34 39
16 Brentford 34 35
17 Nottingem Forest 34 30
18 Luton 34 25
19 Byornli 34 23
20 Sheffild Yunayted 34 16

ECHL

- Guruhi

Jamoa O' O

Evropa ligasi

- Guruhi

Jamoa O' O

Klublar o‘rtasida JCh

Nimchorak final
12.12.2023
23:00 Al-Ittihod
3:0
Oklend Siti
Chorak final
15.12.2023
19:30 Leon
0:1
Urava Reds
23:00 Al-Ahli
1:3
Al-Ittihod
Yarim final
18.12.2023
23:00 Fluminense
2:0
Al-Ahli
19.12.2023
23:00 Manchester Siti
3:0
Urava Reds
3-urin uchun
22.12.2023
19:30 Al-Ahli
-:-
Urava Reds
Final
22.12.2023
23:00 Fluminense
-:-
Manchester Siti

Angliya kubogi

Nimchorak final
09.02.2021
22:30 Byornli
0:2
Bornmut
10.02.2021
00:30 Man. Yunayted
1:0
Vest Xem
22:30 Suonsi Siti
1:3
Manchester Siti
11.02.2021
00:30 Lester
1:0
Brayton
00:30 Sheffild Yunayted
1:0
Bristol Siti
01:15 Everton
5:4
Tottenhem
22:30 Vulverhempton
0:2
Sautgempton
12.02.2021
01:00 Barnsli
0:1
Chelsi
Chorak final
20.03.2021
17:15 Bornmut
0:3
Sautgempton
22:30 Everton
0:2
Manchester Siti
21.03.2021
18:30 Chelsi
2:0
Sheffild Yunayted
22:00 Lester
3:1
Man. Yunayted
Yarim final
17.04.2021
21:30 Chelsi
1:0
Manchester Siti
18.04.2021
22:30 Lester
1:0
Sautgempton
Final
15.05.2021
21:30 Chelsi
0:1
Lester

International Champions Cup

Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenhem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Angliya superkubogi

Jamoa O' O
1 Liverpul 1 1
2 Manchester Siti 1 1

UYEFA Superkubogi

Jamoa O' O
1 Bavariya 1 3
2 Sevilya 1 0

Angliya liga kubogi

Chorak final
22.12.2020
22:30 Brentford
1:0
Nyukasl
23.12.2020
01:00 Arsenal
1:4
Manchester Siti
22:30 Stok Siti
1:3
Tottenhem
24.12.2020
01:00 Everton
0:2
Man. Yunayted
Yarim final
06.01.2021
00:45 Tottenhem
2:0
Brentford
07.01.2021
00:45 Man. Yunayted
0:2
Manchester Siti
Final
25.04.2021
20:30 Manchester Siti
1:0
Tottenhem

So'nggi uchrashuv

25.04.2024. APL . 29-tur.
00:00
Everton
2-0
Liverpul

Navbatdagi uchrashuv

27.04.2024. APL . 35-tur.
16:30
Vest Xem
-:-
Liverpul
© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.