Kirish Registrasiya

STD.UZ/LOKOMOTIV

Lokomotiv

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Tartib-intizmom qo‘mitasi «So‘g‘diyona» — «Paxtakor» o‘yinida maydondan chetlatilgan Hamrobekovga nisbatan qaror qabul qildi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

AGMK — “Metallurg”

Oʻzbekiston Superligasining 14-turidan oʻrin olgan AGMK — “Metallurg” bahsida mezbonlar vakili Sardor Rahmonov raqibining toʻpigʻiga oyogʻining tag qismi bilan sakrab zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sardor Rahmonovga (AGMK) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Soʻgʻdiyona” — “Bunyodkor”

Oʻzbekiston Superligasining 14-turidan oʻrin olgan yana bir uchrashuv “Soʻgʻdiyona” — “Bunyodkor” oʻyinida mehmonlar vakili Davron Ergashev raqib bilan kurashda raqib oyogʻining himoyalanmagan qismiga butsasining tag qismi bilan sakrab zarba bergan. Bosh hakam ushbu vaziyatda Ergashevni maydondan chetlashtirgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Davron Ergashevga (“Bunyodkor”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qoʻqon-1912” — “Neftchi”

Oʻzbekiston Superligasining 14-turidan oʻrin olgan “Qoʻqon-1912” — “Neftchi” uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Abbosjon Gʻulomov raqib tizza qismiga toʻpsiz vaziyatda oyogʻining tag qismi bilan sakrab zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abbosjon Gʻulomovga (“Neftchi”) nisbatan 4 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Nasaf” — “Surxon”

Coca-Cola Superligasining qoldirilgan 5-tur doirasidagi “Nasaf” — “Surxon” bahsida mehmonlarning yordamchi murabbiyi Migel Alvarez texnik zonada uchrashuv translyatsiyasini planshet orqali kuzatib borib, bosh hakam qarorlariga shu orqali ketma ket eʼtiroz bildirgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Migel Alvarez Sanchezga (“Surxon”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Soʻgʻdiyona” — “Paxtakor”

Coca-Cola Superligasining qoldirilgan 11-tur doirasidagi “Soʻgʻdiyona” — “Paxtakor” uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Odiljon Hamrobekov raqib oʻyinchisiga nisbatan tajovuzkor xatti-harakat qilganligi uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Odiljon Hamrobekovga (“Paxtakor”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Dinamo” — “Nasaf”

Coca-Cola Superligasining qoldirilgan 11-tur doirasidagi “Dinamo” — “Nasaf” bahsida mezbonlarning jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiyi Anatoliy Kurlayev bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Anatoliy Kurlayevga (“Dinamo”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Nasaf-farm” — “Paxtakor-79”

Birinchi liga 12-turidan oʻrin olgan “Nasaf-farm” — “Paxtakor-79” uchrashuvida mezbonlar futbolchisi Javohir Jumayev raqibiga nisbatan qoʻlining tirsak qismi bilan zarba bergan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Javohir Jumayevga (“Nasaf-farm”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Lokomotiv BFK” — “Chigʻatoy”

Birinchi liga 12-turidan oʻrin olgan “Lokomotiv BFK” — “Chigʻatoy” bahsida mehmonlar murabbiyi Dmitriy Kim bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Dmitriy Kimga (“Chigʻatoy”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

AGMK — “Metallurg”

U-21 chempionatining 14-turi doirasidagi AGMK — Metallurg bahsining 64-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Sarvar Ablayev tajovuzkor xatti-harakati bilan raqib oʻyinchisiga qoʻpollik ishlatgan. U raqibining tizza qismiga butsasining yuz qismi bilan zarba bergan va maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sarvar Ablayevga (AGMK) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Surxon” — “Olimpik”

U-21 chempionatining 14-turi doirasidagi “Surxon” — “Olimpik” uchrashuvida mehmonlar vakili Sunnatilloh Hamidjonov raqib futbolchisining yuz qismiga zarba berganligi uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sunnatilloh Hamidjonovga (“Olimpik”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Turon” — “Qoʻqon-1912”

U-19 chempionatining 9-turi doirasidagi “Turon” — “Qoʻqon-1912” bahsida mezbonlar vakillari Otabek Ageyev va Ruslan Mahkamov hamda mehmonlar futbolchisi Xabibulloh Sharipovlar oʻrtasida mushtlashuv yuz bergan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Otabek Ageyev va Ruslan Mahkamov (har ikkisi “Turon”) hamda Xabibulloh Sharipovga (“Qoʻqon-1912”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Paxtakor” — AGMK

U-19 chempionatining 11-turidan oʻrin olgan “Paxtakor” — AGMK uchrashuvida mehmonlar murabbiyi Ruslan Gamadeyev bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ruslan Gamadeyevga (AGMK) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Xorazm” — “Qizilqum”

U-19 chempionatining 11-turidan oʻrin olgan “Xorazm” — “Qizilqum” bahsida mehmonlar futbolchisi Azim Toshpoʻlatov hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Azim Toshpoʻlatovga (“Qizilqum”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Lokomotiv” — “Mashʼal”

U-19 chempionatining 11-turidan oʻrin olgan “Lokomotiv” — “Mashʼal” uchrashuvida mezbonlar futbolchisi Mirjalol Norqobilov raqib futbolchisi shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Mirjalol Norqobilovga (“Lokomotiv”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Nasaf” — “Shoʻrtan”

U-19 chempionatining 11-turidan oʻrin olgan “Nasaf” — “Shoʻrtan” bahsida mezbonlar futbolchisi Asilbek Qoʻziboyev raqibi Bobur Hamroyev bilan ogʻzaki janjalga kirishgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Asilbek Qoʻziboyev (“Nasaf”) va Bobur Hamroyev (“Shoʻrtan”)ga nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qizilqum-W” — “Navbahor lochinlar-W”

Oʻzbekiston ayollar Oliy ligasining 12-turidan oʻrin olgan “Qizilqum-W” — “Navbahor lochinlar-W” uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Fotima Uraimjonova raqib oʻyinchisining oyoq qismiga qasddan zarba berdi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Fotima Uraimjonovaga (“Navbahor lochinlar-W”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

Kiritildi: 11.08.2022 15:06. O'qildi: 4236 marta. Fikrlar: 25 ta.

Superliga

Jamoa O' O
1 Andijon 5 11
2 Neftchi 4 9
3 Lokomotiv 5 8
4 Nasaf 4 8
5 OKMK 5 8
6 So‘g‘diyona 5 8
7 Qizilqum 5 7
8 Navbahor 4 6
9 Paxtakor 4 4
10 Olimpik 4 4
11 Surxon 5 4
12 Dinamo 5 4
13 Metallurg 4 2
14 Bunyodkor 5 2

OCHL

- Guruhi

Jamoa O' O

Yoshlar ligasi

Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Dinamo 0 0
2 Lokomotiv 0 0
3 Qizilqum 0 0
4 Zomin 0 0

Futzal

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 9 27
2 Maksam-Chirchiq 9 22
3 Kogon 9 19
4 Bunyodkor 9 14
5 Ardus 9 13
6 Do‘stlik AIN 9 13
7 Paxtakor 9 9
8 Stroitel-Zarafshon 9 7
9 Turon-S 9 4
10 Nafis 9 3

Futzal. Klublar o‘rtasida OCh

- Guruhi

Jamoa O' O

O‘zbekiston superkubogi

Jamoa O' O
1 Nasaf 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 46
2 Paxtakor 20 37
3 Navbahor 20 31
4 Bunyodkor 20 27
5 Metallurg 20 19
6 Buxoro 20 10

Pro-liga

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 48
2 Dinamo 20 41
3 Qo‘qon-1912 21 41
4 Mash’al 22 38
5 Sho‘rtan 21 26
6 Aral 20 26
7 Xorazm 20 22
8 Yunired 20 18
9 Navbahor Farm 20 18
10 G‘ijduvon 20 16
11 Andijon-SGS 20 12

Liga kubogi

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Qo‘qon-1912 3 9
2 Paxtakor 3 6
3 Lokomotiv 3 3
4 Buxoro 3 0

So'nggi uchrashuv

04.04.2024. Superliga . 5-tur.
19:15
Lokomotiv
1-2
Andijon

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!
© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.