Kirish Registrasiya

STD.UZ/MANUTD

Man. Yunayted

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Eng katta yo‘qotish “Liverpul”da. Afrika millatlar kubogida Angliya Premyer-ligasidan kimlar qatnashadi?

Kamerunda bo‘ladigan Afrika millatlar kubogi 9 yanvar kuni boshlanadi. Ushbu qit’aning terma jamoalari safida ko‘plab Angliya Premyer-ligasida to‘p tepadigan futbolchilar bor.  Musobaqa sabab ingliz klublar ko‘plab yetakchilarini yo‘qotadi. Bu esa musobaqa favoritlari uchun haqiqiy muammo hisoblanadi. “Stadion.uz” nashri aynan Afrika kubogida qatnashadigan ingliz klublari sharafini himoya qiluvchi futbolchilar haqida ma’lumot berishga qaror qildi.

 

Ta’kidlash kerakki, aynan ingliz klublari Afrika kubogidan eng katta zarba qabul qilib olgan chempionat hisoblanadi. Yurgen Klopp ushbu turnirni muntazam tanqid qilib, qora qit’a vakillarining musobaqani qish faslida o‘tkazilishini qoralashi bejiz emas. Nemis mutaxassisini tushunsa bo‘ladi, chunki “Liverpul” Kamerungi musobaqaga bir nechta yulduzlarini jo‘natishga majbur bo‘lishadi. Umuman olganda, eng yaxshi Afrika qit’asi futbolchilari aynan Angliyada to‘p tepishadi.  

 

Aslida, Afrika kubogi chempionlik poygasini oldinroq hal qilishi mumkin. “Manchester Siti” Kamerunga faqat bitta futbolchisini yubormoqda - Riyad Mahrez. Jazoirlik futbolchi Gvardiola tarkibidagi muhim o‘yinchi, ammo “Siti” Riyadsiz ham ajoyib o‘yin ko‘rsata olishiga shubha yo‘q. Chunki, “shaharliklar” tarkibida boshqa ko‘plab tajribali futbolchilar bor. Kloppning ahvoli butunlay boshqacha. Chunki, Muhammad Saloh, Sadio Mane va Nabi Keyta klubni og‘ir ahvolda qoldirib ketmoqda. Aniqrog‘i, chempionat uchun kurash qizg‘in pallada “Liverpul” yetakchilarini yo‘qotmoqda. “Chelsi” ham faqat bitta futbolchini yo‘qotadi, ammo muhim futbolchisi, ya’ni — darvozabon. Eduard Mendi Senegal terma jamoasiga yo‘l oladi va londonliklar yana Kepa Arrisabala yordamiga tayanishga majbur bo‘ladi, bu esa “aristokratlar” muxlislarini biroz xavotirga solmoqda.

Turnir Chempionlar ligasidagi o‘rinlarni taqsimlashga ham ta’sir qilishi mumkin. Sababi, o‘z mavqeini tiklagan “Arsenal” so‘nggi paytlarda Mikel Artetaning jamoani qurishda muhim rol o‘ynagan Tomas Partini yo‘qotmoqda. Uning o‘rnini egallagan Muhammad Elneni ham Misr terma jamoasini himoya qilish uchun Kamerunga yo‘l oladi. Bundan tashqari, “kanonirlar” Gabon va Kot-d’Ivuar terma jamoasiga chaqiruv olgan Pyer-Emerik Obameyang va Nikolas Pepe yordamiga tayana olmaydi.

“Kanonirlar”ning raqobatchilari esa bunday qiyinchiliklarni boshdan kechirmaydilar. “Tottenxem” birorta ham futbolchisini Afrika kubogiga jo‘natmaydi. “Manchester Yunayted” faqatgina Kot-d’Ivuarlik Erik Bayini AMKga yuboradi, biroq u jamoani asosiy futbolchisi emas. Ammo, “Vest Xem”ni Said Benraxm tark etadi. Mazkur futbolchi “bolg‘achilar”ning asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi.

Afrika kubogi Angliya Premyer-ligasila jon saqlash uchun kurashayotgan klublar uchun imkoniyat yaratib berishi mumkin. Sababi, “Nyukasl”, “Norvich” va “Lids” Kamerunda o‘tadigan turnirga hech kimni yubormaydi. Shu bilan birga, “Byornli” jamoasi safida 5 ta gol urgan Maksvell Korneni klubni ma’lum vaqtga tark etishga to‘g‘ri keladi. “Uotford” bir nechta himoyachilar Villiama Trost-Ekonga va Adama Masinu, xavbek Imran Luzuni yo‘qotadi. Jarohati tufayli Emmanuel Dennis klubda qoldi. “Xornetlar” rahbariyati Senegal jamoasi sharafini himoya qilishga otlangan Ismoil Sarrni klub safida saqlab qolishga harakat qilmoqda. Shuningdek, “Everton” Aleks Ivobini Nigeriya terma jamoasiga qo‘yib yubormoqda. Bu futbolchi ham “irislar”ning asosiy futbolchisi sanaladi.

O‘rta xil jamoalarga keladigan bo‘lsak, bu yerda vaziyat boshqacha. Trezege “Aston Villa” safidan Misr terma jamoasiga, Bertran Traore esa Burkina-Faso jamoasiga sharafini himoya qilishga ketadi, lekin ikkalasi ham klubning asosiy futbolchisi emas. “Brentford” ham Frank Oniku Nigeriya terma jamoasi safiga ketishiga to‘sqinlik qila olmayapti. Iv Bissuma “Brayton”dan Maliga, Ulrik Enem-Alla esa Gabon safiga jo‘nab ketadi.

“Vulverxempton”da ba’zi muammolar bo‘ladi: marokashlik Roman Sais va jazoirlik Villi Boli Afrika kubogida terma jamoasi sharfini himoya qilishga otlanishadi. “Lester”da ham katta yo‘qotishlar mavjud – himoya zonasida harakat qiladigan uchta futbolchi birdaniga AMKga boradi: nigeriyalik Oninye Ndidi, senegallik Nampali Mendi va ganalik Daniel Amarti. Bundan tashqari, “tulkilar” nigeriyalik hujumchi Kelechi Ixeanachoni ham ma’lum vaqtga qo‘ldan chiqarishadi. Qolaversa, “Kristal Pelas” jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Sheyku Kuyate Senegal termasiga, Jordan Iyu Gana termasiga, Uilfrid Zaxa esa ivuarliklar tomonidan chaqiruv olgan. 

Umuman olganda, Angliya Premyer-ligasi Afrika kubogi vaqtida ko‘plab ajoyib futbolchilarni yo‘qotadi va murabbiylar ushbu nomlarni o‘rnini kim bilan va qanday to‘ldirish haqida bosh qotiradi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 04.01.2022 23:41. O'qildi: 7731 marta. Fikrlar: 4 ta.

APL

Jamoa O' O
1 Liverpul 38 84
2 Arsenal 38 74
3 Manchester Siti 38 71
4 Chelsi 38 69
5 Nyukasl 38 66
6 Aston Villa 38 66
7 Nottingem Forest 38 65
8 Brayton 38 61
9 Bornmut 38 56
10 Brentford 38 56
11 Fulhem 38 54
12 Kristal Pelas 38 53
13 Everton 38 48
14 Vest Xem 38 43
15 Man. Yunayted 38 42
16 Vulverhempton 38 42
17 Tottenhem 38 38
18 Lester 38 25
19 Ipsvich 38 22
20 Sautgempton 38 12

ECHL

- Guruhi

Jamoa O' O

Evropa ligasi

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Man. Yunayted 0 0
2 Omoniya 0 0
3 Real Sosyedad 0 0
4 Sherif 0 0

O‘rtoqlik uchrashuvi

1-tur
20.01.2017
18:00 Lokomotiv
0:0
Zenit S-Pb
27.05.2017
18:30 O‘zbekiston U21
3:4
Россия U21

Angliya kubogi

Nimchorak final
09.02.2021
22:30 Byornli
0:2
Bornmut
10.02.2021
00:30 Man. Yunayted
1:0
Vest Xem
22:30 Suonsi Siti
1:3
Manchester Siti
11.02.2021
00:30 Lester
1:0
Brayton
00:30 Sheffild Yunayted
1:0
Bristol Siti
01:15 Everton
5:4
Tottenhem
22:30 Vulverhempton
0:2
Sautgempton
12.02.2021
01:00 Barnsli
0:1
Chelsi
Chorak final
20.03.2021
17:15 Bornmut
0:3
Sautgempton
22:30 Everton
0:2
Manchester Siti
21.03.2021
18:30 Chelsi
2:0
Sheffild Yunayted
22:00 Lester
3:1
Man. Yunayted
Yarim final
17.04.2021
21:30 Chelsi
1:0
Manchester Siti
18.04.2021
22:30 Lester
1:0
Sautgempton
Final
15.05.2021
21:30 Chelsi
0:1
Lester

International Champions Cup

Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenhem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Angliya superkubogi

Jamoa O' O
1 Liverpul 1 1
2 Manchester Siti 1 1

UYEFA Superkubogi

Jamoa O' O
1 Bavariya 1 3
2 Sevilya 1 0

Angliya liga kubogi

Chorak final
22.12.2020
22:30 Brentford
1:0
Nyukasl
23.12.2020
01:00 Arsenal
1:4
Manchester Siti
22:30 Stok Siti
1:3
Tottenhem
24.12.2020
01:00 Everton
0:2
Man. Yunayted
Yarim final
06.01.2021
00:45 Tottenhem
2:0
Brentford
07.01.2021
00:45 Man. Yunayted
0:2
Manchester Siti
Final
25.04.2021
20:30 Manchester Siti
1:0
Tottenhem

So'nggi uchrashuv

25.05.2025. APL . 38-tur.
20:00
Man. Yunayted
2-0
Aston Villa

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!
© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.