Kirish Registrasiya

STD.UZ/MANUTD

Man. Yunayted

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi kim bo‘ladi?

Ruben Amorim “Manchester Yunayted”dan bo‘shatilganidan so‘ng, jamoa rahbariyati mavsumning qolgan qismi bo‘yicha qarorlarni aniqlashtirish uchun klubning sobiq futbolchilari bilan muloqot qilmoqda. Avval bosh murabbiy sifatida ishlagan Ole-Gunnar Sulsher va Maykl Kerrik vaqtincha bosh murabbiy lavozimni egallashi mumkin bo‘lgan nomlar sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Hozirda jamoani Darren Fletcher vaqtincha bosh murabbiy sifatida boshqarmoqda. Biroq klub ichida mavsum oxirigacha jamoani yanada tajribali mutaxassisga topshirish tarafdorlari bor. Sababi, “Manchester Yunayted” oldida hali muhim vazifalar turibdi. Doimiy bosh murabbiy masalasi esa chuqur tahlil qilinadigan mavzu bo‘lib qolmoqda.

Rahbariyat 2013 yilda Ser Aleks Fergyuson bosh murabbiy lavozimini tark etganidan so‘ng murabbiylar va ularning shtablari uchun qariyb 100 million funt sterling (115 million yevro) miqdorida kompensasiya to‘lagan.

Masalan Ruben Amorim shartnomasining qolgan bir yarim yili uchun 10 million funt sterling (11,5 million yevro) miqdorida qo‘shimcha mablag‘ga ega bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Manchester Yunayted” so‘nggi 12 yil ichida muddatidan avval ishdan bo‘shatilgan murabbiylar va ularning shtablariga jami 78 million funt sterling (90 million yevro) kompensasiya to‘lagan.

To‘langan tovon pullari quyidagicha:

Devid Moyes — 4,9 million funt (5,6 million yevro);
Lui van Gaal — 8,4 million funt (9,6 million yevro);
Joze Mourinyo — 19,6 million funt (22,6 million yevro);
Ole-Gunnar Sulsher — 10 million funt (11,5 million yevro);
Ralf Rangnik — 14,7 million funt (16,9 million yevro);
Erik ten Hag — 10 million funt (12 million yevro).

Shuningdek, klub murabbiylarni taklif etish, direktorlarni yollash va ularni ishdan bo‘shatish bilan bog‘liq jarayonlarga ham qariyb 21 million funt sterling (24 million yevro) sarflagan. Eng katta yagona kompensasiya 11 million funt sterlingni (12,6 million yevro) tashkil etib, u 2024 yilda aynan Ruben Amorimni bosh murabbiy etib tayinlash uchun “Sporting” klubiga to‘lab berilgan.

“Manchester Yunayted” Ser Aleks Fergyuson iste’fosidan beri yettinchi yangi bosh murabbiyini izlamoqda. Yana 4 nafar vaqtinchalik murabbiylar ham bor. 5 yanvar kuni Ruben Amorim ishdan bo‘shatilgach, jamoani sobiq yarim himoyachi Darren Fletcher boshqarib borishi ma’lum bo‘ldi. U vaqtincha bosh murabbiy sifatida Angliya Premyer Ligasi 21-turi doirasida “Byornli”ga qarshi safar o‘yinida jamoani boshqardi va uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etildi. Mavsum davomida eng omadsiz transfer deb aytilayotgan Benyamin Sheshko dubl qayd etdi. Fletcher, shuningdek, 11 yanvar kuni “Brayton”ga qarshi Angliya kubogi 3-bosqich uchrashuvida ham jamoani maydonga olib chiqadi.

ESPN nashrining xabariga ko‘ra, klub rahbariyati doimiy bosh murabbiy tayinlash borasida hali yakuniy qarorga kelmagan. “Manchester Yunayted” bu qarorni tez fursatda qabul qilishi yoki 2026-yilgi Jahon chempionatidan keyin bir qator mashhur mutaxassislar iste’foga chiqishi ehtimoli sabab yangi mavsum boshlanguniga qadar kutishi mumkin.

“Old Trafford”dagi navbatdagi bosh murabbiy bo‘lishga kimlar da’vogar?

Darhol tayinlanishi mumkin bo‘lgan nomzodlar:

Oliver Glasner (“Kristal Pelas”)

“Kristal Pelas” bosh murabbiyi joriy mavsum yakunida klub bilan tuzilgan shartnomasini yakunlaydi va hozircha yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib borilmagan. O‘tgan mavsumda Angliya kubogini qo‘lga kiritib, jamoani UYEFA Konferensiyalar Ligasiga olib chiqqanidan so‘ng Glasnerning obro‘si keskin oshdi. U 2022 yilda “Ayntraxt Frankfurt” bilan Yevropa Ligasida ham g‘olib chiqqan.

51 yoshli mutaxassis Amorim singari uch himoyachili tizimni afzal ko‘radi. Agar “Manchester Yunayted” shu modelni saqlab qolmoqchi bo‘lsa, Glasner eng mos nomzod hisoblanadi. Shartnoma holati sabab u hozirning o‘zidayoq yangi klub bilan muzokaralarga kirishishi mumkin.

Kiran Makkenna (“Ipsvich Taun”)

39 yoshli murabbiy “Ipsvich Taun”ni ketma-ket ikki bor yuqori ligaga olib chiqdi. 2024 yilda u “Chelsi” bosh murabbiyligi uchun suhbatdan o‘tgan, biroq klub Enso Mareskani tanlagan edi. Makkenna avvalroq Joze Mourinyo va Ole-Gunnar Sulsher shtablarida ishlagan, shu sababli u “Manchester Yunayted” muhitini yaxshi biladi.

“Ipsvich” joriy mavsumda yana APLga chiqish uchun kurashmoqda, biroq “MYU”dan taklif tushsa, buni rad etishi qiyin bo‘lishi mumkin.

Garet Sautgeyt (ishsiz)

Angliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yevro–2024 musobaqasidan so‘ng lavozimini tark etganidan beri ishsiz. 55 yoshli mutaxassis hozircha murabbiylikka qaytish istagini bildirmagan, biroq Angliyani ikki marta Yevropa chempionati finaliga va 2018 yilgi Jahon chempionati yarim finaliga olib chiqqani sabab “Old Trafford”da uning kelishini xohlovchi tomonlar bor.

Sautgeyt erkin agent bo‘lgani uchun kompensasiya ham talab etilmaydi va u qiziqish bildirsa, darhol asosiy nomzodga aylanishi mumkin.

Xavi (ishsiz)

Sobiq “Barselona” bosh murabbiyi kataloniyaliklarni 2022–2023 yilgi La Liga chempioniga aylantirgan. U 2023–2024 yilgi mavsum oxirida klubni tark etganidan beri hech bir klubda faoliyat yuritmagan.

45 yoshli Xavi APLda ishlashga qarshi emas. Biroq ingliz futbolining yuqori tempi va murabbiyning zich taqvimida tajribasi kamligi — ayniqsa Amorim va Erik ten Hagning moslashishda qiynalgani fonida — “mankunianliklar” uchun xavfli omil bo‘lishi mumkin.

Maykl Kerrik (ishsiz)

Kerrik 2021 yilda Sulsher ketganidan so‘ng uch o‘yinda “Manchester Yunayted”da bosh murabbiy vazifasini bajargan. So‘nggi uch yilni “Midlsbro” bilan Chempionshipda o‘tkazgan 44 yoshli mutaxassis o‘tgan mavsum oxirida klubni tark etdi.

U hozircha murabbiylikka qaytish istagini bildirmagan bo‘lsa-da, klubni yaxshi bilishi uni yozgacha vaqtinchalik “xavfsiz variant”ga aylantiradi.

Ole-Gunnar Sulsher (ishsiz)

Sulsher futbolchi sifatida 1998–1999 yilgi shonli mavsum qahramonlaridan biri bo‘lib, muxlislar orasida hanuz mashhur. U 2018–2021 yillarda bosh murabbiy sifatida hujumkor uslub namoyish etgan.

“Yunayted” 2020–2021 yilgi mavsumda u bilan APLda ikkinchi o‘rinni egallagan, biroq himoyadagi muammolar sabab 2021 yil noyabrida, jumladan “Liverpul”dan 0:5 hisobida uchralgan mag‘lubiyatdan keyin iste’foga chiqarilgan. U yaqinda “Beshiktosh”ni tark etgan va sobiq klubiga qaytish ehtimoli past bo‘lsa-da, mavjud variantlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Qo‘shimchasiga, norvegiyalik mutaxassisning o‘zi klub bosh murabbiyi bo‘lishga tayyorligini bildirgan.

Enso Mareska (ishsiz)

Mareska “Chelsi”ni tark etgach, erkin agentga aylandi. London klubidagi 18 oylik faoliyati davomida u Konferensiyalar Ligasi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘alaba qozongan.

U “Manchester Siti”da yordamchi murabbiy sifatida ishlagan paytda “MYU” bosh direktori Omar Berrada va sport direktori Jeyson Uilkok bilan yaqin hamkorlik qilgan. Biroq to‘p nazoratiga asoslangan falsafasi “qizil iblislar” tarkibiga mos kelmasligi mumkin.

Uzoq istiqboldagi murabbiylar:

Tomas Tuxel (Angliya)

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi 2024 yil yozida ten Hag o‘rniga “Yunayted” bilan muzokara olib borgan, biroq klub futboliga qaytishni istamagan. Uning shartnomasi Jahon chempionatidan keyin tugaydi.

52 yoshli Tuxel “mankunianliklar” talablari bo‘yicha deyarli barcha mezonlarga javob beradi: u “Chelsi” bilan Chempionlar ligasini yutgan, shuningdek “Bavariya” va “PSJ” kabi grand jamoalarni boshqargan. Biroq rahbariyat bilan kelishmovchilikka moyilligi ichki ziddiyatlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Maurisio Pochettino (AQSH)

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Jahon chempionatidan so‘ng klub futboliga qaytishga tayyor bo‘ladi. Klub rahbariyati so‘nggi 10 yil ichida uning nomzodini uch marta ko‘rib chiqqan.

2022 yilda u Erik ten Hag bilan birga qisqa ro‘yxatda bo‘lgan. Premyer ligadagi tajribasi va “PSJ”, “Chelsi”, “Tottenhem”dagi faoliyati uni mos nomzodga aylantiradi.

Karlo Anchelotti (Braziliya)

66 yoshli murabbiy Braziliya terma jamoasi bilan Jahon chempionatidan keyingacha shartnoma asosida ishlaydi. Agar “Yunayted” katta tajribaga ega mutaxassisni xohlasa, Anchelotti eng kuchli variant hisoblanadi.

U “Milan” va “Real Madrid” bilan besh marta Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan, shuningdek “Bavariya”, “Yuventus”, “PSJ”, “Napoli” va “Chelsi”da faoliyat yuritgan. U yuqori maosh va kuchli transferlarni talab qilishi mumkin, biroq uning kelishi klub jozibadorligini oshiradi.

Yulian Nagelsmann (Germaniya)

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yevro–2028 turnirigacha shartnomaga ega. Uning kelajagi Jahon chempionatidagi natijalarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

38 yoshli Nagelsmann “Bavariya”dagi murakkab davrdan so‘ng terma jamoada obro‘sini tikladi. “Hoffenhaym” va “Leypsig”dagi muvaffaqiyatlari uni Yevropaning eng istiqbolli murabbiylaridan biri sifatida saqlab turibdi.

Andoni Iraola (“Bornmut”)

“Bornmut” bosh murabbiyi byudjetdan yuqori natijalar ko‘rsatib kelayotgani bilan e’tirof etilmoqda.

Uning yuqori intensivlikka asoslangan uslubi “Yunayted”ning hozirgi tarkibiga qanchalik mos kelishi savol ostida, biroq Premyer ligadagi tajribasi sabab klub e’tiborida bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, jamoa bosh murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar turli uslublarga asoslangan o‘yin falsafasiga ega. Hatto klubni boshqargan avvalgi mutaxassislar haqida ham shunday deyish mumkin.

Bu jarayon ko‘pincha qisqa muddatli natijalarni ko‘zlab amalga oshiriladi: har bir murabbiy o‘z taktikasini joriy qiladi, o‘yin uslubini o‘zgartiradi va tarkibni qayta moslashtiradi. Natijada jamoa barqarorlikni yo‘qotib, futbolchilarning ustun tomonlari yuzaga chiqmay qolmoqda. Shu sababli, “Manchester Yunayted”da oxirgi 12 yil ichida 7 nafar murabbiy muddatidan avval ishdan bo‘shatildi. Jamoani tark etgan aksariyat futbolchilar — Skott Maktominey, Markus Reshford, Din Henderson, David De Xea, Romelu Lukaku, Meyson Grinvud, Antoni, Andreas Pereyra yangi klublarida barqaror o‘yin namoyish eta boshladi.

Balki jamoa rahbariyati — Gleyzerlar oilasi hamda futbol bo‘yicha amaliyotlar uchun javobgar va klubning 25 foiz aksiyalariga egalik qiluvchi Jim Retklif klubni barqaror rivojlantirish bo‘yicha kelishib olishi zarurdir. Qolganini vaqt ko‘rsatadi.

Kiritildi: 08.01.2026 20:06. O'qildi: 2892 marta. Fikrlar: 0 ta.

APL

Jamoa O' O
1 Arsenal 21 49
2 Manchester Siti 21 43
3 Aston Villa 21 43
4 Liverpul 21 35
5 Brentford 21 33
6 Nyukasl 21 32
7 Man. Yunayted 21 32
8 Chelsi 21 31
9 Fulhem 21 31
10 Sanderlend 21 30
11 Brayton 21 29
12 Everton 21 29
13 Kristal Pelas 21 28
14 Tottenhem 21 27
15 Bornmut 21 26
16 Lids 21 22
17 Nottingem Forest 21 21
18 Vest Xem 21 14
19 Byornli 21 13
20 Vulverhempton 21 7

ECHL

- Guruhi

Jamoa O' O

Evropa ligasi

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Man. Yunayted 0 0
2 Omoniya 0 0
3 Real Sosyedad 0 0
4 Sherif 0 0

O‘rtoqlik uchrashuvi

1-tur
20.01.2017
18:00 Lokomotiv
0:0
Zenit S-Pb
27.05.2017
18:30 O‘zbekiston U21
3:4
Россия U21

Angliya kubogi

Nimchorak final
09.02.2021
22:30 Byornli
0:2
Bornmut
10.02.2021
00:30 Man. Yunayted
1:0
Vest Xem
22:30 Suonsi Siti
1:3
Manchester Siti
11.02.2021
00:30 Lester
1:0
Brayton
00:30 Sheffild Yunayted
1:0
Bristol Siti
01:15 Everton
5:4
Tottenhem
22:30 Vulverhempton
0:2
Sautgempton
12.02.2021
01:00 Barnsli
0:1
Chelsi
Chorak final
20.03.2021
17:15 Bornmut
0:3
Sautgempton
22:30 Everton
0:2
Manchester Siti
21.03.2021
18:30 Chelsi
2:0
Sheffild Yunayted
22:00 Lester
3:1
Man. Yunayted
Yarim final
17.04.2021
21:30 Chelsi
1:0
Manchester Siti
18.04.2021
22:30 Lester
1:0
Sautgempton
Final
15.05.2021
21:30 Chelsi
0:1
Lester

International Champions Cup

Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenhem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Angliya superkubogi

Jamoa O' O
1 Liverpul 1 1
2 Manchester Siti 1 1

UYEFA Superkubogi

Jamoa O' O
1 Bavariya 1 3
2 Sevilya 1 0

Angliya liga kubogi

Chorak final
22.12.2020
22:30 Brentford
1:0
Nyukasl
23.12.2020
01:00 Arsenal
1:4
Manchester Siti
22:30 Stok Siti
1:3
Tottenhem
24.12.2020
01:00 Everton
0:2
Man. Yunayted
Yarim final
06.01.2021
00:45 Tottenhem
2:0
Brentford
07.01.2021
00:45 Man. Yunayted
0:2
Manchester Siti
Final
25.04.2021
20:30 Manchester Siti
1:0
Tottenhem

So'nggi uchrashuv

08.01.2026. APL . 21-tur.
01:15
Byornli
2-2
Man. Yunayted

Navbatdagi uchrashuv

17.01.2026. APL . 22-tur.
17:30
Man. Yunayted
-:-
Manchester Siti
© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.