Kirish Registrasiya

STD.UZ/YUVE

Yuventus

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Ronalduning faoliyatidagi eng muhim penaltilar (top-5)

Penaltidan gol kiritish juda oson ko‘rinishi mumkin, biroq zarbani aniq yo‘llash uchun futbolchidan sovuqqonlik talab etiladi. Boz ustiga, bu penalti hal qiluvchi maqomga ega bo‘lsa,uni aniq amalga oshirish yanada mushkul vazifaga aylanadi. Afsonaviy Roberto Badjoning yagona omadsiz ijro etgan penaltisiso‘zimizga isbot bo‘la oladi. Bugun boshqa bir yulduz – Krishtianu Ronaldu haqida gaplashamiz. Stadion.uz portugaliyalik futbolchining faoliyatidagi eng muhim 5 ta penaltini yodga oladi.

Angliya darvozasiga yo‘llangan zarba

2006-yilda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatining chorakfinalida Portugaliya terma jamoasi Angliyaga qarshi maydonga tushadi. Bu uchrashuvni ko‘plab muxlislar Runi va Ronalduning janjali orqali yaxshi eslab qolgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Ushbu janjaldan so‘ng, Ueyn qizil kartochka olib maydonni tark etadi. Shunga qaramay, uchrashuv penaltilar seriyasiga qadar cho‘ziladi. Butun o‘yin davomida ishonch bilan harakat qilgan inglizlar penaltilar seriyasida 4 ta zarbadan faqat bittasinigina golga aylantiradi. Portugaliya bu borada omadliroq chiqadi. So‘nggi hal qiluvchi zarbani ijro etish o‘sha davrdagi “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduga topshiriladi. Bu uning faoliyatidagi ilk katta bosim bo‘lishiga qaramay, Ronaldu darvozabonni aldab qarama-qarshi burchakka to‘pni mixlab qo‘yadi. Qarabsizki, Portugaliya futbolida Figuning o‘rnini Ronaldu egalladi. Bu uning hayotidagi ilk hal qiluvchi penalti bo‘lib, Krish bu sinovdan munosib o‘ta oldi.

“Deportivo” darvozasiga yo‘llangan zarba

Ayrim istisnolarni inobatga olmasa, “Real” jamoasining deyarli barcha 11 metrlik zarbalarini Ronaldu ijro etgan. Qizig‘i shundaki, Krish “qirollik klubi” safidagi ilk golini ham penalti yordamida o‘z hisobiga yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘ladi. 2009/10-yilgi mavsum 29 avgust sanasida “Real” “Deportivo”ni sinovdan o‘tkazadi. Aynan o‘sha bahsda Krish 11 metrdan aniq zarba yo‘llab yangi tarix yaratadi. O‘sha zarbadan so‘ng, portugaliyalik futbolchideyarli 10 yil davomida Madrid superklubi safida to‘p tepdi va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Bu natijaga “Deportivo”ga qarshi o‘yinda tamal toshi qo‘yilgan edi.

“Atletiko” darvozasiga yo‘llangan zarba

2015/16-yilgi mavsumning YECHL final uchrashuvida ikkita Madrid klubi to‘qnash keladi. Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida durang qayd etilgani bois, barchasi penaltilar seriyasiga ko‘chadi. “Matraschilar” birin-ketin aniq zarbalar bilan “Real” darvozasini ishg‘ol qilishni boshla yuboradi. “Qirollik klubi”ham o‘z navbatida munosib javob qaytaradi. Shunga qaramay, Xuanfranning zabrasi to‘singa tegib ortga qaytadi. Qarabsizki, Ronalduning zabrasi YECHL oltin medallarini hal qiluvchiga aylanadi. Doimo finallarda o‘zini yaxshi namoyish etuvchi Krish bu safar ham nishonda adashmadi. “Real” aynan Ronalduning aniq zarbasidan so‘ng, yana 2 bor YECHLda zafar quchadi va bu borada mutlaq rekord o‘rnatadi.

PSJ darvozasiga yo‘llangan zarba

Aslida, bu u qadar muhim bo‘lmagan penalti. U hech qanday muhim statistika yoki ramziy ma’noga ega emas. Shunchaki, zarbaning texnikasi uzoq muddat muxlislarda katta qiziqish uyg‘otgan. E’tibor qarating, zarba yo‘llashdan oldin tayanch oyog‘ini shu qadar maydonga qattiq bosdiki, to‘p hiyla o‘rnidan qo‘zg‘aldi va Krish aynan shu lahzada darvozaga zarba yo‘lladi. Bir qarashda oddiy vaziyat, biroq aynan shu 11 metrlik zarba uzoq muddat ekspertlarning asosiy mavzusia aylangan.

“Yuventus” darvozasiga yo‘llangan zarba

2017/18-yilgi mavsum. YECHLning chorak finalbosqichi. “Qaymoqranglilar” mehmonda “Yuventus” ustidan 0:3 hisobida g‘alaba qozonishgan, Ronaldu esa o‘zining afsonaviy goli bilan Turin muxlislarini hayratda qoldirgan edi. Oradan bir necha kun o‘tib “Yuventus” Italiyaga tashrif buyuradi va kutilmaganda asosiy vaqtning o‘zidayoq 3 ta gol kiritib,vaziyatni o‘zi tomon og‘diradi. Barchasi penaltilar seriyasiga qarab ketayotgan bir paytda, Lukas Vaskes penalti ishlab oladi. To‘g‘ri, bu ancha bahsli vaziyat edi, lekin hakam 11 metrlik zarbaga ishora beradi. Buffon hakamga e’tiroz bildirgani uchun qizil kartochka olib maydoni erta tark etdi va uning o‘rnini Shchesni egalladi. “Santyago Bernabeu” o‘rnidan turgan va Ronalduning zarbasini kutmoqda. Krish har doimgidek shoshilmay to‘p oldiga keldi va darvozabonlar uchun “olib bo‘lmas” qilib o‘ng tomonga kuchli zarba yo‘llaydi va gol. “Real” keyingi bosqichda!

Kiritildi: 12.07.2020 14:02. O'qildi: 12003 marta. Fikrlar: 4 ta.

«A» Seriya

Jamoa O' O
1 Inter 31 82
2 Milan 32 69
3 Yuventus 33 64
4 Bolonya 32 59
5 Roma 32 55
6 Lasio 33 52
7 Atalanta 30 50
8 Napoli 32 49
9 Torino 32 45
10 Fiorentina 30 43
11 Monsa 32 43
12 Jenoa 32 38
13 Lechche 32 32
14 Udineze 32 31
15 Kalyari 32 31
16 Empoli 32 28
17 Verona 31 27
18 Frozinone 32 27
19 Sassuolo 32 26
20 Salernitana 32 15

ECHL

- Guruhi

Jamoa O' O

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenhem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Italiya superkubogi

Final
21.01.2021
01:00 Yuventus
2:0
Napoli

So'nggi uchrashuv

19.04.2024. «A» Seriya . 33-tur.
23:45
Kalyari
2-2
Yuventus

Navbatdagi uchrashuv

28.04.2024. «A» Seriya . 34-tur.
05:00
Yuventus
-:-
Milan
© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.