AQSHning Nyu-York shahrida O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionati oldidan so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. Jamoamiz Yevropaning kuchli jamoalaridan biri — Niderlandiyaga qarshi maydonga tushdi.
Bahsning 31-daqiqasida Jahongir O‘rozov o‘z jarima maydoni ichida raqib futbolchisini chalib yiqitdi. Belgilangan penaltini esa Kodi Gakpo aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.
Umuman olganda, birinchi bo‘limda to‘liq ustunlik yevropaliklar tomonida bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa jamoamiz tashabbusni o‘z tomoniga og‘dira boshladi. Ayniqsa, maydonga Igor Sergeev va Jamshid Iskanderov tushirilgach, xavfli vaziyatlar yuzaga kela boshladi.
O‘yin so‘nggida hakam Niderlandiya darvozasi tomon penalti belgilashi mumkin edi. Ammo u videotakrorni tomosha qilgach, raqib himoyachisiga qizil kartochkaga ko‘rsatib, jarima maydoni tashqarisidan zarba belgiladi. Otabek Shukurov esa jarimadan ancha noaniq zarba yo‘lladi.
90+2-daqiqada O‘zbekiston hisobni tenglashtirdi. Hujum natijasida to‘p rekoshetlar orqali Sergeevga kelib tushdi va Igor yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.
Niderlandiya bir kishi kam bo‘lib o‘ynayotganiga qaramay, hujumga o‘tdi. Bir vaziyatda Abduqodir Husanov bizni yaqqol goldan qutqardi. 90+8-daqiqada esa burchakdan to‘p o‘yinga kiritilgan vaziyat himoyachilarimiz raqib hujumchisini tortib yiqitishdi. Hakam penalti belgiladi. Gakpo bu safar ham 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalanib, Niderlandiyaga g‘alaba keltirdi.
Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini
NIDERLANDIYA - O‘ZBEKISTON - 1:2
Gollar: Kodi Gakpo (31-penalti, 90+8-penalti) — Igor Sergeev (90+2)