Kirish Registrasiya

STD.UZ/MILAN

Milan

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Serjiu Konseysau: «Milan» rahbariyati meni qo‘llab-quvvatlamadi…»

Italiyaning old klublaridan biri – «Milan»da qisqa, ammo mazmunli faoliyat yuritgan Serjiu Konseysau «rossonerlar» lageridagi ishiga doir fikrlari bilan yana ko‘pchilik e’tiborini tortdi. Aniqrog‘i, portugaliya­-lik mutaxassis La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida klub ichidagi muammolar hamda rahbariyat bilan munosabatlari haqida ochiq-oshkora gapirdi. Demak, quyida bugungi kunda Saudiyaning «Al-Ittihod» klubini boshqarayotgan Konseysauning «Milanello»dagi 6 oylik faoliyatiga taalluqli eng qiziqarli va muhim iqtiboslari bilan tanishamiz.

– Keling, suhbatimizni «Milan»dagi ishingizning ilk kunlariga bog‘liq xotiralaringiz bilan boshlasak. Chunonchi, «rossonerlar» boshqaruvida fao­liyatingiz yomon boshlanmagandi…

– Ha, shunday. O‘sha vaqt juda jadal jadval bo‘yicha ishlaganimizni yaxshi eslayman: video-tahlillar, taktik ishlanmalar, futbolchilarga darhol ta’sir ko‘rsatish uchun motivasion nutqlar… Deylik, Saudiyada o‘tkazilgan Italiya superkubogi yarim finalida tarkibida o‘g‘lim Fransishku o‘ynagan «Yuventus»ni yengib, finalda «Inter»dan ham ustun kelgandik.

– Keyin g‘alabani o‘sha mashhur harakat – sigara chekkan holda nishonlash…

– Bundan oldinroq «Portu»da qo‘lga kiritilgan har bir sovrindan keyin shunday qilganman — jami 11 marta. «Milan» futbolchilari esa katta muvaffaqiyatlardan keyin g‘alabani o‘ziga xos tarzda nishonlashimni bilishardi. Xullas, ular finaldan oldin agar g‘alaba qozonsak, shu odatimni takrorlashimni so‘rashgandi.

– Umuman, shaxsan o‘zingiz «Milan» bosh murabbiyi rolidagi faoliyatingizni qanday baholaysiz?

– Albatta ijobiy. Chunonchi, 2016 yildan buyon «Milan» bilan faqat 2 nafar murabbiyga sovrin yutish nasib etdi, xolos. Aniqrog‘i, Pioli jamoa­ni «A» seriyada g‘oliblik sari yetaklagan bo‘lsa, men superkubokni ta’minladim. Qolaversa, o‘sha davrda to‘plangan ochkolarni hisoblasak, «Milan» bemalol YELga yo‘llanma olgan bo‘lardi. Ammo «Milan derbi»sida qayd etilgan 2ta zafar, «Roma» bilan bahsda qo‘lga kiritilgan yorqin g‘alaba kabi quvonchli natijalar qatori ko‘ngilni xiralashtiradigan voqeliklar ham kuzatilgani rost…

– Aynan qanday voqeliklar?

– Deylik, klub ichida deyarli har bir masala borasida beqarorlik bor edi. Buning oqibatida jamoa muhiti ham izdan chiqdi, eng yomoni, rahbariyatdan to‘liq qo‘llab-quvvatlanishni his qilmadik. Oddiy misol, superkubokni yutganimizdan keyin chempionatda «Kalyari»ga qarshi o‘ynadik, bu uchrashuv yakunida esa mutasaddilar boshqa murabbiy qidirayotganlari haqida xabarlar urchidi. Oxir-oqibat, barchamiz natija bosimi ostida qoldik va e’tiborni faqat ish hamda g‘alabaga qaratishning imkoni topilmadi…

– Agar o‘zingizga qo‘yib berilganida, jamoada qolarmidingiz?

– Albatta, faqat ma’lum o‘zgarishlarga qo‘l urish sharti bilan.

– 6 oy davomida futbolchilarning sizga xiyonat qilishgani biror marta sezildimi?

– Yo‘q aslo. Aksincha, ular hamisha men tarafda turishdi – g‘oyalarimga ishonishdi, qo‘llab-quvvatlashdi. Buni futbolchilarning o‘zlaridan ham so‘rashingiz mumkin. Qolaversa, jamoadan ketganimdan keyin ham ko‘plab yigitlar aloqaga chiqib, hol-ahvol so‘rab turishdi. Shundan ham bilish mumkinki, qo‘l ostimdagilar bilan aloqa o‘rnatishda hech qanday muammoga uchramaganman. To‘g‘ri, jamoada barchadan intizomni qat’iy talab qilardim, faqat dam olish vaqtida yengillik berganman. Agar kimdir tanaffusdan hatto 1 kilogramm ortiqcha vazn bilan kelsa yoki mashg‘ulotlarga kech qolsa, uni jazolaganim ham rost. Murabbiylik falsafam oddiy – xoh asosiy tarkib futbolchisi, xoh zaxira vakili bo‘lsin, umumiy qoidalar, tartib-intizomga qat’iy amal qilishi shart. Qisqasi, «Milan»da ham barchaga bir xil qaraganman.

– Butun faoliyatingizdagi eng muhim nutqni eslay olasizmi?

 – Albatta. 2012 yili «Olyanense»da ishlaganimda, yigitlarning nimalarga qiziqishlarini obdon o‘rgandim. Umuman, har doim shunday qilaman. Xullas, bir kuni o‘yin oldidan shogirdlarimga otalar o‘zlari haqida gapirgan videoni ko‘rsatdim. Yigitlar «Otalar kuni» munosabati bilan qo‘yilgan videolavhadan nihoyatda ta’sirlanishdi. Hatto ayrimlari yig‘lab yuborishdi. Aksiga olib, o‘yinning birinchi bo‘limida 2ta gol qo‘yib yubordik. Tabiiyki, bundan jahlim chiqdi va kiyinish xonasida yana «serjant»ga aylanib, jiddiy ohangda gapirdim. Yakunda 0:2 hisobini 2:2ga aylantira oldik.

– Bunday qat’iy ishonch qayerdan keladi?

– 16 yoshda motosikl halokati tufayli otamni, 18 yoshda esa uzoq davom etgan xastalik oqibatida onamni yo‘qotdim, keyinroq akamni ham. Ketma-ket kelgan og‘ir judoliklardan g‘oyat ezildim, faqat e’tiqod bergan kuch, ichki xotirjamlik evaziga yiqilmadim. Lekin ba’zan hamon qattiq ezilaman. Ayniqsa, ota-onamga barcha orzularimga erishganimni ko‘rsatmoqchi bo‘laman. Qalbim tubidagi qandaydir soya hayotimda bir kemtiklik borligini eslatib turadi. Ayniqsa, yolg‘iz qolganimda…

– Barcha harakatlaringiz yo‘qotganlaringiz tufayli hosil bo‘lgan kemtiklikni to‘ldirish uchunmi?

– Aynan shunday. Ota-onamning suratlarini doimo yonimda olib yuraman, ular uchun har kuni ibodat qilaman. To‘g‘ri, bugun eng baxtli insonlardan biriman. Zero, 5 nafar farzandim bor, sevgan ishim bilan shug‘ullanib, katta muvaffaqiyatlarga erishdim. Ammo ota-onamsiz hech qachon to‘liq baxtni his qilmaganman, baribir. Eng og‘ir dardim shu.

– Ha, og‘ir dard, lekin bo‘shliqni farzandlaringiz to‘ldirishayotgandir qaysidir ma’noda…

– Farzandlarim – eng katta quvonchim va suyanchig‘im. Ayniqsa, Fransishkuning «Yuventus»dagi muvaffaqiyatlarini ko‘rib, boshim osmonga yetadi.

– «Portu» bilan 7 yilda 11ta sovrin yutgan murabbiysiz – faxrlanishga arziydigan natija…

– «Portu» boshqaruvini qo‘lga olganimda, jamoa oxirgi 4 yilda hech qanday sovrin yutgan emasdi. Klub prezidenti da Koshta bilan munosabatlarim mukammal edi va kelishgan holda, tarkibni tubdan yangilaganmiz. Asosiysi, transferlardan 600 million yevro ishlagandik. Tarkibdagi yo‘qotishlarga qaramay, CHLda barqaror o‘yin namoyish etib, har safar guruhdan chiqqanmiz. «Portu» ayniqsa, Italiya jamoalari – «Yuventus», «Roma» va «Lasio»ga chinakam bosh og‘rig‘i bo‘lgandi.

– «Milan»dan ketgach, Italiyaning qaysidir klubidan taklif olganingiz haqida gaplar chiqqandi…

– Ha, bu rost. «Al-Ittihod» bilan shartnoma imzolashimdan oldin «Lasio» ishga chorladi. Ammo Saudiya ligasi ham ancha raqobatbardosh, ambisiyalar yuqori, mashg‘ulotlar ertalab emas, kunduzi o‘tkaziladi. Shuningdek, bu yerda madaniy xususiyatlarga moslashish kerak. Men esa tabiatan shunday chaqiriqlarni yaxshi ko‘raman.

– Vaqti kelsa, Italiyaga qaytishingiz mumkinmi?

– Ha, albatta. Umid qilamanki, qachondir yana shu go‘zal mamlakatda ishlash imkoniyati paydo bo‘ladi…

XURSHIDBEK tayyorladi

Kiritildi: 05.02.2026 23:40. O'qildi: 219 marta. Fikrlar: 0 ta.

«A» Seriya

Jamoa O' O
1 Inter 23 55
2 Milan 23 50
3 Napoli 23 46
4 Yuventus 23 45
5 Roma 23 43
6 Komo 23 41
7 Atalanta 23 36
8 Lasio 23 32
9 Udineze 23 32
10 Bolonya 23 30
11 Sassuolo 23 29
12 Kalyari 23 28
13 Torino 23 26
14 Jenoa 23 23
15 Cremonese 23 23
16 Parma 23 23
17 Lechche 23 18
18 Fiorentina 23 17
19 Piza 23 14
20 Verona 23 14

ECHL

- Guruhi

Jamoa O' O

Evropa ligasi

- Guruhi

Jamoa O' O

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenhem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Italiya superkubogi

Final
21.01.2021
01:00 Yuventus
2:0
Napoli

So'nggi uchrashuv

04.02.2026. «A» Seriya . 23-tur.
00:45
Bolonya
0-3
Milan

Navbatdagi uchrashuv

14.02.2026. «A» Seriya . 25-tur.
00:45
Piza
-:-
Milan
© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.