Kirish Registrasiya

STD.UZ/MANSITI

Manchester Siti

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Xoland mukammallikka intilayotgan “Manchester Siti”da yetakchi bo‘la oladimi?

Pep Gvardiola Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun Xoland atrofida jamoa qurishga qaror qildi.

“Shaharliklar”ning yangi hujum chizig‘i bor

So‘nggi yillarda “Man Siti” uchun Chempionlar ligasi pley-off bosqichida gollar yetarli bo‘lmadi. Shu sababdan Xolland boshqa xaridorlardan “tortib olindi”. “Shaharliklar” norvegiyalik futbolchining transferi uchun “Borussiya”ga 60 million yevro to‘laydi, biroq Erlingning oilasi va Rayola agentligiga deyarli bir xil mablag‘ to‘langan. Shartnoma mustahkam, norvegiyalik o‘zi uchun ideal sharoitlarni yengib chiqdi, chunki 2024 yilda 150 million yevroga sotib olish opsiyasi ishga tushiriladi. “Real” prezidenti Florentino Peres Mbappe transferi amalga oshmagach, allaqachon pul g‘amlashni boshlagan.

17 million yevroga shartnoma imzolagan Xulian Alvares (“River Pleyt”) jamoa o‘yiniga moslashishi kerak. Shuning uchun Gvardiola Gabriel Jezusni tarkibda saqlab qolishga urinmadi. Braziliyalik futbolchi “Arsenal”ga o‘tadi, uning transferi 45 million yevro va qo‘shimcha bonuslar olib keladi. Ferran Torres uchun klub g‘aznasiga 55 million yevro qo‘shilishini ham hisobga olish kerak. “Siti” Xolandni olib kelish uchun 60 million yevro sarflagan bo‘lsa-da, uning atrofidagilar va Rayola imperiyasining merosxo‘rlariga 49 million yevro to‘lab berildi, ammo Janubiy Amerikalik yosh hujumchi va Yevropaning eng yaxshi yosh markaziy hujumchisini tarkibga jalb qila oldi.

Jamoa transferlar uchun umumiy hisobda 126 million yevro sarflab, futbolchilar sotuvidan 107 million ishlab oldi. Alvares va Xolandda Torres va Jezusdan ko‘ra ko‘proq imkoniyatlar bor. Yana shuni tushunish kerakki, Erling atrofidagilarga to‘lovlar yil bo‘yicha taqsimlanadi, xuddi Torres transferi uchun “Barselona” to‘lagani kabi. Hech qaysi jamoa begona hisob raqamiga bunday “yovvoyi” summalarni o‘tkazmaydi, chunki UEFA qoidalari va soliqlari mavjud.

Kelgusi Chempionlar ligasining favoriti va APLning amaldagi chempioni hisoblangan “Manchester Siti”ning maqomi bunday bitimlarni amalga oshirish imkonini beradi. Mahrez, Foden va Grilish jamoada qoldi, eng muhimi, De Bryuyne jamoa Xolandni qo‘lga kiritganidan xursand, chunki u anchadan beri klassik hujumchi bilan o‘ynashni orzu qilgan edi. Bu masalada Kevin doimo Gvardiola bilan suhbatlashgan.

Rodrigoga o‘rinbosar topildi

Fernandinyo ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa klub izlab ketdi. Jamoa yangi sardorga ega bo‘ladi, markaziy yarim himoyada esa Rodrigoga o‘rinbosar kerak. Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati oldidan o‘zini ehtiyot qilishi kerak. Aks holda JCH oldidan har bir uchrashuvda maydonga tushish og‘ir jarohatlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Gvardiola rotasiyaning ashaddiy “muxlisi” emaski, markaziy uchlikda paydo bo‘lganlarning maydondagi harakatlaridan to‘laligicha qoniqish hosil qilgan. Ayniqsa, ikkita o‘rin bandligini hisobga olsak – De Bryuyne va Rodrigo uchun asosiy tarkib kafolatlangan. Ularga o‘rinbosar kerak va u “Lids” futbolchisi Kalvin Fillips hisoblanadi. “Manchester Siti” uni bonuslar bilan birga 52 million yevroga sotib olishi mumkin. Fillips Angliya terma jamoasiga ham chaqiruv olgan va yulduzlar ichida ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi.

Yakuniga yetgan mavsumda Marselo Byelsa va Jessi Marsh murabbiylik qilgan jamoa APLda o‘z o‘rnini saqlab qolish uchun kurashdi. Fillips dekabr oyida tizzasidan jarohat olib, uch oy maydonga tushmadi. Kalvinning xizmatlariga “MYU” ham qiziqmsh bmldmrgan edi, biroq u Gvardiola bilan kelishuvni qabul qildi. Ochig‘i, hozir uning asosiy tarkib futbolchisi bo‘lish imkoniyati past. Ammo Xosep 27 yoshli futbolchini tayanch zonasida sinab ko‘rishi mumkin. Ushbu qarori orqali futbolchi garchi Angliya terma jamoasidagi o‘rnini xavf ostiga qo‘yayotganini bilib turgan bo‘lsa-da, shu yo‘lni tanlashni ma’qul ko‘rmoqda.

Ammo Gyundogan va Bernardu Silvaning taqdiri sirligicha qolmoqda. Ilkayni “Nyukasl”ga taklif qilishmoqda, ammo nemis futbolchisi u yerga borishni istamasa kerak. Bernardu Silva esa Ispaniyaga o‘tishi mumkin edi, biroq “Barselona” portugaliyalikning transferini ko‘tara olmaydi, chunki 80 million yevro moliyaviy muammolari mavjud klub uchun juda ulkan miqdor. Ammo Silva muzokaralardan qochmaydi. Agar Gyundogan klubdan ketsa, Foden ortga qaytishi, yoki Fillips kuchli uchlikdan joy olishi mumkin. Shuningdek, Gvardiolada zaxira varianti ham bor –Zinchenkoni markaziy yarim himoyachi sifatida sinab ko‘rish va jamoada olib qolish.

Qanot himoyasini mustahkamlash

“Manchester Siti” Zinchenkoning o‘yinga munosabatidan qoniqish hosil qiladi va odatda uni o‘rnak qilib ko‘rsatishadi. Uoker shunday deb yozgan edi: “Aleksandrni jamoada ushlab qoling, u to‘p bilan muomala qilishga ta’sir ko‘rsatadi va o‘rinbosarlar bilan o‘yinni yaxshilaydi”.

Bundan tashqari ukrainalik himoyachi mayda uzatmalarni ham maromiga yetkazib ijro qiladi. Himoya markazida Diash va Stounz asosiy futbolchilar, Ake boshqa klubga o‘tishga tayyor, ammo gollandiyalik futbolchi Lyaport bilan birgalikda bu mavsum yashil maydonda nisbatan ko‘proq ko‘rinish berishi mumkin.

Kanselu va Uoker qanotlarni bo‘lishib olgan. Ammo Gvardiola uzoq vaqtdan beri tanish bo‘lgan bir futbolchiga qiziqmoqda – Mark Kukurelya. 23 yoshli himoyachi “Barselona” tarbiyalanuvchisi. O‘zi tarbiyalangan klubida unga ishonishmadi, Mark Alba bilan raqobatda mag‘lub bo‘ldi. Lekin chap qanot himoyachisi kamtarona klublarda o‘ynash ustasi bo‘lib chiqdi. “Xetafe”da o‘ynab yurgan kezlari “Brayton” skautlari e’tiborini qozondi va APLga moslashganidan so‘ng, top-klublar unga qiziqib qoldi.

“Sporting” Pedro Porro uchun klubga 8,5 million yevro to‘ladi, Zinchenko esa “Vest Xem” va “Arsenal”ni qiziqtirgan bo‘lsa, Gvardiola tahlilchilari Kukurelyaning o‘yin uslubini o‘rgandi. Futbolchini Chempionlar ligasining yarim finali yoki finali darajasiga olib chiqish kerak, ammo jingalak sochli Mark himoya va hujumda ancha sermahsul harakat qiladi. U himoyaviy “Xetafe”da o‘zini ko‘rsata oldi, atigi 23 yoshda bo‘lsa-da, barqaror o‘yin ko‘rsatdi. Fillips singari, u o‘rta darajadan yuksaldi va bunday imkoniyatga loyiq.

Gvardiolaning rejasi sir emas, u mukammal jamoa tuzish haqida qayg‘uradi. Shuning uchun Sterling ketishi haqida ham gap-so‘zlar ancha ko‘payib qoldi. Kanselu o‘zi uchun qulay o‘ng qanotda harakat qilishi uchun chap qanotda mukammal o‘yin ko‘rsatishi kerak.

Murabbiyning asosiy muammosi Xoland jarohat olmasligi uchun nimadir o‘ylab topish va ko‘p funksiyali Alvaresni jamoaga moslashtirishdan iborat. “Manchester Siti” ham “Liverpul” singari o‘zi qatnashayotgan har bir musobaqada favorit bo‘lib qoladi va Chempionlar ligasida g‘alab qozonish uchun mukammal tarkibni to‘plashga bir qadam qoldi.

Kiritildi: 27.06.2022 16:41. O'qildi: 4118 marta. Fikrlar: 15 ta.

APL

Jamoa O' O
1 Manchester Siti 32 73
2 Arsenal 32 71
3 Liverpul 32 71
4 Aston Villa 33 63
5 Tottenhem 32 60
6 Nyukasl 32 50
7 Man. Yunayted 32 50
8 Vest Xem 33 48
9 Chelsi 31 47
10 Brayton 32 44
11 Vulverhempton 32 43
12 Fulhem 33 42
13 Bornmut 32 42
14 Everton 32 35
15 Kristal Pelas 32 33
16 Brentford 33 32
17 Nottingem Forest 33 30
18 Luton 33 25
19 Byornli 33 20
20 Sheffild Yunayted 32 16

ECHL

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Manchester Siti 10 26
2 RB Leypsig 8 13
3 Yang Boyz 6 4
4 Srvena Zvezda 6 1

Klublar o‘rtasida JCh

Nimchorak final
12.12.2023
23:00 Al-Ittihod
3:0
Oklend Siti
Chorak final
15.12.2023
19:30 Leon
0:1
Urava Reds
23:00 Al-Ahli
1:3
Al-Ittihod
Yarim final
18.12.2023
23:00 Fluminense
2:0
Al-Ahli
19.12.2023
23:00 Manchester Siti
3:0
Urava Reds
3-urin uchun
22.12.2023
19:30 Al-Ahli
-:-
Urava Reds
Final
22.12.2023
23:00 Fluminense
-:-
Manchester Siti

Angliya kubogi

Nimchorak final
09.02.2021
22:30 Byornli
0:2
Bornmut
10.02.2021
00:30 Man. Yunayted
1:0
Vest Xem
22:30 Suonsi Siti
1:3
Manchester Siti
11.02.2021
00:30 Lester
1:0
Brayton
00:30 Sheffild Yunayted
1:0
Bristol Siti
01:15 Everton
5:4
Tottenhem
22:30 Vulverhempton
0:2
Sautgempton
12.02.2021
01:00 Barnsli
0:1
Chelsi
Chorak final
20.03.2021
17:15 Bornmut
0:3
Sautgempton
22:30 Everton
0:2
Manchester Siti
21.03.2021
18:30 Chelsi
2:0
Sheffild Yunayted
22:00 Lester
3:1
Man. Yunayted
Yarim final
17.04.2021
21:30 Chelsi
1:0
Manchester Siti
18.04.2021
22:30 Lester
1:0
Sautgempton
Final
15.05.2021
21:30 Chelsi
0:1
Lester

International Champions Cup

Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenhem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Angliya superkubogi

Jamoa O' O
1 Liverpul 1 1
2 Manchester Siti 1 1

Angliya liga kubogi

Chorak final
22.12.2020
22:30 Brentford
1:0
Nyukasl
23.12.2020
01:00 Arsenal
1:4
Manchester Siti
22:30 Stok Siti
1:3
Tottenhem
24.12.2020
01:00 Everton
0:2
Man. Yunayted
Yarim final
06.01.2021
00:45 Tottenhem
2:0
Brentford
07.01.2021
00:45 Man. Yunayted
0:2
Manchester Siti
Final
25.04.2021
20:30 Manchester Siti
1:0
Tottenhem

So'nggi uchrashuv

18.04.2024. ECHL . Chorak final.
00:00
Manchester Siti
1-1
Real Madrid

Navbatdagi uchrashuv

26.04.2024. APL . 29-tur.
00:00
Brayton
-:-
Manchester Siti
© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.