Kirish Registrasiya

STD.UZ/PAXTAKOR

Paxtakor

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Maqsad aniq bo‘lsa, manzil bir qadam

Xabaringiz bor, bugun Toshkent vaqti bilan tunda «Paxtakor» Eronning «Persapolis» klubiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv oldidan o‘z fikr va mulohazalarim bilan o‘rtoqlashishga qaror qildim.

«Paxtakor»ning ustun tomonlari

Toshkent klubi pandemiya sababli yuzaga kelgan restardan so‘ng o‘zini yaxshi his etmoqda. Jamoada shaxsiy g‘oya va o‘yin falsafasi mavjud. To‘p nazoratiga suyangan uslub texnikasi kuchli bo‘lgan o‘zbek futbolchisiga juda mos tushmoqda. Bizning futbolchilar jismoniy kuchga tayangan vertikal futbolni namoyish etishda oqsashlari bor gap. Shuningdek, qarshi hujumga suyangan murabbiylar ham o‘zbek futbolchilari bilan hech narsaga erisha olmaganini Ektor Kuper misolida ko‘rdik. Shota Arveladze, to‘p bilan munosabatda bo‘lishni yoqtiruvchi futbolchilarimizga hujumkor futbol namoyish etishi uchun imkon yaratib berdi. Bu tahsinga sazovor. Eron klublari va hatto terma jamoasi ham urg‘uni asosan jismoniy tayyorgarlikka beradi. «Persapolis» ham bundan mustasno emas. Eron klublari orasidagi eng mashhur jamoa tarkibida terma jamoadan muntazam chaqiruv olayotgan bir nechta futbolchi to‘p surmoqda. «Paxtakor»ning to‘p bilan ko‘proq muomalada bo‘lishi bugungi uchrashuvda biz uchun g‘alaba kaliti bo‘lib xizmat qilishi mumkin, ammo buning uchun markaziy himoyachilar ehtiyot bo‘lishi lozim. Umuman olganda, himoyada bexato to‘p surish Arveladzening g‘oyasini mukammal ado etishga ko‘mak beradi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, «sherlar» raqibni ancha erta pressing bilan kutib olishmoqda. Bu omil «Istiqlol»ga qarshi uchrashuvda foydamizga ishladi. Eronlik futbolchilar yuqori texnikaga ega emasligi bois, ko‘p bor hujumga chiqishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yishdi. «Paxtakor» esa, o‘yinning katta qismini to‘pni tasarrufida ushlagancha o‘tkazdi. Agar, bugun ham jamoamiz to‘p nazoratini qo‘liga olsa, va markaziy himoyada bexato harakat qilsa g‘alaba cho‘ntakda deyavering. Sababi, raqibni erta kutib oluvchi, mayda paslarga suyanadigan zamonaviy uslubni jismoniy kuch evaziga mag‘lub etishning imkoni yo‘q. «Istiqlol» bilan hakamning qo‘pol xatosi va Suyunovning noto‘g‘ri o‘rnatgan jonli devori bo‘lmaganida, «sherlar» o‘yinni ortiqcha muammosiz o‘z foydasiga hal etgan bo‘lar edi.

«Paxtakor»ning xavotirli nuqtasi

Har qanday jamoaning kuchli va kuchsiz tomoni bo‘lishi tabiiy. Afsuski, Toshkent klubida ham og‘riqli nuqta yo‘q emas. Sezganingizdek, so‘z darvozabonlar haqida bormoqda. Zamonaviy futbolda sifatli darvozabonning qadri qay darajada baland ekanligini Yevropaning grand klublari misolida ko‘rib turibmiz. O‘z kuchiga ishongan, standartlarda sovuqqon harakat qiluvchi darvozabonlar bejizga 100 million yevroga baholanmayapti. Sababi, aynan ularning 90 daqiqani qanday o‘tkazishi tablodagi natijaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazmoqda.Achinarlisi shundaki, o‘zbek futbolida so‘nggi yillarda kuchli darvozabon taqchilligi kuzatilmoqda. To‘g‘ri, Eldor Suyunov kuchli darvozabon, ammo unda stabillik yetishmaydi. Darvozabon yarim jamoa. Bu so‘zning zamirida juda katta ma’no mavjud. Maydondagi 10 ta futbolchining mehnatini havoga uchirish yoki yuzaga olib chiqish qo‘lqop kiygan futbolchiga bog‘liq. Eldor yakkama-yakka vaziyatlarda, uzoqdan yo‘llangan zarbalarda va hatto to‘p uchun chiqishda ham benazir. Shunday bo‘lsada, so‘nggi uchrashuvlarda uning standart vaziyatlardagi xato biroz yuraklarga hadik solmoqda. Qatardagi musobaqada allaqachon ikki bor jarimadan to‘p o‘tkazib yubordik. Darvozabonlar borasida murabbiy bu masala borasida atroflicha ish olib borgan degan umiddamiz. O‘rtaga yarim final yo‘llanmasi tikilgan uchrashuvni standart evaziga boy bermaslik uchun ham bugun Suyunovning mahorati talab etiladi. Umid qilamizki, bugungi uchrashuv Eldor Suyunovning karyerasidagi eng yorqini bo‘ladi.

Muhim burulish

Arveladzening o‘yin falsafasiga ko‘ra, qanot vingerlari (Hamdamov, Masharipov) tomonidan yaratilgan vaziyatga Cheran yoki markaziy hujumchi birgina teginish orqali gol yaratishi lozim. E’tibor bergan bo‘lsangiz, «sherlar» pozision hujum chog‘ida raqib himoyasini obdon «cho‘zgach», so‘nggi pasni ijro etmoqda. Ushbu uzatmalarni golga aylantirish hujumchilarning chekiga tushgan vazifa. Toshkent klubining Qatardagi barcha o‘yinlarini ko‘rgan bo‘lsangiz, birorta bahsda vingerlarga e’tiroz bildira olmaysiz. Aynan ular zamonaviy «Paxtakor»ning hujum tempini belgilab bermoqda. Bugungi uchrashuvda ham ular raqibdan bir qada oldinda bo‘lishiga shubham yo‘q, ammo ustunlikni tabloga ko‘chirish uchun markaziy hujum effekti lozim. Bugungi bahsga Arveladze qaysi hujumchini tanlashini farqi yo‘q. Asosiysi, maydonga tushgani ikki hissa ko‘proq ter to‘kishi lozim. Sergeev, Cheran va Derdiyoklar og‘ir artilleriya sanaladi. Ularning ustun jihatlari baquvvat eronlik himoyachilarga ta’sir o‘tkazmasligi mumkin. Yakka kurashlardagi ustunlik, kichik epizodlarda g‘alaba qozonish ham yakunda g‘alaba uchun tashlangan qadam bo‘lishi mumkin. Shu bois, bugungi uchrashuvning qanday natijada yakunlashini markaziy hujumchilarning qanday sermahsullik namoyish etishiga chambarchas bog‘liq. Bir o‘yinda iborat pley-off uchrashuvlarida teng kuchli raqiblar to‘qnash kelmoqda. Bunday vaziyatda birgina gol barchasini o‘zgartirib yuborishi mumkin. O‘yinga tanlangan taktika, strategiya, futbolchilarning joylashgan o‘rni va boshqa ko‘plab omillar o‘z kuchini aynan birgina o‘tkazib yuborilgan gol sababli yo‘qotishi mumkin. «Paxtakor» asosan hujum uyushtirish maqsadida maydonga tushuvchi jamoa. Bu hujumlarning har biridan unumli foydalanish esa, markaziy hujumchilarning vazifasi. O‘yindagi eng og‘ir vazifa jamoamiz hujumchilariga tushmoqda. Umid qilamizki, jamoamiz hujum chizig‘i tunda bo‘lib o‘tadigan o‘yinda birorta imkoniyatni yo‘qqa chiqarmaydi. Sababi, qo‘ldan boy berilgan har bir imkoniyat «Paxtakor»ning zarariga ishlaydi.
Teng kuchli raqiblar to‘qnash kelsa….

Darhaqiqat, bugungi raqibimiz bilan imkoniyatlarimiz teng. Ular ham xuddi biz singari asosan mahalliy futbolchilarga suyanadi. Ular ham «Paxtakor» singari amaldagi chempion. Ular ham biz singari ushbu musobaqada vatani sha’nini himoya qilayotgan yagona klub. Umuman olganda, «Persapolis»ning biz bilan o‘xshash tomonlari juda ko‘p. Bunday teng kuchli raqiblar o‘rtasidagi bahsda ikkita faktor yuzaga kelib chiqadi. Ulardan birinchisi sovuqqonlik bo‘lsa, ikkinchisi omad. Birinchi omilni o‘zingizga bo‘ysundirishingiz mumkin, biroq omad borasida hech kim oldindan biror narsa deya olmaydi. Umid qilamizki, bugungi uchrashuvda omad to‘liqligicha «sherlar» tomonida bo‘ladi. Suvuqqonlik ko‘rsatish esa, yigitlarning o‘z qo‘lida. Oldinda turgan 90 daqiqa juda ko‘p narsani hal etadi. Alamli mag‘lubiyatlar sababli futbol tomosha qilishdan yurak oldirib qo‘ygan xalqimiz uchun, ertangi kunga ishonchni yosh muxlislarda uyg‘otish uchun, o‘zbek xalqining g‘ururi sanalgan «Paxtakor»ning “QAYTGANINI” barchaga ko‘rsatib qo‘yish uchun ham bugun 90 daqiqa sovuqqon bo‘lishingiz shart! Bu uchrashuv haqida bugun butun O‘zbekiston so‘zlamoqda. Oldingizda turgan «Persapolis» to‘sig‘idan o‘tish uchun sizda barcha imkoniyat mavjud. Shunchaki, maydonga chiqing va «jang» qiling. Shunday to‘p suringki, o‘yini qayta tomosha qilsak ham etlarimiz jimirlab ketsin. Bugungi bahs oldidan Toshkentning «Paxtakor» jamoasiga stadion.uz omad va zafarlar tilab qoladi. Maqsad aniq bo‘lsa, manzil bir qadam! Olg‘a otamning «Paxtakor»i!

Yaxyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Kiritildi: 30.09.2020 16:46. O'qildi: 4457 marta. Fikrlar: 6 ta.

Superliga

Jamoa O' O
1 Andijon 5 11
2 Neftchi 4 9
3 Lokomotiv 5 8
4 Nasaf 4 8
5 OKMK 5 8
6 So‘g‘diyona 5 8
7 Qizilqum 5 7
8 Navbahor 4 6
9 Paxtakor 4 4
10 Olimpik 4 4
11 Surxon 5 4
12 Dinamo 5 4
13 Metallurg 4 2
14 Bunyodkor 5 2

OCHL

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Al-Ayn 6 15
2 Al-Fayha 6 9
3 Paxtakor 6 7
4 Ahal 6 4

Yoshlar ligasi

Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Aral 0 0
2 Do'stlik Toshkent 0 0
3 Paxtakor 0 0
4 So‘g‘diyona 0 0

Futzal

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 9 27
2 Maksam-Chirchiq 9 22
3 Kogon 9 19
4 Bunyodkor 9 14
5 Ardus 9 13
6 Do‘stlik AIN 9 13
7 Paxtakor 9 9
8 Stroitel-Zarafshon 9 7
9 Turon-S 9 4
10 Nafis 9 3

Hamdo‘stlik kubogi

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Paxtakor 0 0
2 Spartak 0 0

O‘zbekiston superkubogi

Jamoa O' O
1 Nasaf 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 46
2 Paxtakor 20 37
3 Navbahor 20 31
4 Bunyodkor 20 27
5 Metallurg 20 19
6 Buxoro 20 10

Pro-liga

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 48
2 Dinamo 20 41
3 Qo‘qon-1912 21 41
4 Mash’al 22 38
5 Sho‘rtan 21 26
6 Aral 20 26
7 Xorazm 20 22
8 Yunired 20 18
9 Navbahor Farm 20 18
10 G‘ijduvon 20 16
11 Andijon-SGS 20 12

Liga kubogi

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Qo‘qon-1912 3 9
2 Paxtakor 3 6
3 Lokomotiv 3 3
4 Buxoro 3 0

So'nggi uchrashuv

30.03.2024. Superliga . 4-tur.
19:00
Paxtakor
2-3
So‘g‘diyona

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!
© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.