Kirish Registrasiya

STD.UZ/PAXTAKOR

Paxtakor

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

OFK muxlislar o‘rtasida OCHL-2020 uchun so‘rovnoma o‘tkazmoqda, o‘zbek futbolchilaridan kimlar ro‘yxatda bor?

pandemiyasi bo‘lishiga qaramasdan, Osiyoning top futbolchilari yanada ko‘proq hurmatga loyiq bo‘ladigan natijalarni ko‘rsatib kelishmoqda.

Shu sababli the-AFC.COM sizni 2020 yildagi OCHLning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun o‘tkazayotgan so‘rovnomada ishtirok etishga taklif qiladi. 24 yanvargacha davom etadigan so‘rovnomada muxlislar tomonidan 60%li ovoz yig‘gan futbolchi g‘olib deb e’lon qilinadi.

O‘zgacha tarzda bo‘lib o‘tgan mavsumning asosiy qismida, Osiyoning elita klublari Doha shaxrida bo‘lib o‘tadigan final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun qizg‘in kurash olib borishdi. Lekin aynan kim Osiyo futbol muxlislari nigohida yaqqol ajralib turdi? Quyida ko‘rsatilgan 15 ta nomzodni o‘rganib chiqing va eng ma’qul kelgan futbolchiga ovoz bering.

Junior Negrao – “Ulsan Xyonde” (Janubiy Koreya)
Guruh bosqichida 5ta va finaldagi 2 goli bilan turnirda jami 7 ta to‘p kiritgan braziliyalik hujumchi Junior. Jamoasining Dohada ulkan g‘alabani nishonlashi uchun o‘zining unutilmas hissasini qo‘shdi. 34 yoshlik forvard barcha musobaqalarda raqiblar darvozasiga 35 ta gol kiritib ajoyib mavsumni o‘tkazdi. U, shuningdek, rekord qayd etish orqali Osiyo futbol tarixida o‘z nomini yozdirib qo‘ydi.

Sulton al-G‘annam – “An-Nassr” (Saudiya Arabistoni)
“An-Nassr futbolchisi, shubhasiz, musobaqaning eng yaxshilaridan biri bo‘ldi. Sultonning ishonchli harakatlari jamoasining finalgacha yetib borishida muhum rol o‘ynadi. Chempionat davomida mustahkam himoyasi va hujumdagi 4 goldan kam bo‘lmagan yaratuvchanligi tufayli Al-G‘annam maydonning oldi va orqa tomonida bir xil darajada o‘ynay oladigan futbolchilardan biri edi.

Jaloliddin Masharipov – “Paxtakor” (O‘zbekiston)
Jaloliddin Masharipov 2009 yildan beri ilk marotaba chorak finalgacha yetib kela olgan O‘zbekiston chempioni “Paxtakor” tarkibida hujumkor va yaratuvchanligi bilan o‘zini ko‘rsata oldi. U fevral oyida bo‘lib o‘tgan Dubayning “Shabab Al Ahli” klubiga qarshi uchrashuvda kiritgan takrorlanmas goli bilan ajoib mavsumni boshlab olgan edi. Masharipov garchand chorak finalda qizil kartochka bilan siylanishiga qaramasdan “Paxtakor”ning bu mavsumdagi haqiqiy yulduziga aylana oldi.

Shojaiy Xalilzoda – “Persepolis” (Eron)
O‘z hisobiga 2 gol yozdirib qo‘ygan “Persepolis”ning asosiy tayanch yarim himoyachisi Xalilzoda turnirning eng namunali futbolchilaridan bir bo‘la oldi. U garchand ochilish uchrashuvida maydonga tushmagan bo‘lsada, Tehron klubiga 6 ta uchrashuvda ajoib o‘yinlari bilan yordam bera oldi.

Oktyabr oyida Shojaiy Qatar Yulduzlar Ligasining “Ar-Rayyan jamoasiga ko‘chib o‘tdi va dekabrdagi finalda eronliklarga yordam bera olmadi.

Kim Min-U – “Suvon Samsung Blyuingz” (Janubiy Koreya)
Mavqeini anchagina yo‘qotib qo‘ygan «Suvon Samsung” klubining yarim finalgacha yetib kelishi turnirning hayratlanarli natijalaridan biri bo‘ldi. 30 yoshli yarim himoyachi Kim Min-U esa barcha ijobiy jihatlari bilan ko‘pchilikning mehrini qozona oldi.

Bashar Resan – “Persepolis” (Eron)
“Persepolis”ning 3 yilda 2 marta finalgacha yetib kelishida katta hissa qo‘shgan yana bir kalit futbolchi bu — Iroq terma jamoasi a’zosi Bashar Resandir.
Bashar “At-Tavun”ga qarshi kechgan uchrashuvda raqib darvozasini aniq ishg‘ol etib, o‘z hisobiga assist ham yozdirib qo‘ya oldi. 24 yoshli futbolchi “Qatar SK” klubiga o‘tib ketishidan oldin Osiyo yulduziga aylanib borayotgan edi.

Byorn Yonsen – “Ulsan Xyonde” (Janubiy Koreya)
Supper zaxira futbolchisi deb nom olgan Byorn Yonsen “Ulsan Xyonde”ning muvaffaqqiyati uchun munosib hissa qo‘sha oldi. U turnir davomida jami 5 ta gol ura olgani va hammasini zaxiradan tushib amalga oshirgani taqsinga loyiq. Yonsen OCHL kubogini qo‘lga kiritgan birinchi norvegiyalik futbolchiga aylandi.

Jonatan Viyeyra – “Beyszing” (Xitoy)
Garchand Osiyo Chempionlar Ligasidagi yurishini yarim finalda yakunlagan bo‘lsada, 2020 yilgi mavsum “Beyszing” uchun bir qator klub rekodlari va Jonatan Viyeyraning individual harakatlari bilan omadli keldi. Ispan hujumkor yarim himoyachisi boshqa futbolchiga qaraganda ko‘proq imkoniyatlarni yarata oldi, shuningdek, u turnirni 2 gol va 4ta assist bilan yakunladi.

Andres Inyesta – “Vissel Kobe” (Yaponiya)
Agar nomzodlar orasida ortiqcha izoh talab qilmaydigan futbolchi bor bo‘lsa, u albatta 2010 yilgi Jahon chempioni Andres Inyesta bo‘ladi. Ispaniyalik futbolchi “Guangjou Evergrand” hamda “Shangxay SIPG” klublariga qarshi kechgan uchrashuvlarda o‘zining betakror texnikasi va ajoyib qobiliyati, shuningdek chiroyli gollari bilan boshqalardan ajralib tura oldi. Lekin 36 yoshli futbolchi jarohat sababli yapon jamoasiga keyingi uchrashuvlarda yordam bera olmadi.

Yun Bit-Garam – “Ulsan Xyonde” (Janubiy Koreya)
Turnir rasmiylarining fikriga ko‘ra, Yun davomiy futbol namoyish eta oladigan va yaxshi individual harakatga ega bo‘lgan futbolchi deb topildi. U Chempionlar Ligasida 500dan ortiq to‘p uzatishlarni amalga oshirgan va ularning 90 foizi aniq bo‘lgan. Yun nafaqat champion sifatida, balki turnirning eng yaxshi yetakchisi sifatida ham tilga olinadi.

Abdulrazzoh Hamdulloh – “An-Nassr” (Saudiya Arabistoni)
“An-Nassr” chempionatdagi ishtirokini erta yakunlagan bo‘lsada, Abdulrazzoh yakunda “oltin butsa” egasiga aylandi. Yetti uchrashuvda yetti gol ura olish har qanday holatda ham qoyilmaqom natija. Lekin jamoasining erta turnirdan chiqib ketishi marokashlik yulduzning natijasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Renata Augusto – “Beyszing” (Xitoy)
2016 yilgi Olimpiada oltin medali sohibi, brazilyalik futbolchi Renato Augusto “Seul” klubiga qarshi kechgan uchrashuvda akrobatik tarzda super gol uradi. U turnir davomida 2ta to‘p muallifiga aylangan.

Xamid Lak – “Persepolis” (Eron)
“Persepolis”ning yaxshi natijalar ko‘rsatishida va quruq o‘yinlar o‘tkazishida himoyachilarga qaraganda darvozabon Hamid Lakning hissasi kattaroq bo‘ldi. Sentyabr oyida klubga qo‘shilgan Hamid ortda qolgan 8 uchrashuvda 4 ta gol o‘tkazib yubordi, xolos. O‘sha gollarning 3 tasi penaltidan urilganini inobatga olsak, darvozabonning qanday salohiyatga ega ekanligini tasavvur qilish qiyin emas .

Kyogo Furuxashi – “Vissel Kobe” (Yaponiya)
Chempionlar Ligasining yorqin yulduzi sifatida Andres Inyesta kirib kelgan edi, lekin muxlislar Inyesta jamoadoshi Kyogoning harakatlari “Barcelona” yulduzidan kam emasligini guvohiga aylanishdi. Vinger debyutant jamoaning so‘ngi daqiqalargacha borini berib xarakat qilishi uchun energiyasi, qobiliyati va gollari bilan yordam bera oldi.

Jo Su-Xuk – “Ulsan Xyonde” (Janubiy Koreya)
“Ulsan” darvozaboni Jo Su-Xuk 2020 yilgi mavsumda bo‘lib o‘tgan K-liganing birorta ham uchrashuvida maydonga tushmadi. Lekin 33 yoshli darvozabon Doha shaxrida asosiy darvozabonning o‘rnini bildirmaslikni uddaladi.

P.S. OFK rasmiy saytiga o‘tib, maqola ostiga joylashtirilgan so‘rovnoma orqali Jaloliddin Masharipovga ovoz berishingiz mumkin.

Kiritildi: 14.01.2021 12:11. O'qildi: 3821 marta. Fikrlar: 0 ta.

Superliga

Jamoa O' O
1 Andijon 5 11
2 Neftchi 4 9
3 Lokomotiv 5 8
4 Nasaf 4 8
5 OKMK 5 8
6 So‘g‘diyona 5 8
7 Qizilqum 5 7
8 Navbahor 4 6
9 Paxtakor 4 4
10 Olimpik 4 4
11 Surxon 5 4
12 Dinamo 5 4
13 Metallurg 4 2
14 Bunyodkor 5 2

OCHL

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Al-Ayn 6 15
2 Al-Fayha 6 9
3 Paxtakor 6 7
4 Ahal 6 4

Yoshlar ligasi

Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Aral 0 0
2 Do'stlik Toshkent 0 0
3 Paxtakor 0 0
4 So‘g‘diyona 0 0

Futzal

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 9 27
2 Maksam-Chirchiq 9 22
3 Kogon 9 19
4 Bunyodkor 9 14
5 Ardus 9 13
6 Do‘stlik AIN 9 13
7 Paxtakor 9 9
8 Stroitel-Zarafshon 9 7
9 Turon-S 9 4
10 Nafis 9 3

Hamdo‘stlik kubogi

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Paxtakor 0 0
2 Spartak 0 0

O‘zbekiston superkubogi

Jamoa O' O
1 Nasaf 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 46
2 Paxtakor 20 37
3 Navbahor 20 31
4 Bunyodkor 20 27
5 Metallurg 20 19
6 Buxoro 20 10

Pro-liga

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 48
2 Dinamo 20 41
3 Qo‘qon-1912 21 41
4 Mash’al 22 38
5 Sho‘rtan 21 26
6 Aral 20 26
7 Xorazm 20 22
8 Yunired 20 18
9 Navbahor Farm 20 18
10 G‘ijduvon 20 16
11 Andijon-SGS 20 12

Liga kubogi

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Qo‘qon-1912 3 9
2 Paxtakor 3 6
3 Lokomotiv 3 3
4 Buxoro 3 0

So'nggi uchrashuv

30.03.2024. Superliga . 4-tur.
19:00
Paxtakor
2-3
So‘g‘diyona

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!
© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.