Kirish Registrasiya

STD.UZ/REAL

Real Madrid

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Killian arzimagan pul evaziga ketadimi? «Liverpul» va «Real» kurashni boshlab yubordi!

Stadion.uz katta ehtimol bilan kelasi mavsumda amalga oshishi mumkin bo‘lgan transfer haqida fikr almashadi.

Mbappe allaqachon dunyoning eng katta maosh oluvchi 4-futbolchisiga aylanib ulgurdi. «Lʼequipe» nashrining ma’lum qilishicha, 21 yoshli futbolchi yiliga 23,6 million yevro maosh olmoqda. Bundan tashqari, turli reklama homiyliklar unga qo‘shimcha 11,8 million yevro daromad keltiradi. Undan ko‘proq maosh olish borasida Messi, Ronaldu va Neymargina maqtana oladi. Shunday bo‘lsada,futbolchining agenti sanalgan otasi boshqa klublar bilan muzokaralar olib borishda davom etmoqda.

E’tiborlisi shundaki, Parij klubi o‘z futbolchisini sira xafa qilmayapti. Gap shundaki, maosh borasida Salah, Pogba, Levandoski va Grizmanlar Killiandan ortda qolishmoqda. Qahramonimiz reklama va turli homiylik shartnomalari evaziga 11,8 million yevro foyda ko‘rmoqda. Agar Mbappe APL yoki «La Liga» singari auditoriyasi kattaroq chempionatga o‘tsa, bu summa o‘n barobar oshib ketishi mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Mbappening homiylar bilan ishlari juda yaxshi ketmoqda. Hatto APLning yuziga aylangan Salah ham Killian singari reklama roliklarida faol emas. Vaholanki, Salah Yevropa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi. APL oltin medallarini qo‘lga kiritdi. «Liverpul»dek butun dunyoda muxlislar armiyasiga ega jamoa to‘p surishiga qaramay, Salah reklama va homiylik bobida Killiandan ortda qolmoqda. Killian ham Messi va Ronalduning darajasiga ko‘tarilishi uchun APL yoki «La Liga»da ko‘rinish berishi lozim.

Pul haqida so‘z ochilgan ekan,keling Killianning transferi haqida so‘zlashamiz. Killianning PSJ jamoasini tark etishi g‘alati ko‘rinishi mumkin, ammo bu bugun yoki ertaga sodir bo‘lishi aniq bo‘lgan voqea. Mbappe yosh, iqtidorli, sovrindor, kelajagi porloq, hech qanday janjallarga aralashib qolmagan, jismonan baquvvat, mashg‘ulotlarda faol va hatto shaxsiy hayoti ham ko‘ngildagidek futbolchi. Bunday universal futbolchini qo‘lga kiritish uchun esa, istalgan klubning qo‘lidan kelavermaydi. Ayni damda, Zidan uning ijtimoiy tarmoqlarini kuzatib borayotgan bo‘lsa, Klopp vaqti kelib uning «Liverpul» tarkibiga qo‘shilishi haqida so‘zlamoqda.

Killianning boshqa jamoaga o‘tishi katta moliyaviy voqea bo‘lishi kutilayotgan edi, ammo vaziyat endi o‘zgarib ketmoqda. PSJ egallari, Killianni saqlab qolishga qodir. Ular mavsum so‘nggida, 21 yoshli futbolchiga yiliga 50 million yevro maosh ko‘rsatilgan 5 yillik shartnoma taklif qilsa, hayron bo‘lmang. Shunday bo‘lsada, Kilian vaqt uning zararga ishlayotganini yaxshi sezib turibdi. Shu sababli, yangi shartnoma imzolanmasa kerak. Mbappening daromadi uni to‘liq qanoatlantiradi, ammo «oltin to‘p» uchun «Liga 1»ning oltin medallari kamlik qiladi. YECHLda zafar quchish esa, hali-beri imkonsizdek tuyulmoqda.

Bu mavsum yakunida, FIFA futbol olami pandemiya sababli 14 milliard dollar zarar ko‘rganini rasman e’lon qildi. Shu sababli, klublar katta transferga qo‘l urishga qodir emas. To‘g‘ri, Abramovich 220 million yevro sarf etishga muvaffaq bo‘ldi, biroq undan boshqa hech kim og‘ir vaziyatda transferlarga suyanishni istamadi. «Liverpul» Jotani qo‘lga kiritish uchun g‘alati transfer kombinasiyasini o‘ylab topgan bo‘lsa, «Real» umuman sukut saqladi. Bunaqasi so‘nggi 10 yil ichida ilk bor kuzatilmoqda. Madrid klubi vaziyatni kuzatishga qaror qildi. Beyl Londonga yuborilgach, jamoa yosh futbolchilarga o‘yin amaliyoti taqdim etishni afzal ko‘rishi aniq. Umuman olganda, «Real Madrid»da Kilianning transferi uchun mablag‘ yo‘q deb bo‘lmaydi. Shunchaki, Zizu Kilianni yana biroz kuzatishga qaror qildi. Sababi, uni bu mavsum qo‘lga kiritish uchun 200 million sarf etish lozim. Boz ustiga, Kilianni yana bir bor katta uchrashuvlardagi mahoratini tekshirib ko‘rish zarar qilmaydi. Ahir, YECHL finalida yorqin o‘yin ko‘rsata olmagan futbolchi bilan shartnoma imzolashdan nima naf?! Eng muhim omil esa, klubda vingerlar taqchilligi yo‘q. Beyl ketgan bo‘lsa, uning o‘rnini braziliyalik yoshlar bemalol to‘ldirishga qodir.

 

Kilian PSJ bilan 2022 yilga qadar shartnomaga ega, ammo mahalliy nashrlari shartnomaga yangi band kiritilgani haqida ma’lum qilmoqda. Unga ko‘ra, kelasi mavsumda hujumchi uchun 100 million yevro sarf etgan klub uni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Aynan shu band sababli, Mbappe uchun xaridorlar ko‘payib ketdi. Endilikda, «Yuventus», «Manchester Siti», «Liverpul» va «Manchester Yunayted» ham 100 million yevrolik taklif bilan chiqishga tayyor. Ushbu klublar allaqachon Kilianing otasi bilan aloqaga chiqqan bo‘lsa, ajab emas. 30 yoshni urib qo‘ygan Azar uchun 160 million sarf etgan «Real» Mbappe uchun 100 millionni ayamasligi aniq.

Ayni damda, yosh futbolchini transfermarket portali 160-180 millionga baholamoqda. Pandemiya sababli transfer summasida ham keskin pasayish kuzatilgan paytda ham qahramonimiz o‘z statusini saqlab qolmoqda. Xo‘sh, Mbappe uchun «Real» moliyaviy mos shartnoma taklif eta oladimi? Albatta, biroq kelasi mavsumda. Sababi, agar hozir bu transfer 280 millionga aylansa, 12 oydan so‘ng bu summa 100 millionga qadar kamayishi turgan gap. Bir qarashda Mbappe bir oyog‘i bilan «Real»da, ammo «qirollik klubi»ning ham futbolchi uchun kurashda teng imkoniyatli raqibi mavjud.

«Liverpul» nafaqat 100 million, balki Kilian uchun juda muhim bo‘lgan boshqa omillarni o‘zi jam qilgan variantga aylanishi mumkin.

Ayni damda, «Real Madrid» jamoasi Karim Benzemaga suyangan holda hujum tashkil etmoqda. Agar kelasi mavsumda Mbappe «qirollik klubi» bilan shartnoma imzolasa, undan Zidan qaysi pozisiyani berkitishi talab qiladi? Qahramonimiz markaziy hujumchiga aylanib bo‘ldi. Benzemadan ajoyib vinger chiqishiga ishonish mushkul. «Liverpul» esa, buning tamomila aksi. Klopp jamoasi oldinda ucha hujumchiga suyanadi. Ular qanotda ham markazda ham birdek o‘tkir harakat qilishga moslashgan. Aynan shu uslub Kilianning tezroq sermahsul rejimga tushib olishini ta’minlaydi. Boz ustiga, mashhurlik borasida ham APL «La Liga»dan ko‘ra ko‘proq ochko ishlab berishi turgan gap. Bugungi kunda Yurgen Klopp jamoasida to‘p surishni barcha orzu qilmoqda. Bu tushunarli holat. Hatto AQSHlik katta ishbilarmonlar ham klub aksiyalarini sotib olish haqida bosh qotirmoqda.

Shu o‘rinda juda muhim omilni unutmaslik lozim. So‘nggi yillarda qahramonimiz va Neymarning  do‘stligi ancha qalinlashdi. Shu sababli, endi turli kompaniyalar o‘z mahsuloti yuzi sifatida Kilianni ko‘rishni istashmoqda. Avvalari g‘alati multfilm qahramonlariga o‘xshab ketuvchi bolakay endi tayyor modelga aylandi. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni 50 milliondan ortib ketdi. Ronaldu singari biznes olamida faoliyat olib borish uchun, o‘z statusini balandroqqa ko‘tarish lozim. Buni «Lion»dan boshqa kuchli klub bo‘lmagan «Liga 1»da amalga oshirishning imkoni yo‘q. Hatto «Real Madrid» ham Mbappening personal muxlislar sonini ortib ketishini «Liverpul»chalik ta’minlay olmaydi.

Kilian o‘z qarorini yaxshilab o‘ylab olishi lozim. Sababi, «Real»ni tez orada avlodlar almashinuvi kutmoqda. Ramos, Benzema, Modrich, Isko, Marselolarsiz jamoa qanday to‘p surishi noma’lum. Hatto «Barselona» tarkibida ham ikki yo uch mavsumdan so‘ng, Buskets, Pike, Messi singari futbolchilarni ko‘rishimiz dargumon.

Katta ehtimol bilan, Yevropa chempionati yakunlangach, Mbappe jamoa bilan yangi shartnoma imzolaganini rasman e’lon qiladi. Bu shunchaki, rasmiyatchilik xolos. Futbolchi shu yo‘sinda, o‘z klubiga 160-200 million daromad keltirgan holda boshqa klubga o‘tadi. Qahramonimiz uni super yulduz darajasiga chiqishida ko‘mak bergan Parijliklarni pulsiz qoldirishiga ishonish biroz mushkul. Shunga qaramay, u Parijni tark etishi aniq. Balki, qahramonimiz barchasi osonroq kechishi uchun jamoani erkin agent sifatida tark etishni afzal ko‘rar? Balki kelasi mavsumda 100 million yevro evaziga klubi tark etar? Umuman olganda savollar juda ko‘p. Asosiysi qahramonimiz faoliyatidagi keyingi qadamni to‘g‘ri tashlashi lozim. Birdaniga o‘zi uchun ideal yangi klubni tanlash mushkul. Uni o‘z safida ko‘rishni istagan Gvardiola, Zidan va Klopplarning qay biri uni o‘zga sayyoralik darajasiga olib chiqishi noma’lum. Shu sababli, Kilianning oldida juda muhim tanlov turibdi. 2021 yilda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan eng ulkan transfer uchun hozirdan zamin yaratib borish lozim. Shunday ekan, Kilian butun hayotini o‘zgartirib yuborishga qodir qarorda adashmasligi lozim. Biz esa, voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Kiritildi: 27.09.2020 13:23. O'qildi: 9406 marta. Fikrlar: 0 ta.

La-liga

Jamoa O' O
1 Real Madrid 31 78
2 Barselona 31 70
3 Jirona 31 65
4 Atletiko 31 61
5 Atletik Bilbao 31 57
6 Real Sosyedad 31 50
7 Valensiya 31 47
8 Betis 31 45
9 Vilyarreal 31 39
10 Xetafe 31 39
11 Osasuna 31 39
12 Las-Palmas 31 37
13 Sevilya 31 34
14 Alaves 31 32
15 Malyorka 31 31
16 Rayo Valyekano 31 31
17 Selta 31 28
18 Kadis 31 25
19 Granada 31 17
20 Almeriya 31 14

ECHL

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Real Madrid 10 24
2 Napoli 8 11
3 Braga 6 4
4 Union Berlin 6 2

Klublar o‘rtasida JCh

Nimchorak final
12.12.2023
23:00 Al-Ittihod
3:0
Oklend Siti
Chorak final
15.12.2023
19:30 Leon
0:1
Urava Reds
23:00 Al-Ahli
1:3
Al-Ittihod
Yarim final
18.12.2023
23:00 Fluminense
2:0
Al-Ahli
19.12.2023
23:00 Manchester Siti
3:0
Urava Reds
3-urin uchun
22.12.2023
19:30 Al-Ahli
-:-
Urava Reds
Final
22.12.2023
23:00 Fluminense
-:-
Manchester Siti

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenhem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

UYEFA Superkubogi

Jamoa O' O
1 Bavariya 1 3
2 Sevilya 1 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

13.04.2024. La-liga . 31-tur.
21:30
Malyorka
0-1
Real Madrid

Navbatdagi uchrashuv

22.04.2024. La-liga . 32-tur.
00:00
Real Madrid
-:-
Barselona

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.