Kirish Registrasiya

STD.UZ/MANSITI

Manchester Siti

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Vunderkindlar: Yoz g‘amini qishda YE

Ko‘pchilik jamoalar yanvar transfer darchasida yangi futbolchilarni xarid qilishga intiladilar.

Biroq «Manchester Siti» yozda o‘z tarkibiga qo‘shib olishni mo‘ljallagan 19 yoshli Savio bilan hozirning o‘zida kelishib oldi. Transfer qiymati 20 mln. yevro atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Hozir «Jirona»da ijara asosida to‘p surayotgan navqiron vinger aslida Liga 2da to‘p suradigan «Trua» klubining vakili. Yuqorida zikr etilgan jamoalar City Football Group tarkibida ekanliklarini inobatga olsak, transfer bobida muammo bo‘lmasa kerak.

«Jirona» xuddi «Bayer» kabi mavsumning asosiy sensasiyasi maqomida to‘p surmoqda. Xabi Alonso rahbarligida «dorishunoslar» «Bavariya»dek gegemonni taxtdan ag‘darish bilan tarixiy chempionlikka tobora yaqinlashib borayotgan bo‘lishsa, Michel yetakchiligidagi kataloniyaliklar La Ligada shaxsan «Real» bilan g‘oliblik uchun kurashmoqdalar. To‘g‘ri, «oq-qizillar»ning imkoniyati «Bayer»nikichalik emas. Lekin futbol olamining e’tiborini tortganiga shubha yo‘q.

«Jirona» muvaqqayatining asosiy o‘zagi jamoaviy hamjihatlikda. Uning tarkibida yaqqol yetakchi yo‘q, ammo jamoadoshlaridan sezilarli darajada samarali to‘p surayotgan o‘yinchi bor. Bu - Savio. Navqiron va kelajagi porloq vinger mavsumni o‘ta muvaffaqiyatli o‘tkazmoqda. Ehtimol, bu uning qisqa faoliyatidagi eng yorqin mavsumdir. Joriy mavsumdagi turli musobaqalarda u 30 marta maydonga tushib, 9ta gol va 7ta samarali uzatmani rasmiylashtirdi. Bir tomondan, hujumkor guruhda to‘p suradigan futbolchi uchun unchalik yuqori ko‘rsatkich emas. Lekin ikkinchi tomondan, navqiron braziliyalikning ish hajmini inobatga olganda, maqtashga arziydi.

Katta futboldagi chinakam faoliyatini Savio o‘zi tahsil olgan «Atletiko Mineyro» klubida boshladi. Yevropa safariga otlanishdan avval, u «xo‘rozlar» safida 35 uchrashuvda ishtirok etib, 2ta gol urgandi. O‘z debyutini Xorxe Sampaoli rahbarligida nishonlagan iqtidor Libertadores Kubogi turnirida gol urgan eng yosh futbolchi hisoblanadi. Savioni futbol olamiga kashf etgan mutaxassis esa skaut Xunior Chavare. U o‘z mijozini Yevropaning barcha klublarida talab darajasida to‘p sura olishiga shubha qilmaydi.

2022 yilning yozida yosh vinger Fransiyaning «Trua» klubida Yevropadagi faoliyatini boshladi. Fransiyaliklar 6,5 mln. yevroga xarid qilingan debyutantni birdaniga «PSV»ga ijaraga berishdi. Eyndxovendagi mavsum Savio uchun o‘rtamiyona darajada o‘tdi - o‘rinbosarlar jamoasida 9ta o‘yinda 2tadan gol va samarali uzatma, asosiy tarkibda esa 6ta o‘yinda 2ta assist. Keyin «Trua»dagilar uni boshqa jamoa - «Jirona»ga «surgun» qilishdi.

Shundan keyin Savioning salohiyati Michel rahbarligida bo‘y ko‘rsata boshladi. Debyutantning harakatlaridan bir to‘xtamga kelgan murabbiy Savioni o‘ng qanotdan chap qanotga o‘tkazdi. Vaholanki, shu paytgacha faqat o‘ng qanotda to‘p surgan vingerning o‘yini ochilib ketdi. Garchi u hujumkor yarim himoyachisi pozisiyasida ham sinovdan o‘tgan bo‘lsada, hozir o‘z faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazmoqda. Shuningdek, Savio hujumchi ortida o‘ynashni ham o‘rniga qo‘yadi. «Jirona»da Artyom Dovbik bilan sermahsul duetni shakllantirib, jamoaga ko‘plab gollar va ochkolarni hadya etdi.

Hozir Savioning kuchga to‘lgan, navqironlik davri. U yosh, serg‘ayrat, tezkor va mohir futbolchi. Ayniqsa, tezkorlik va mohirlik uning ustunlik fazilati. To‘p bilan yaxshi o‘ynaydi, ko‘pincha raqiblarini ortda qoldiradi. Hozir u «oq-qizillar» tarkibida 64ta muvaffaqiyatli driblingni namoyish etib, La Ligada yetakchilik qilmoqda. Hatto Vinisiusdan (48) sezilarli darajada o‘zib ketgan. Bundan tashqari, Kristian Stuani bilan (7tadan gol) birgalikda «Jirona»ning eng yaxshi to‘purari unvoniga da’vogarlik qilmoqda. Shuningdek, Savio liganing eng yaxshi assistenti bo‘lishga ham juda yaqin, faqat «Vilyarreal» o‘yinchisi Aleks Baen undan bitta assistga ega.

Vinger joriy mavsumda asosan hujum chizig‘ining chap qanotida o‘tkazayotgan bo‘lsada, faqat bitta pozisiyaning o‘yinchisi emas, Michel uni qaysi hududga tushirishidan qat’iy nazar, birdek samarali o‘ynay oladi. Uning yuksak salohiyat sohibi ekanligi tadqiqotchilar guruhi tomonidan isbotlangan. Mutaxassislar Savioni 40 mln. funtga baholashgan, bu ko‘rsatkich bo‘yicha 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida 7-o‘rinda bormoqda. Qolaversa, uning transfer qiymati 2 yil ichida 20 mln.ga qimmatlashi taxmin qilinmoqda - yosh iqtidorlar o‘rtasidagi eng katta o‘sish hisoblanadi.

«Siti» shunday ajoyib o‘yinchidan voz kecha olmadi. Boz ustiga, Savio ham bir necha bor Gvardiola jamoasida to‘p surish orzusini bayon etgandi. Endi o‘sha orzusi tez orada ro‘yobga chiqishi mumkin. Uning «shaharliklar» uchun qanchalik zarur ekanligi - boshqa masala. Chap qanot vingeri pozisiyasi hozir Jek Grilish va Jeremi Dokudek qimmatbaho va saviyali o‘yinchilar izmida. Garchi Grilishni hozir jarohatlar qiynayotgan bo‘lsada, bu 117 mln. yevroga kelgan futbolchidan voz kechishga sabab bo‘la olmaydi.

O‘ng qanotda hammasi joyida bo‘lmasada, Fil Fodendek qudratli ijrochi bor. Shuningdek, o‘sib kelayotgan Oskar Bobb ham ikkala qanotda tobora samarali o‘yin ko‘rsatmoqda. Biroq Savioning transferi «Siti» uchun ishonchli zaxira varianti bo‘lishi ham mumkin. Mavsum yakunida jamoani Bernardu Silva yoki Kevin de Bryuyne tark etishi mumkin, ikkovining ketish ehtimoli ham yo‘q emas. So‘nggi paytlarda ular ingliz klubini tark etishlari xususida gap-so‘zlar ko‘paymoqda. Shunday bo‘lsa, to‘ldirish talab etadigan bo‘shliqlar yuzaga keladi. Savio esa qanotlarda ham, hujumchi ortida ham, saviyali to‘p sura oladi. Juda bo‘lmaganda, uni yana «Jirona»ga ijaraga berish imkoniyati bor. Shunda futbolchi YECHLda tajriba to‘plash imkoniyatini ham saqlab qoladi. «Shaharliklar» uchun bu xarid ortiqchalik qilmasligi aniq. Eng muhimi, o‘yinchining to‘g‘ri yo‘lni tanlay olishi. Ba’zan barqaror rivojlanish sovrinlar ortidan quvishdan ko‘ra muhimroq bo‘ladi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Kiritildi: 27.03.2024 23:28. O'qildi: 963 marta. Fikrlar: 0 ta.

APL

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 80
2 Manchester Siti 34 79
3 Liverpul 35 75
4 Aston Villa 35 67
5 Tottenhem 33 60
6 Man. Yunayted 34 54
7 Nyukasl 34 53
8 Vest Xem 35 49
9 Chelsi 33 48
10 Bornmut 35 48
11 Vulverhempton 35 46
12 Brayton 34 44
13 Everton 35 44
14 Fulhem 35 43
15 Kristal Pelas 35 40
16 Brentford 35 35
17 Nottingem Forest 35 30
18 Luton 35 25
19 Byornli 35 24
20 Sheffild Yunayted 35 16

ECHL

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Manchester Siti 10 26
2 RB Leypsig 8 13
3 Yang Boyz 6 4
4 Srvena Zvezda 6 1

Klublar o‘rtasida JCh

Nimchorak final
12.12.2023
23:00 Al-Ittihod
3:0
Oklend Siti
Chorak final
15.12.2023
19:30 Leon
0:1
Urava Reds
23:00 Al-Ahli
1:3
Al-Ittihod
Yarim final
18.12.2023
23:00 Fluminense
2:0
Al-Ahli
19.12.2023
23:00 Manchester Siti
3:0
Urava Reds
3-urin uchun
22.12.2023
19:30 Al-Ahli
-:-
Urava Reds
Final
22.12.2023
23:00 Fluminense
-:-
Manchester Siti

Angliya kubogi

Nimchorak final
09.02.2021
22:30 Byornli
0:2
Bornmut
10.02.2021
00:30 Man. Yunayted
1:0
Vest Xem
22:30 Suonsi Siti
1:3
Manchester Siti
11.02.2021
00:30 Lester
1:0
Brayton
00:30 Sheffild Yunayted
1:0
Bristol Siti
01:15 Everton
5:4
Tottenhem
22:30 Vulverhempton
0:2
Sautgempton
12.02.2021
01:00 Barnsli
0:1
Chelsi
Chorak final
20.03.2021
17:15 Bornmut
0:3
Sautgempton
22:30 Everton
0:2
Manchester Siti
21.03.2021
18:30 Chelsi
2:0
Sheffild Yunayted
22:00 Lester
3:1
Man. Yunayted
Yarim final
17.04.2021
21:30 Chelsi
1:0
Manchester Siti
18.04.2021
22:30 Lester
1:0
Sautgempton
Final
15.05.2021
21:30 Chelsi
0:1
Lester

International Champions Cup

Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenhem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Angliya superkubogi

Jamoa O' O
1 Liverpul 1 1
2 Manchester Siti 1 1

Angliya liga kubogi

Chorak final
22.12.2020
22:30 Brentford
1:0
Nyukasl
23.12.2020
01:00 Arsenal
1:4
Manchester Siti
22:30 Stok Siti
1:3
Tottenhem
24.12.2020
01:00 Everton
0:2
Man. Yunayted
Yarim final
06.01.2021
00:45 Tottenhem
2:0
Brentford
07.01.2021
00:45 Man. Yunayted
0:2
Manchester Siti
Final
25.04.2021
20:30 Manchester Siti
1:0
Tottenhem

So'nggi uchrashuv

26.04.2024. APL . 29-tur.
00:00
Brayton
0-4
Manchester Siti

Navbatdagi uchrashuv

28.04.2024. APL . 35-tur.
20:30
Nottingem Forest
-:-
Manchester Siti
© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.