Kirish Registrasiya

STD.UZ/MILAN

Milan

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Rafael Leau: "Futbol - men orzu qilganday yashash quvonchini beradi"

Bugungi kunda futbol olamidagi eng yorqin va ko‘zga tashlangan hujumchilardan biri Rafael Leau nafaqat sport, balki san’at hamda shaxsiy rivojlanish bo‘yicha ham ko‘pchilikning diqqat e’tiborida. Masalan, o‘tgan yili u «WAY45» ismi ostida rep yo‘nalishida ijro etilgan «Smile» nomli audioalbomini muxlislarga tortiq qildi. Qolaversa, Leau maydondagi o‘ziga xos tezligi, ichki dunyosidagi yengilmaslik va teran hissiyotlari bilan ham barchani o‘ziga qarata oladi. Xullas, «Milan» forvardining quyidagi intervyusi orqali uni o‘zingiz uchun qaytadan kashf qilsangiz ajab emas.

— Rafa, bilamizki siz bolalikda katta qiyinchiliklarni boshdan kechirgansiz. Keling, suhbatimizni shu haqidagi xotiralaringiz bilan boshlasak...

— Bu juda qiyin davrlar edi. Oilamiz katta bo‘lgani bois ota-onam tinimsiz ishlar, lekin ro‘zg‘orimizni but qilishga qiynalishardi. Men ko‘pincha oqshomlari ko‘chaga chiqib, Carrefour supermarketining avtoturargohida do‘stlarim bilan suhbatlashib, hazillashib o‘tirishni yaxshi ko‘rardim. Hayotimiz oddiy, ota-onam erta-kech ishdaligi uchun do‘stlar bilan vaqt o‘tkazish shunchaki kundalik turmushimning ajralmas qismi edi. Ha, biz boy emasdik, lekin nimaiki topsak bir-birimizga ilinardik. Agar uyimizda oziq-ovqat tugab qolgan bo‘lsa, ko‘chaga chiqishning o‘zi kifoya qilardi. Chunki, albatta kimdir bizga yordam berishini bilardik. Futbol? Albatta bolalar bilan to‘p tepishni yoqtirardim. Lekin o‘sha paytda millionlar o‘yini bilan muntazam shug‘ullanish mening ustuvor vazifam emasdi.

— Xo‘sh, aytingchi bolalikdagi og‘ir davr keyinchalik futbol karyerangizga qanday ta’sir qildi?

— Ochig‘ini aytsam, men Lissabonning aksariyat odamlari jiddiy muammolarga duch keladigan juda notinch hududda katta bo‘lganman. Lekin shunga qaramay, ular orasida yashaganman va har doim hayotimdan ijobiy energiya topishga harakat qilganman. Ehtimol, aynan shu tajriba tufayli hayotda sabr, mehnat hamda intilish orqali hamma narsaga erishish mumkinligini anglagandirman.

— Futbol bilan muntazam ravishda shug‘ulanishni boshlaganingizdan keyin oilangizdagilar sizni qay darajada qo‘llab-quvvatlashgan?

— O‘sha Lissabon ko‘chalarida to‘p tepib yurgan bolakaydan bugunga darajaga erishgunimga qadar oilam hayotimning asosiy poydevori bo‘lib kelgan va doimo shunday bo‘lib qoladi. Ular meni hech qachon yolg‘izlatib qo‘yishmagan hamda imkon boricha qo‘llab-quvvatlab kelishgan. To‘g‘risi, ota-onam uyimizdagi qiyinchilik bolalarining qiziqish va intilishlariga to‘g‘anoq bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘yishmagan. Aksincha, kelajakda o‘zimiz sevgan mashg‘ulot bilan shug‘ullanib, mukammal darajaga ko‘tarilishimiz uchun har tomonlama yordam qo‘lini cho‘zishgan. Buning uchun ulardan nihoyatda minnatdorman.

— Aytingchi, kelajak hayotingizni futbol orqali qurishni rejalashtirgach, millionlar o‘yinida o‘z o‘rningizni topish uchun ujuda ko‘p narsalardan voz kechishingiz kerakligini his qilganmisiz?

— Ha albatta, lekin menimcha, har qanday sohada muvaffaqiyatga erishish uchun nimalardandir voz kechishga to‘g‘ri kelsa kerak. Zero, bundan boshqa yo‘l ham, chora ham yo‘q. Qolaversa, ota-onam menga buyuk maqsadlar yo‘lida ma’lum darajada qurbonliklar qilish kerakligini o‘rgatib kelishgan.

— Muvaffaqiyatga erishish yo‘lingiz ko‘proq irodaga bog‘liqmi yoki iste’dodga?

— Albatta birinchi o‘rinda iste’dodni aytgan bo‘lardim, lekin futbolda faqatgina iqtidorning o‘zi bilangina ish bitmaydi. Ayniqsa, sportda muvaffaqiyatga erishish uchun ko‘plab qurbonlik va yo‘qotishlarga tik boqqan holda mehnat qilishdan to‘xtamaslik lozim. Bunda muayyan darajaga erishish uchun juda va juda qattiq — metin iroda talab qilinadi.

— Siz bilan birga o‘ynagan eng buyuk futbolchilar ismini ayta olasizmi?

— Ular ikkita: Zlatan Ibragimovich va Krishtianu Ronaldu.

— «Milan» futbolkasini kiyish siz uchun nimani ang­latadi?

— Ochig‘ini aytaman, bu jamoa safiga qo‘shilgunimga qadar ham «rossoneri» muxlisi bo‘lganman. Chunki «Milan» dunyodagi eng buyuk klublardan biri, hamda ushbu libosni kiyish hamisha orzuim edi.

— «Milan» safida Skudetto va Italiya Superkubogini qo‘lga kiritgan futbolchi sifatida aytingchi, Siz uchun haqiqiy chempion bo‘lish nimani anglatadi?

— To‘g‘ri, futbolchilik faoliyatim davomida turli darajadagi unvonlarga ega chiqdim, lekin o‘zimni chempionlardek tutishni sira yoqtirmayman. Chunki faoliyatimning eng yuqori cho‘qqisi hali oldinda ekanligidan umid qilib, ortiqcha havolanib ketmaslikka intilaman. Bilaman, jamoadagi yosh yigitlar o‘zlaricha mendan o‘rnak olishga intilishadi. Ammo unutmaslik kerakki endigina 26ga kirdim. Ochig‘ini aytaman, agar klub tarbiyalanuvchilaridan biri oldimga kelib mendan nimanidir o‘rganmoqchi ekanligini aytsa, boshqa kimlarningdir chempion deb chaqirishlaridan ko‘ra zavqliroq tuyuladi.

— Rafael Leauning odatiy kuni qanday o‘tadi?

— Kundalik turmush tarzimda hech qanday murakkab narsaning o‘zi yo‘q. Hammasi oddiy — erta uyg‘onish, to‘g‘ri ovqatlanish, mashg‘ulotlarga borish hamda vaqtida uxlash. Menimcha sport formamni yuqori darajada ushlab turish uchun eng to‘g‘ri yo‘l shu. Ortiqcha dabdaba va shovqin-suronga unchalik ham hushim yo‘q. Hayotim shusiz ham mazmunli o‘tmoqda. Ayniqsa, futbol — men doimo orzu qilganday yashash quvonchini beradi.

— Musiqaga bo‘lgan muhabbatingiz qayerdan paydo bo‘lgan?

— Oilamizda musiqaga bo‘lgan oshnolik o‘zgacha edi. Ehtimol bu amakim bastakor bo‘lganligi tufaylidir, yana bilmadim. Xullas, men ham otamning ukasi kabi 19 yoshimdan musiqa chalish bilan jiddiy shug‘ullana boshlaganman. Aytish kerak, Portugaliyada o‘ynab yurgan paytim uyga yaqin edim, barcha do‘stlarim yonimda, mutlaqo zerikish bo‘lmasdi. Ammo «Lill»ga ko‘chib o‘tgach, to‘satdan yolg‘iz qolib ketdim va musiqa mening chinakam hamrohimga aylandi.

— O‘yindan oldin qanday qo‘shiqlarni tinglaysiz?

— Har xil. Bu borada muayyan janr yoki tanlov yo‘q. Kayfiyatimga qarab istalgan qo‘shiq yoki musiqani eshitib ketaveraman. Xullas, hamma narsadan energiya qidirishga odatlanganman.

— Futbolchilik faoliyatingizni necha yoshda yakunlamoqchisiz?

— Hozirdan bir narsa deyish qiyin, lekin iloji boricha uzoqroq o‘ynashni xohlayman. Butsalarimni mixga ilgach esa oilam bilan imkon qadar ko‘proq birga bo‘lishni va tinch hayot kechirishni istayman.

— O‘tgan yili egizak farzandlarning otasi bo‘ldingiz. Aytingchi, bu qanday tuyg‘u ekan?

— Aralash tuyg‘ular, lekin barchasi yoqimli. Men hayotimning eng yaxshi davrida ota bo‘lganimdan xursandman. Bolalarim esa ko‘proq ishlash hamda vaqtimni yanada mukammal qadrlash uchun asos bo‘lmoqda.

Xurshid YUSUPOV tayyorladi

Kiritildi: 25.11.2025 23:54. O'qildi: 379 marta. Fikrlar: 0 ta.

«A» Seriya

Jamoa O' O
1 Roma 12 27
2 Milan 12 25
3 Napoli 12 25
4 Inter 12 24
5 Bolonya 12 24
6 Komo 12 21
7 Yuventus 12 20
8 Lasio 12 18
9 Sassuolo 12 17
10 Udineze 12 15
11 Cremonese 12 14
12 Torino 12 14
13 Atalanta 12 13
14 Kalyari 12 11
15 Parma 12 11
16 Piza 12 10
17 Lechche 12 10
18 Jenoa 12 8
19 Fiorentina 12 6
20 Verona 12 6

ECHL

- Guruhi

Jamoa O' O

Evropa ligasi

- Guruhi

Jamoa O' O

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenhem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Italiya superkubogi

Final
21.01.2021
01:00 Yuventus
2:0
Napoli

So'nggi uchrashuv

24.11.2025. «A» Seriya . 12-tur.
00:45
Inter
0-1
Milan

Navbatdagi uchrashuv

30.11.2025. «A» Seriya . 13-tur.
00:45
Milan
-:-
Lasio
© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.