Angliya terma jamoasi sardori Xarri Keyn jahon chempionatlari tarixida penaltilarni (o‘yindan keyingi penaltilar seriyasidan tashqari) eng ko‘p aniq amalga oshirgan futbolchiga aylandi.
JCH-2026da angliyalik hujumchi mundiallardagi faoliyati davomida oltinchi penaltini golga aylantirdi va shu tariqa Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messiga tegishli rekordni ortda qoldirdi.
Ayni vaqtda Keyn hisobida jahon chempionatlarida 7 ta urinishdan 6 ta aniq penalti (86 foiz) mavjud.
Reytingning yuqori qismi quyidagicha ko‘rinish olgan:
- Xarri Keyn — 6/7 (86%);
- Lionel Messi — 4/7 (57%);
- Krishtianu Ronaldu — 4/5 (80%);
- Eysebio — 4/4 (100%);
- Gabriel Batistuta — 4/4 (100%).
Keyn o‘zining navbatdagi penalti golini JCH-2026 1/8 finalida Meksikaga qarshi bahsda urdi. U 60-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasini aniq bajarib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib keldi.
Yakunda Angliya dramatik kechgan uchrashuvda 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.
Keyn Angliya terma jamoasi bilan mundialdagi ishtirokini davom ettirayotgani sababli ushbu rekordni yanada yaxshilash imkoniyatiga ega.