Yuventus

STD.UZ/YUVE

Yuventus

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

«A» seriya: murabbiylar sexi

«A» seriya: murabbiylar sexi

Gazetamizning avvalgi seshanba sonida Yevropa milliy chempionatlari yangi mavsumi starti bahona APL va La Liga klublari bosh murabbiylari haqida yaxlit ma’lumot taqdim etgandik sports.ru saytining qulay tasvirlari yordamida. Bugun shu mavzu davomi o‘laroq, «A» seriya kengliklariga nigoh buramiz. Xo‘sh, Italiyada bosh murabbiylar tarkibi qanday ko‘rinishda?

Yulduzlar guruhi qanday? Italiya futboli murabbiylar masalasida ancha barqaror. Har holda, an’anaviy kuchli murabbiylik mak-tabi milliy chempionatni doimiy ravishda yulduz ustozlar bilan ta’minlab kelmoqda. Mau­risio Sarri, Simone Inzagi, Stefano Pioli, Jan Pyer Gasperini, Massimiliano Allegri - yangi mavsum arafasida deyarli ham-ma o‘z joyida. Bu guruhga superyulduz Jo-ze Mourinyo va «Kalyari»ni «A» seriyaga qaytargan «qa-riya» Klaudio Ranyerini qo‘shing. Ha, «A» seriyaning yangi mavsumi murabbiylar kurashi masalasida ham o‘zgacha intriga taqdim etadigan ko‘rinadi!

Yangi shartnomalar. Chempionatga kirishadigan 4 nafar yangi murabbiy allaqachon o‘z klubini o‘rganishga ulgurdi va raqobat qozonida «qaynash»ga shay. Rudi Garsiya chempion - «Napoli»ning nafis o‘yin tizimi va kuchli ishtiyoqini buzib yubormaslikni o‘ylaydi avvalo. «Lechche», «Verona» va «Frozinone» klublari esa yangi menejerlar bilan boshqacha qiyinchiliklarga duch kelishi tayindek. Harqalay, bu jamoalar bosh vazifa - «A» seriyadan uchib ketmaslik missiyani bajarishga hozircha uncha tanilmagan Roberto D~Aversa, Marko Baroni va Eysebio di Franchesko bilan kirish­yapti.

Kimlarni alohida kuzatish kerak? Bu band ostida uzun ro‘yxat tuzish mumkin. Binobarin, «A» seriya APLdan keyin ikkinchi raqamli chempionat maqomiga yaqinlashmoqda va yuksalishda jamoalar to‘plagan murabbiylar guruhi xizmati katta, albatta. Tabiiyki, Joze Mourinyo va uning «Roma»si yana jadvalning yuqori qismiga tirishadi, «Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri oldida esa «keksa sinyora»ni olimp cho‘qqisiga qaytarishdek katta vazifa bor. So‘nggi yillar keskin o‘zgargan va katta sur’atda o‘sish harakatiga tushgan ambisiyali «Milan» va «Inter» boshqaruvchilarini ham unutmaslik kerak: Stefano Pioli - Simone Inzagi raqobatining o‘zi bir olam. Bundan tashqari, Maurisio Sarri va uning o‘ta qiziqarli «Lasio»si ham bor. «Napoli» yangi bosh murabbiy Rudi Garsiya bilan chempionlik maqomini himoya qilishga urinadi, albatta. Klaudio bobo Ranyeri esa hammani yana bir bora hayratlantirish uchun qaytganini isbotlashga kuch beradi. To‘g‘ri, uning kamtarin «Kalyari» bilan «Lester» mo‘’jizasi»ga o‘xshash ertaknamo hikoya yozishi aqlga sig‘maydi, ammo qandaydir «syurprizlar» ulashishga imkon topsa kerak, baribir. Bundan tashqari, yosh murabbiylar - Tyago Motta («Bolonya») va Alberto Jilardino («Jenoa») ham diqqat markazida bo‘lishadi. Umuman, «A» seriyaning yangi mavsumi nafaqat Italiya chempionati xos muxlislari, balki neytral fanatlarni ham o‘ziga jalb etsa, ajabmas. Axir top-murabbiylar bosh rolni o‘ynaydigan serialni o‘tkazib yuborish mumkinmi?

Kim birinchi bo‘lib iste’foga chiqishi mumkin? Qanchalik g‘alati tuyulmasin, lekin ishdan ayrilishga birinchi raqamli nomzod bo‘lish Rudi Garsiya chekiga tushishi hech gap emas. Chunonchi, Saudiya Arabistoni bo‘ylab safardan ke­yin Italiyaga qaytgan fransiya­lik mutaxassis oldida o‘ta murakkab vazifa turibdi: chempionlik uchun poyga 1-turdan boshlanadi. Bordiyu, Garsiya startda depsinadigan bo‘lsa, kuzga bormay, ishsizga aylanishi mumkin. Har holda, «Napoli» xo‘jayini Aurelio de Laurentis tezkor natija so‘raydiganlar toifasidan va u omadsizlikka uzoq toqat qilolmaydi. Massimiliano Allegrining «kursi»si ham juda mustahkam emas. O‘zi italiyalik mutaxassisning o‘tgan mavsum o‘z lavozimini qanday saqlab qolgani biroz hayratlanarli. Endi undan darhol natija ko‘rsatish talab etiladi. Aks holda... Xullas, murabbiyning taqdiri «Yuventus»ning dastlabki oylarda qanday o‘ynashiga bog‘liq, shubhasiz.

Yana nima? Yangi mavsum Italiyada qaysi klub chempionlikka erishadi? Buni aytish tugul, taxmin qilish ham juda-juda qiyin. Birinchidan, kuch jihatidan bir-biriga yaqin klublar safi aql bovar qilmas darajada kengaydi. Ikkinchidan, ularning har biri o‘ziga xos ajoyib menejerga ega. Chempionatda mahalliy mutaxassislar ko‘pligi (80 foiz) ham kurash yanada qizg‘in tus olishini ta’minlasa kerak.

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 24.08.2023 06:19. O'qildi: 1433 marta.

← Klub xabarlari

«A» Seriya

№ Jamoa O' O
1 Lasio 10 28
2 Inter 10 25
3 Roma 10 24
4 Komo 10 23
5 Milan 10 21
6 Frozinone 10 20
7 Yuventus 10 17
8 Napoli 10 14
9 Bolonya 10 14
10 Torino 10 13
11 Jenoa 10 13
12 Kalyari 10 13
13 Atalanta 9 11
14 Lechche 10 9
15 Sassuolo 9 8
16 Monsa 10 7
17 Fiorentina 9 5
18 Parma 9 5
19 Udineze 10 5
20 Venesiya 10 3

ECHL

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

G - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Manchester Siti 3 9
2 Yuventus 3 6
3 Al-Ayn 3 3
4 Vidad 3 0

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Italiya superkubogi

Final
21.01.2021
01:00 Yuventus
2:0
Napoli

So'nggi uchrashuv

02.11.2026. «A» Seriya. 10-tur.
00:45
Yuventus
2-0
Napoli

Navbatdagi uchrashuv

09.11.2026. «A» Seriya.
00:45
Fiorentina
—
Yuventus

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik