Serbiyalik hujumchi Dushan Vlaxovich yana «Yuventus» rahbariyati bilan aloqaga chiqdi va yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga tayyor. Bu haqda Tuttosport xabar bermoqda.
30 iyun kuni hujumchi erkin agent maqomida Turin klubini tark etgan edi. Bir yil davomida tomonlar shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishishga urinishdi, ammo murosaga kela olishmadi.
Manbaning xabar berishicha, Vlaxovich shaxsan «Yuventus» rahbariyati bilan bog‘lanib, ehtimoliy qaytish masalasini muhokama qilish uchun uchrashuv tashkil etishni so‘ragan. Ta’kidlanishicha, futbolchi klubning moliyaviy shartlarini qabul qilishga tayyor — aynan shu shartlar ilgari yangi kelishuv imzolanishiga asosiy to‘siq bo‘lgan edi.
2025/26 yilgi mavsumda serbiyalik futbolchi yiliga taxminan 12 million yevro sof maosh olgan, «Yuventus» esa maoshni ikki barobarga qisqartirmoqchi edi.
Ayni damda Vlaxovich uchun faoliyatini davom ettirishning yagona aniq varianti — «Beshiktosh»dan tushgan taklif, biroq futbolchining o‘zi Tursiyaga ko‘chib o‘tishdan manfaatdor emas.
Vlaxovich hozirda 2026/27 yilgi mavsum boshlanishi oldidan sport formasini saqlab qolish uchun shaxsiy murabbiy qo‘l ostida individual dastur bo‘yicha shug‘ullanmoqda. Hujumchi kelasi hafta boshlanadigan «Yuventus»ning mavsumoldi tayyorgarlik jarayoniga qo‘shilishdan umidvor.
E’tiborlisi shundaki, klubni tark etganiga qaramay, Vlaxovich haligacha turinliklarning mashg‘ulotlar bazasidan o‘z narsalarini olib ketmagan.