Kirish Registrasiya

STD.UZ/YUVE

Yuventus

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Xayr Messi! Leodan o‘zib ketgan 7 futbolchi

Uzoq vaqt davomida LionelMessi Transfermarktportali tomonidan dunyoning eng qimmat futbolchisi deb e’tirof etilayotgan edi. Afsuski, beshavqat vaqt barcha narsadan ustun ekanligini yana bir bor isbotlab qo‘ydi. Bugun stadion.uztransfer narxiLeonikidan o‘zib ketgan 7 futbolchi bilan tanishtirib o‘tadi.

 

7.Kevin DE BRYuYNE – 150 mln yevro
Davlat: Belgiya
Klub: «Manchester Siti»
Yoshi: 28 yosh

Belgiyalik futbolchi bunday darajaga osonlik bilan chiqqani yo‘q. Erta yoshidayoq “Chelsi” safida ko‘rinish berganiga qaramay, unga omad Bundesligaga o‘tganidan so‘ng kulib boqdi. “Volfsburg” safidagi ajoyib mavsumdan so‘ng, “Manchester Siti” uni 76 million yevro evaziga sotib oldi. “Shaharliklar” tepasiga Pep Gvardiola kelgach, Kevinning o‘yinida keskin ko‘tarilish sodir bo‘ldi. Bugunki kunda belgiyalik futbolchi sayyoramizdagi eng yaxshi assistentlardan biriga aylanib oldi. Uning transfer qiymatidagi o‘sish ham bejiz emas.

6.Xarri KEYN – 150 mln yevro
Davlat: Angliya
Klub: «Tottenxem»
Yoshi: 26

“Tottenxem” jamoasi tarbiyalanuvchisi bo‘lishiga qaramay, «Leyton Oriyent», «Milluol», «Norvich» va «Lester»da ijara asosida to‘p surib asosiy jamoadan taklif olishga muvaffaq bo‘lgan. Achinarlisi shundaki, Keyn “Tottenxem”ning omadsiz mavsumlariga sherik bo‘lib kelmoqda. Qahramonimiz to‘purarlik borasida APLda yetakchilardan biri bo‘lishiga qaramay, o‘z faoliyatida hozircha sovrin yutganicha yo‘q. Bugungi kunda Keynning boshqa jamoaga o‘tishi borasida mish-mishlar urchib ketdi. Keynda “shporlar”ni tark etish uchun asos yetarli. Qolganini vaqt ko‘rsatadi.

  1. Muhammad Saloh – 150 mln yevro
    Davlat: Misr
    Klub: «Liverpul»
    Yoshi: 27

Salohning futbolchilik faoliyati past-balandliklar bilan to‘la. “Bazel”dagi ajoyib mavsum, “Chelsi”dagi omadsizlik, “Fiorentina” va “Roma”dagi ko‘tarilishni boshidan o‘tkazgan futbolchi “Liverpul”da super yulduz darajasiga ko‘tarildi. Quvonarlisi shundaki, mersisaydliklar 2017 yilda Saloh uchun 42 million yevro to‘lashgan edi. Bugungi kunda hujumchining transfer qiymati 150 million yevrogacha ko‘tarildi. Qaysidir ma’noda Salohning “Liverpul” g‘alabalarida tutgan o‘rni beqiyos. Aynan uning harakatlari sababli “qizillar” 30 yillik tanaffusdan so‘ng, yana APL taxtiga chiqishga yaqin turibdi.

4.Sadio MANE – 150 mln yevro
Davlat: Senegal
Klub: «Liverpul»
Yoshi: 27

“Liverpul” yana bir afrikalik futbolchi uchun 42 million yevro to‘ladi va bu ishidan sira afsus chekkani yo‘q. «Mes», «Red Bull Zalsburg” va «Sautgempton» singari klublarda harakat qilgach, “Liverpul” safiga borib qo‘shilgan Mane bugungi kunda eng savdosi chaqqon futbolchilardan biri sanaladi. Qahramonimiz so‘nggi mavsumlarda 10 tadan kam to‘pkiritmayapti. Bundan tashqari, uning APLdagi g‘alabasi transfer narxini yanada oshirishi mumkin.

3.NEYMAR – 160 mln yevro
Davlat: Braziliya
Klub: «Pari Sen-Jermen»
Yoshi:28

U endi yosh bola emas. Fevralyoyida 28 yoshni qarshi olgan braziliyalik futbolchi “Barselona”da qanchalar kuchli bo‘lmasin, Messining soyasida qolib ketaverdi. Oqibatda, PSJga yo‘l olgan futbolchi “oltin to‘p”ga ega chiqishi kutilgan edi. Afsuski, barchasi kutilganidek ko‘rinish olmadi. Neymarning transfer qiymati ham so‘nggi oylarda pasayib bormoqda. Yaqindagina 180 million yevroga baholangan futbolchining transfer qiymati endilikda 160 millionga tushib ketdi. Braziliyalik futbolchi qanchalar yaxshi o‘yin ko‘rsatmasin, baribir muxlislar undan ko‘prog‘ini talab qilishadi. Agar Neymar PSJ bilan Chempionlar ligasida zafar quchmasa, uning Parijga yo‘l olishi faoliyatidagi eng katta xatoga aylanishi turgan gap.

2.Rahim STERLING – 160 mln yevro
Davlat: Angliya
Klub: «Manchester Siti»
Yoshi: 25

Kelib chiqishi yamaykalik bo‘lgan hujumchi so‘nggi 3 mavsum davomida juda yuqori tempda futbol o‘ynamoqda. Ayniqsa, “Siti” Gvardiola qo‘l ostiga o‘tgach, Sterling umuman yangi darajaga ko‘tarildi. Ko‘plab nashrlar ayni damda Rahimni dunyoning eng kuchli hujumchilaridan biri sifatida e’tirof etishni boshladi. “Real Madrid” jamoasi tomonidan bo‘layotgan qiziqish ham bejiz emas.

1.Kilian MBAPPE – 200 mln yevro
Davlat: Fransiya
Klub: «Pari Sen-Jermen»
Yoshi: 21

O‘zining 21 yoshida nafaqat JCH g‘olibi, balki dunyoning eng qimmat futbolchisi sanaluvchi Mbappega qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. Uning “Monako”dagi o‘yinlarini ko‘plabmutaxassislar shunchaki omadli mavsumga yo‘ygan edi, biroq Killian Neymarning oldida ham o‘zini yo‘qotib qo‘ygani yo‘q. Ayni damda Mbappe Messi va Ronaldudan so‘ng, 1-raqamli futbolchi bo‘lishga da’vogar bo‘lib turibdi. Quvonarlisi shundaki, hujumchi yildan yilga o‘z rekordlarini yangilab o‘sishda davom etmoqda. Agar undagi progress ijobiy tomonga davom etsa, tez orada uning transfer qiymati ham 200 milliondan oshib ketishi aniq.

Kiritildi: 07.04.2020 01:12. O'qildi: 15478 marta. Fikrlar: 6 ta.

«A» Seriya

Jamoa O' O
1 Inter 31 82
2 Milan 32 69
3 Yuventus 32 63
4 Bolonya 32 59
5 Roma 32 55
6 Atalanta 30 50
7 Napoli 32 49
8 Lasio 32 49
9 Torino 32 45
10 Fiorentina 30 43
11 Monsa 32 43
12 Jenoa 31 38
13 Lechche 32 32
14 Udineze 32 31
15 Kalyari 31 30
16 Empoli 32 28
17 Verona 31 27
18 Frozinone 32 27
19 Sassuolo 32 26
20 Salernitana 32 15

ECHL

- Guruhi

Jamoa O' O

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenhem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Italiya superkubogi

Final
21.01.2021
01:00 Yuventus
2:0
Napoli

So'nggi uchrashuv

13.04.2024. «A» Seriya . 32-tur.
21:00
Torino
0-0
Yuventus

Navbatdagi uchrashuv

19.04.2024. «A» Seriya . 33-tur.
23:45
Kalyari
-:-
Yuventus
© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.