Kirish Registrasiya

STD.UZ/REAL

Real Madrid

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

«Real Madrid»da to‘p surish «hammaga» emas!

O‘tgan mavsumda «qirollik klubi» jamoani kuchaytirish maqsadida transferlar uchun 303 million yevro sarf etdi. Afsuski, jamoaning barcha transferi ham nishonga borib tegmadi. Bugun «qaymoqranglilar»ning mavsum oldi transfer kompaniyasi qanday naf bergani haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Ferlan Mendi –nishonga tekkanyagona o‘q

Fransiyalik chap qanot himoyachisi 2019-yilda sotib oliganlar orasida asosiy tarkibga kirishni uddalagan yagona futbolchi bo‘lib turibdi. Katta ehtimol bilan shunday bo‘lib qolsa ham kerak. «Lion»dan 48 million yevroga sotib olingan himoyachi jamoaga kelishi bilan Marseloni «kurashga» chorladi. Qahramonimizning ishonchli o‘yini sababli Marselo chetga chiqishdan boshqa chora topa olgani yo‘q. To‘g‘ri, braziliyalik futbolchi Ferlandan ko‘proq o‘yin o‘tkazdi,biroq Zidan jamoasi o‘z formasini tiklagan chog‘ida Ferlan Marseloni asosiy tarkibdan chiqarib yubordi. Barcha musobaqalarda 22 ta uchrashuv o‘tkazgan.

Eden Azar – 100 millionlik yumshoq o‘yinchoq

Eden «Real»ga o‘tishni juda va juda orzu qilgan edi...Orzusi ro‘yobga chiqqach, o‘zi ustida ishlashdan to‘xtadi-qo‘ydi. Ta’tilni buvisinikida o‘tkazgandek «qirollik klubi» tarkibiga qo‘shilgan futbolchi sport formasi sababli tanqid qilingan edi. Keyin jarohatlar boshlanib ketdi. Yangi Ronaldu bo‘lishi tahmin qilingan belgiyalik yangi jamoasi safida atigi 15 ta uchrashuv o‘tkazdi va bor yo‘g‘i bir bor darvozani ishg‘ol qildi. Buni futbolchining o‘zi ham so‘nggi intervyusida tan oldi: «Mening Madriddagi birinchi mavsumim juda yoqimsiz tus oldi, biroq vaziyatni keskinlashtirishga shoshilmang! Bu shunchaki adaptasiya mavsumi bo‘ldi xolos. Mening harakatlarimga ikkinchi mavsumga qarab baho bering. Mening endigi vazifam kelasi mavsumga ko‘tarinki kayfiyatda va sport formada yetib kelish. «Real» yaxshi jamoa. Men yangi insonlar bilan tanishib oldim. Oldinda bizni 4 yil kutib turibdi. Umid qilamanki, shartnomadagi qolgan mavsumlarni yuqori saviyada o‘tkazaman».

Luka Yovich – Benzemaning omadsiz «dublyori»

Eden Azarniku jarohatlar pastga tortib qoldi. Luka Yovichni-chi? Vaholanki, serbiyalik futbolchiga Zidan o‘zini ko‘rsatish uchun yetarlicha imkoniyat yaratib berdi. «Ayntraxt» safida bir mavsumda 27 ta gol kiritgan Yovich haqli ravishda «Real Madrid»ga (60 million yevro evaziga) keldi. Markaziy hujumchi bo‘lishiga qaramay, Yovich Madrid jamoasi safida atigi 770 daqiqa harakat qildi. O‘ylashimcha, qo‘shimcha qilishga ham hojat yo‘q!

Eder Militao – Ramos va Varanning kichkina ukasi

«Real Madrid» tez orada katta sahnadan tushib ketishi kutilgan Serxio Ramosning o‘rnini bosishi ko‘zda tutilgan Eder Militaoga alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Militaoga Zidan yetarlicha o‘yin amaliyotini taqdim etdi. Klub «Portu»ga himoyachi uchun 50 million yevro to‘labberganiga qaramay, Eder kerakli pallada Varan va Ramosga raqobat hosil qila olmadi. Ochig‘ini aytganda, uning mahorati«Real Madrid» darajasida emasligini darrov sezilib qoldi. «Real Madrid» mag‘lub bo‘lgan 6 ta uchrashuvning 4 tasida Eder Militao tarkibda edi. Achinarlisi shundaki, himoyachi mavsum davomida bir necha bor qo‘pol xato qilishga ham ulgurdi. 50 million yevro himoyachi uchun yarashmaydigan holat. Shunday emasmi?

Rodrigo – faqat raqobatda g‘olib chiqish uchun sotib olingan futbolchi

Rodrigo jamoa qiyin pallada qolganida yordam berishga harakat qildi. To‘g‘ri, u «Galatasaroy»ga qarshi uchrashuvda xet-trik qayd etdi, biroq keyinchalik asosiy tarkibdagi o‘rnini Vinisiusga boy berishni boshladi. Yakunda, yana bir braziliyalik iqtidor egasi zaxiradan joy oldi qo‘ydi. Aslida, Vinisiusdek yosh iqtidor egasi bor jamoaga Rodrigoning transferi nima uchun kerak edi? Uning transferi kelajakni o‘ylagan holda amalga oshirilgan shekilli?

Xames Rodriges – Ortga nega qaytganini o‘zi ham bilmaydigan futbolchi

Aslida Xamesning Zidan bilan munosabatlari ko‘ngildagidek emas edi. Aynan shu vaj yuzasidan kolumbiyalik futbolchi Myunxenda ikki yil qolib ketdi. «Bavariya» uni sotib olmagach, Xames barchasini qayta ishga tushirish maqsadida ortga qaytdi. Xamesning Myunxendagi omadli mavsumlaridan so‘ng, yaxshigina pulga sotib yuborish o‘rniga «Real Madrid» uni zaxiraga o‘tkazish uchun ortga qaytardi. Kichik jarohatlar va omadsiz uchrashuvlardan so‘ng, Xames ham taqdirga tan berdi shekilli, asosiy tarkibga kirish uchun harakat ham qilmay qo‘ydi. Katta ehtimol bilan u ham jamoani erkin agent sifatida tark etadigan ko‘rinadi. Xames «qirollik klubi» uchun chinakam boshqotirmaga aylanib bo‘ldi.

Alfonso Areola – vaziyat qurboni

O‘tgan mavsumda «Real Madrid» darvoza chizig‘ida Navas va Kurtua dahshatli raqobatni hosil qildi. Bir qozonda ikkita qo‘chqorning kallasi qaynamagani uchun Madrid klubi belgiyalik darvozabonni olib qolishga qaror qildi. Navas Parijga ketgach, “PSJ”Areolani bir mavsumga ijara asosida Madridga jo‘natdi. Afsuski, Areolaga imkon berilguniga qadar, Tibo o‘zining sport formasini tiklab oldi. Endi «Real Madrid»ga kuchli ikkinchi darvozabonning deyarli keragi yo‘q desak, adashmagan bo‘lamiz.

Ya . U

Kiritildi: 28.03.2020 03:00. O'qildi: 7441 marta. Fikrlar: 0 ta.

La-liga

Jamoa O' O
1 Real Madrid 29 72
2 Barselona 29 64
3 Jirona 29 62
4 Atletik Bilbao 29 56
5 Atletiko 29 55
6 Real Sosyedad 29 46
7 Betis 29 42
8 Valensiya 28 40
9 Vilyarreal 29 38
10 Xetafe 29 38
11 Las-Palmas 29 37
12 Osasuna 29 36
13 Alaves 29 32
14 Malyorka 29 30
15 Rayo Valyekano 29 29
16 Sevilya 29 28
17 Selta 29 27
18 Kadis 29 22
19 Granada 28 14
20 Almeriya 29 13

ECHL

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Real Madrid 6 16
2 Napoli 6 7
3 Braga 6 4
4 Union Berlin 6 2

Klublar o‘rtasida JCh

Nimchorak final
12.12.2023
23:00 Al-Ittihod
3:0
Oklend Siti
Chorak final
15.12.2023
19:30 Leon
0:1
Urava Reds
23:00 Al-Ahli
1:3
Al-Ittihod
Yarim final
18.12.2023
23:00 Fluminense
2:0
Al-Ahli
19.12.2023
23:00 Manchester Siti
3:0
Urava Reds
3-urin uchun
22.12.2023
19:30 Al-Ahli
-:-
Urava Reds
Final
22.12.2023
23:00 Fluminense
-:-
Manchester Siti

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenhem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

UYEFA Superkubogi

Jamoa O' O
1 Bavariya 1 3
2 Sevilya 1 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

16.03.2024. La-liga . 29-tur.
20:15
Osasuna
2-4
Real Madrid

Navbatdagi uchrashuv

01.04.2024. La-liga . 30-tur.
00:00
Real Madrid
-:-
Atletik Bilbao

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.