Kirish Registrasiya

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Chempionlik na’rasini tortgan "sherlar", tarixiy natija qayd etgan AGMK va “surgun“ intrigasini saqlab qolgan tur yakunlari

Ko‘pchilikning xotirida juda ham og‘ir va murakkab kelganligi bilan qolgan yil yakuniga roppa-rosa 1 oy vaqt qolmoqda. Shuning barobarida, pandemiya tufayli biroz keyinga surilgan O‘zbekiston chempionatining ham poyoni ko‘rinib qoldi. O‘zbekiston professional futbol ligasi, so‘nggi 4 ta turni o‘tkazishni, har bir jamoa ikkitadan uy va ikkitadan safar tizimida o‘ynashi hamda so‘nggi ikkita tur o‘yinlarining barchasi bir kunda o‘tkazilishi tartibida belgiladi. Shu asosda, Koka Kola Superligasi, 26 tur o‘yinlarining barchasi yakshanba, dam olish kunida bo‘lib o‘tdi. Muborak, vodiy, Jizzax vohasi va Bekoboddagi uchrashuvlar bir vaqtda start oldi. "Markaziy" stadionida maydon egalari “Mash’alʼʼ jamoasi, rasmiy mehmon sifatida “Buxoro“ga qarshi maydonda saf tortishdi.

Joriy mavsumdagi ishtiroki haqida ijobiy fikr bildirish mushkul bo‘lgan ikkala klubga ham bu o‘yindagi ochko ahamiyatli edi. Ayniqsa, boxoroliklarga suv va havodek. Boisiki, jamoa pro ligaga tushib ketish xavfiga eng yaqin joylashgan. Ammo, bu turda ham mag‘lubiyatdan qutilib qola olmadi. Dastlab, mehmonlar safida Humoyun Murtozayev penaltidan, keyin esa Ibe Okoro hamda Sardor Abduraimovlar o‘yindan darvozani ishg‘ol etib, muborakliklarga g‘alaba keltirishdi. Raqiblar esa, Muhammad G‘iyosovning golidan boshqa, to‘p kirita olishmadi. Umumiy hisob 1:3.

Shundan so‘ng, o‘tgan turda 9 o‘yinlik g‘alabasiz seriyaga nuqta qo‘ygan “Mash’alʼʼ, bugun ham g‘alaba qayd etdi va 26 ochko bilan jadvalda 10 o‘rnini o‘zgartirmadi. “Buxoro“ning ishlari yanada murakkablashmoqda. 25 o‘yindan keyin, Jamshid Saidov shogirdlari 14 ochko jamg‘arib eng quyi pog‘onada borishmoqda.

Bekobodda “Metallurg“ Shahzod Ubaydullayevning so‘nggi daqiqalarda kiritgan goli evaziga autsayder “Surxon“ni kichik hisobda mag‘lub etdi. Shu tariqa, Andrey Shipilov boshchiligidagi jamoa 36 ochko bilan 6 o‘ringa ko‘tarildi.

Bugungacha, 17 ochko yiqqan termizliklar 12 o‘rin, xavfli hududdan joy olishgan. Termizliklar murabbiyi Vladimir Andreev, bu holatda hammasi jamoaning o‘zi qo‘lida, agar so‘nggi turda mezbon sifatida raqib taslim etilsa, klub kuchlilar safida qolish imkoniyatiga ega bo‘lishi haqida aytib o‘tdi.

Superligani tark etish uchun da’vogarlardan biri bo‘lgan “Andijon“ ham “unvondor“lari singari, vodiy derbisida “Qo‘qon-1912“ga imkoniyatni boy berdi. Qo‘qonliklar, Murod Xolmuhammedovning penaltidan kiritgan to‘pi evaziga mezbonlardan ustun kelishdi, 0:1. Bu orqali, mehmonlar 41 ochko to‘plab, 5 o‘rindan qolishgan bo‘lsa, Otabek G‘ulomxo‘jayev murabbiyligidagi vodiyliklar 16 ochko bilan 13 o‘rindan siljishmadi. Ko‘rinib turubdiki, pro ligaga yo‘l olishi mumkin bo‘lgan jamoalarning “surguni“ masalasi so‘nggi turda hal bo‘ladi.

Jizzaxda “Sog‘diyona“, “Qizilqum“ustidan, g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Tomonlar, chempionatda qolishi aniq bo‘lib ulgurgan bo‘lsada, joriy natijalarni yanada yaxshilash uchun jiddiy kurash olib borishdi. Dastlab, Jamshid Boltaboyev mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo, so‘nggi daqiqalarda Milan Mitrovich darvozasi tomon belgilangan penaltidan unumli foydalangan Oybek Qilichev muvozanatni tikladi, 1:1. Shu tariqa, navoiyliklar 24 ochko bilan 11, 36 ochko to‘plagan jizzaxliklar esa ekvator chizig‘ini band etishgan.

Yetakchilardan biri, AGMK Namanganda “Navbahor“ bilan jangovar durang qayd etdi.
Vodiyliklar murabbiylik postiga No‘mon Hasanov kelganidan keyin, jamoa o‘yinda ijobiy o‘zgarishlar sezilmoqda.

Buni mutaxassisning o‘zi ham ta’kidlab, o‘yindan o‘yinga shogirdlarining o‘yini ochilib borayotgani, ortda qolgan turlarda o‘sish bo‘lganligi ko‘zga tashlanayotgani borasida fikr bildirdi. Namanganliklar ushbu bellashuvdan so‘ng, 34 ochko jamg‘argan holda, 8 pog‘onaga joylashishdi. Mehmonda maydon egalariga jiddiy kurash taklif etgan olmaliqliklar, ishlab olingan 1 ochko natijasida, hozirgacha 46 ochko jamg‘argan holda, 3 o‘rinni mustahkamladi va ushbu ko‘rsatgich orqali, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoa o‘z tarixida ilk marotaba sovrindorga aylandi.

Toshkentdagi “Milliy“stadionida turning markaziy uchrashuvi “Bunyodkor“ va “Nasaf“ o‘rtasida kechdi. Tomonlarning missiyasi aniq. “Qaldirg‘ochlar“ “kuchli uchlik“ka kirishi, “Ajdarlar“ esa shu o‘yindayoq kumush medallarni o‘ziga rasmiylashtirishi kerak edi.

Yakunda, ishining uddasidan chiqqan faqat “Nasaf“ bo‘ldi. Dastlabki daqiqalarda, Marko Stanoyevichning jarima zarbasidan, Abdumavlon Abdujalilov darvozasiga yo‘llagan goli, final hushtagigacha yagonaligini saqlab qoldi, 0:1. Shu tariqa, Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi, vise chempion maqomiga sazovor bo‘ldi. E’tiborlisi, bunday natija, klub tarixida 3 bora qayd etildi.

Turni yakunlovchi to‘qnashuv “Paxtakor“ markaziy o‘yingohida bo‘lib o‘tdi. Mezbonlarga chempionlik unvoni rasman topshiriladigan qarama-qarshilikda “Paxtakor“ “Lokomotiv“dan ustun keldi. Igor Sergeev kiritgan golga, mehmonlar vakillari javob qaytara bilishmadi. O‘yindan so‘ng, monand kuy-qo‘shiq, raqslar bilan, tantanali ravishda o‘zbek futboli bayroqdoriga chempionat kubogi topshirildi.

Ortda qolgan tur qahramonlari:

Murabbiy: Dilyaver Vaniyev(Mash’al)

mutaxassis, jamoaning o‘yini butkul chiqmayotgan, natijalar ortga qarab ketayotgan, joiz bo‘lsa, inqiroz paytida, jadvalda quyi o‘rinlarga tushib ketishni oldini olib, jamoada ishonch va ishtiyoq paydo qila oldi va ketma-ket ikkinchi o‘yinda zafar quchib, muhim ochkolarni qo‘lga kiritdi.

Darvozabon: Valijon Rahimov(AGMK)

Olmaliq jamoasi posboni, “Navbahor“bilan ancha hujumkor kechgan, vaziyatlarga boy bo‘lgan o‘yinda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab, quruq o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi hamda jamoasining sovrinli o‘rinlarda mavsumni yakunlashi uchun salmoqli ko‘maklashdi.

Futbolchi: Marko Stanoyevich(Nasaf)

Cerbiyalik yarimhimoyachi “Bunyodkor“ bilan bo‘lib o‘tgan markaziy qarama-qarshilikda o‘zining faol sayi-harakatlari bilan o‘yinda yagona bo‘lgan golga mualliflik qilish bilan birga, jamoasining muhim g‘alabasi va ega chiqqan e’tirofiga o‘z hissasini qo‘shdi.

So‘nggi, 26 turda “Andijon“ najot istab “Paxtakor“ga safar qiladi, “Buxoro“ uchun “chikki yo pukki“ Olmaliqda hal bo‘lsa, “Surxon“ so‘nggi imkoniyatidan Termizda “Sog‘diyona“ga qarshi foydalanib ko‘radi. Alamzada “Bunyodkor“ga “Qizilqum“ ro‘baru kelgan, Namangan “lochinlari“ Qo‘qonga parvoz qiladi, Muborakda “Metallurg“ “Mash’al“ sinovidan o‘tsa, “termiryo‘lchilar“ uchun so‘nggi bekat “Nasaf“ bo‘ladi.

Dadajon Foziljonov tayyorladi

Kiritildi: 30.11.2020 17:35. O'qildi: 3676 marta. Fikrlar: 6 ta.

Superliga

Jamoa O' O
1 Andijon 5 11
2 Neftchi 4 9
3 Lokomotiv 5 8
4 Nasaf 4 8
5 OKMK 5 8
6 So‘g‘diyona 5 8
7 Qizilqum 5 7
8 Navbahor 4 6
9 Paxtakor 4 4
10 Olimpik 4 4
11 Surxon 5 4
12 Dinamo 5 4
13 Metallurg 4 2
14 Bunyodkor 5 2

OCHL

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Nasaf 6 11
2 As-Sadd 6 8
3 Sharja 6 8
4 Al-Faysaliy 6 6

Yoshlar ligasi

Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Mash’al 0 0
2 Nasaf 0 0
3 Qo‘qon-1912 0 0
4 Surxon 0 0

O‘zbekiston superkubogi

Jamoa O' O
1 Nasaf 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 48
2 Dinamo 20 41
3 Qo‘qon-1912 21 41
4 Mash’al 22 38
5 Sho‘rtan 21 26
6 Aral 20 26
7 Xorazm 20 22
8 Yunired 20 18
9 Navbahor Farm 20 18
10 G‘ijduvon 20 16
11 Andijon-SGS 20 12

Liga kubogi

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

So'nggi uchrashuv

30.03.2024. Superliga . 4-tur.
19:00
Andijon
1-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.