Kirish Registrasiya

STD.UZ/PAXTAKOR

Paxtakor

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Hojimat Erkinov: «Mendan futbolchi chiqmasligini ro‘y-rost aytishgandi...»

90minutuz podkastida mehmon bo‘lgan O‘zbekiston milliy jamoasi va «Paxtakor» klubi vingeri Hojimat Erkinov o‘zining faoliyat yo‘liga to‘xtalib, ba’zi qiziqarli holatlarni tilga oldi. Deylik, aytishicha, vaqtida undan futbolchi chiqmasligini ro‘y-rost aytgan ekanlar bo‘yi pastligi tufayli.

*** 

Podkast mualliflari bo‘yga qarab xulosa chiqarish oqibatida ko‘plab yaxshi futbolchilar kelajagiga bolta urilayotganini ta’kidlab, Hojimat Erkinovdan bu boradagi fikrlarini so‘rashdi: «Ha, bo‘y masalasida menga nisbatan ham past baho berish, noto‘g‘ri fikr­lar yangragan. «Paxtakor» o‘rinbosarlari safida o‘ynaganimda, Shota Arveladzega assistentlik qilgan o‘zimizning murabbiy yoshlar ligasi o‘yinlarini kuzatish asnosida o‘zini ko‘rsatgan futbolchilarni asosiy jamoaga tavsiya etardi. Men esa o‘sha vaqt hech qachon nazarga tushmaganman. Faqat Qo‘qon va Olmaliqda o‘ynaganimdan keyingina «Paxtakor» asosiy tarkibiga kirganman. Ungacha boshlang‘ich tarkibga biror marta jalb etilmaganman. «Bundan futbolchi chiqmaydi, bo‘yi past», - deyishgan hatto. Ayrim murabbiylarda shunday yondashuv bor. Buni o‘sha vaqt bilganman. Lekin bo‘y masalasida futbolchining pozisiya­sini ham hisobga olish kerak. Deylik, darvozabon, markaziy himoyachi yoki tayanch yarim himoya­chisi bo‘lsa, bo‘y muhim o‘rin tutishi mumkin».

Hojimat Erkinov podkast mualliflari bilan suhbatda Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi OKMKda o‘ynagan davrini ham esladi. «Mirjalol aka - juda qattiqqo‘l murabbiy. Jamoadagi birinchi o‘yinim Jizzaxda «So‘g‘diyona»ga qarshi kechgan va 1ta assist muallifiga aylanganman. Shundan so‘ng menga muntazam o‘yin amaliyoti bera boshlashdi. Keyingi bahsda «Bunyodkor» darvozasiga gol urgandim. Mirjalol akadan minnnatdorman. Meni ko‘p marta qo‘llab-quvvatlab, o‘yin amaliyoti bergandi. Aynan OKMKda muxlislarga tanilganman - bu faoliyatimdagi burilish davri. Qisqasi, Mirjalol Qosimov qo‘l ostida futbolchi sifatida o‘sishga erishganman. O‘sha payt Olmaliqda ko‘plab tajribali futbolchilar yig‘ilishgandi, ular bilan ishlash orqali kattalar darajasiga moslashganman», - dedi Erkinov.

90minutuz podkasti mualliflari 24 yoshli futbolchiga AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan JCH-2026 guruh bosqichida milliy jamoamiz qaysi termalar bilan bir guruhdan joy olishini xohlashi haqida ham savol berishdi. E’tiborlisi, Hojimat bunga javoban jahonning eng kuchli jamoalarini tilga oldi: «O‘zim istagan jamoalarni aytaveraymi? Faqat eng kuchli termalarga qarshi o‘ynashimizni xohlayman - Braziliya, Ispaniya, Portugaliya... Lekin mayli, eng kuchsizlari tushaversin. Zero, turnirda uzoqroqqa borishimiz kerak. Shunda o‘z-o‘zidan kuchliroq jamoalar bilan o‘ynash ham nasib etadi...».

90minutuz podkastida mehmon bo‘lgan «Bunyodkor»ning tajribali hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov esa o‘zbek futbolida qaysi goleadorlardan o‘rnak olgani haqida gapirib berdi: «Gol uradigan barcha hujumchilarni yoqtirardim. Masalan, bosh bilan yaxshi o‘ynaydigan Zafar Xolmurodov, nostandart qarorlar qabul qiladigan Aleksandr Geynrix, chaqqon Anvar Berdiyev. Ayniqsa, Xolmurodovning bosh bilan o‘ynash mahoratiga havas qilganman. Masalan, Geynrix bunday o‘ynolmasdi. U dribling bilan o‘ynashga moyil edi. Anvar Berdiyev esa zo‘r zarbalari bilan ajralib turardi. Yana Zayniddin Tojiyevni aytishim kerak, baquvvat hujumchi, himoyachilarni bemalol aldab o‘tardi. Farhod Tojiyev ham ko‘p gol urardi, Ilhom Mo‘minjonov esa «Quruvchi»da avjiga chiqqandi».

Kiritildi: 17.11.2025 23:51. O'qildi: 1117 marta. Fikrlar: 0 ta.

Superliga

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Paxtakor 29 59
3 Nasaf 29 58
4 Dinamo 28 56
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 29 45
7 Navbahor 28 38
8 So‘g‘diyona 28 37
9 Qizilqum 28 35
10 Surxon 29 32
11 Qo‘qon-1912 28 30
12 Andijon 28 29
13 Mash’al 28 29
14 Buxoro 29 27
15 Xorazm 28 24
16 Sho‘rtan 29 16

Elit OCHL

- Guruhi

Jamoa O' O

Yoshlar ligasi

Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

Futzal

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 9 27
2 Maksam-Chirchiq 9 22
3 Kogon 9 19
4 Bunyodkor 9 14
5 Ardus 9 13
6 Do‘stlik AIN 9 13
7 Paxtakor 9 9
8 Stroitel-Zarafshon 9 7
9 Turon-S 9 4
10 Nafis 9 3

Hamdo‘stlik kubogi

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Paxtakor 0 0
2 Spartak 0 0

O‘zbekiston superkubogi

Jamoa O' O
1 Nasaf 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 46
2 Paxtakor 20 37
3 Navbahor 20 31
4 Bunyodkor 20 27
5 Metallurg 20 19
6 Buxoro 20 10

Pro-liga

Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Qo‘qon-1912 3 9
2 Paxtakor 3 6
3 Lokomotiv 3 3
4 Buxoro 3 0

So'nggi uchrashuv

20.11.2025. Superliga . 29-tur.
18:15
Paxtakor
1-0
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!
© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.