Kirish Registrasiya

STD.UZ/PAXTAKOR

Paxtakor

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

«Navbahor» – «Paxtakor»: o‘zaro uchrashuvlar tarixi va muhim raqamlar

O‘zbekiston Superligasi–2025ning so‘nggi, 30-turidan o‘rin olgan bahsda «Navbahor» o‘z maydonida «Paxtakor» (Toshkent)ni qabul qiladi.

Superliga (oliy liga)mizning muntazam ishtirokchisi bo‘lgan mazkur klublarning o‘zaro uchrashuvlari tarixi­ga nazar tashlaydigan bo‘lsak, jamoalar shu kungacha 69 marta o‘zaro ro‘baro‘ kelishgan.

O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik poytaxtliklar tarafida. O‘tkazilgan bahslarning 42 tasida «sherlar» zafar quchishgan bo‘lsa, 14 ta o‘yinda «lochinlar» g‘alaba qozonishgan, 13 ta uchrashuvda esadurang qayd etilgan.

«Paxtakor» «Navbahor» darvozasiga 113 ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 56 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

O‘zaro o‘yinlarda «sherlar» 139, «lochinlar» esa 55 ochko­ni qo‘lga kiritishgan.

Ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixida qayd etilgan eng yirik hisob — 7:0. Mazkur hisob 2009-yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etilib, unda poytaxtliklar zafar quchishgandi.

«Navbahor»ning esa «Paxtakor» ustidan qozongan yirik hisobdagi g‘alabasi 2024-yili Namanganda qayd etilgan bo‘lib, unda jamoamiz 5:2 hisobida zafar quchgandi.

Ushbu klublar shu kungacha Namanganda 34 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, mazkur bahslarning 13 tasida «lochinlar» g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 14 tasida toshkentliklar zafar quchishgan, 7 ta o‘yinda esa durang qayd etilgan.

«Navbahor» o‘z maydonidagi o‘yinlarda «Paxtakor» darvozasiga 36 ta gol urib, o‘z darvozasidan 41 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Mazkur jamoalarning birinchi davrada Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsida mezbonlar Javino Flamarion (22) va Igor Sergeev (65) larning gollari evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qo‘lga kiritishgandi.

Eslatib o‘tamiz, «Navbahor» – «Paxtakor» bellashuvi 29 noyabr kuni Namangandagi «Markaziy» stadionida soat 15:00 da start oladi.

«Navbahor» PFK matbuot xizmati.

Kiritildi: 27.11.2025 21:57. O'qildi: 758 marta. Fikrlar: 0 ta.

Superliga

Jamoa O' O
1 Neftchi 29 64
2 Paxtakor 29 59
3 Nasaf 29 58
4 Dinamo 29 57
5 Bunyodkor 29 49
6 OKMK 29 45
7 Navbahor 29 39
8 So‘g‘diyona 29 37
9 Qizilqum 29 35
10 Surxon 29 32
11 Andijon 29 32
12 Qo‘qon-1912 29 31
13 Mash’al 29 30
14 Buxoro 29 27
15 Xorazm 29 24
16 Sho‘rtan 29 16

Elit OCHL

- Guruhi

Jamoa O' O

Yoshlar ligasi

Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

Futzal

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 9 27
2 Maksam-Chirchiq 9 22
3 Kogon 9 19
4 Bunyodkor 9 14
5 Ardus 9 13
6 Do‘stlik AIN 9 13
7 Paxtakor 9 9
8 Stroitel-Zarafshon 9 7
9 Turon-S 9 4
10 Nafis 9 3

Hamdo‘stlik kubogi

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Paxtakor 0 0
2 Spartak 0 0

O‘zbekiston superkubogi

Jamoa O' O
1 Nasaf 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 46
2 Paxtakor 20 37
3 Navbahor 20 31
4 Bunyodkor 20 27
5 Metallurg 20 19
6 Buxoro 20 10

Pro-liga

Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Qo‘qon-1912 3 9
2 Paxtakor 3 6
3 Lokomotiv 3 3
4 Buxoro 3 0

So'nggi uchrashuv

20.11.2025. Superliga . 29-tur.
18:15
Paxtakor
1-0
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

29.11.2025. Superliga . 30-tur.
15:00
Navbahor
-:-
Paxtakor
© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.