«Arsenal» Angliya chempionatining so‘nggi 38-turida safarda «Kristal Pelas»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. «Selxerst Park» stadionida kechgan bellashuvda «kanonirlar» safida Gabriel Jezus va Noni Madueke gol muallifi bo‘lishdi. Mezbonlarning yagona goliga Jan-Filipp Mateta mualliflik qildi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng, «Arsenal» 85 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab, mavsumni chempion sifatida yakunladi. «Kristal Pelas» esa 45 ochko bilan 15-o‘rinni band etdi.
Angliya Premyer-ligasi. 38-tur
24.05.2026 | 20:00 «Selxerst Park», London
«KRISTAL PELAS» — «ARSENAL» — 1:2
Gollar: Gabriel Jezus 42 (0:1), Noni Madueke 48 (0:2), Jan-Filipp Mateta 89 (1:2).
«Kristal Pelas»: Xenderson, Riad, Lerma, Klayn, Kardines, Kamada (Uorton, 46; Gessan, 62), Xyuz, Munyos (Mitchell, 46), Sarr (Pino, 46), Devenni, Strann Larsen (Mateta, 77).
«Arsenal»: Arrisabalaga, Kalafyori (Gabriel Magalyayns, 46), InkapYE, Moskera, Subimendi, Lyuis-Skelli, Nergor (Xavers, 46), Martinelli, Douman (Merino, 62), Madueke (Dyekeresh, 83), Gabriel Jezus (Eze, 75).
Ogohlantirish: Gabriel Jezus (74).
Boshqa bir uchrashuvda «Liverpul» o‘z maydonida «Brentford» bilan durang o‘ynadi — 1:1.
Kyortis Jonsning goliga mehmonlar safida Kevin Shade javob qaytardi.
«Liverpul» 60 ochko bilan 5-o‘rinni egallagan bo‘lsa-da, kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. «Brentford» esa 53 ochko bilan 9-pog‘onada qoldi.
Angliya Premyer-ligasi. 38-tur
24.05.2026 | 20:00 «Enfild», Liverpul
«LIVERPUL» — «BRENTFORD» — 1:1
Gollar: Kyortis Djons 58 (1:0), Kevin Shade 64 (1:1).
«Liverpul»: Alisson, Robertson (Kerkez, 83), van Deyk, Konate (Gomes, 89), Djons, Makallister, Gravenberx (Nyoni, 83), Ngumoxa (Virs, 73), Soboslai, Saloh (Frimpong, 74), Gakpo.
«Brentford»: Kellexer, Lyuis-Potter (Nelson, 89), Kollinz, van der Berg, Kayode, Yanelt, Xenderson (Xiki, 60), Shade, Yensen (Damsgor, 83), Uattara, Tiago.
Ogohlantirishlar: Konate (79), Makallister (90) — Kollinz (90), Yanelt (90).