Yuventus

STD.UZ/YUVE

Yuventus

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Veronika Rabyo: «Yo‘q, «MYU»dan 10 million so‘ramaganman...»

Veronika Rabyo: «Yo‘q, «MYU»dan 10 million so‘ramaganman...»

Turinda sayrga chiqish «Yuventus» yarim himoyachisi Adriyen Rabyoning onasi va agenti Veronika xonim uchun sevimli mashg‘ulot hisoblanadi.

O‘g‘lining huquqlarini himoya qilib kelayotgan ayol agent futbolga bog‘liq faoliyati haqida hech qachon ochiq gapirmagandi. Sportweek muxbirlari bilan suhbatda esa, u yozda Adriyen transferi yuzasidan olib borgan muzokara tafsilotlarini to‘liq bayon etdi. Shu ma’noda chindan ham, eksklyuziv intervyu bo‘ldi.

- Veronika, aytingchi, aynan qaysi vaqtda o‘g‘lingiz faoliyatini shaxsan o‘zingiz nazorat ostiga olishni xohlab qoldingiz?

- Aniq vaqtni aytolmayman. Adriyen 6 yoshidayoq professional futbolchi bo‘lishni xohlashini aytgandi. 9 yoshida esa orzusi milliy jamoada o‘ynash ekanligini baralla ta’kidlagandi. Barcha murabbiylar o‘g‘limda alohida iqtidori borligini aytishardi, u «PSJ» safiga qo‘shilishi bilan esa barchasi ancha jiddiylashdi. Ya’ni turli agent va vositachilar menga murojaat eta boshlashdi. Esimda, Adriyen masalasi bo‘yicha birinchi muzokarani «Manchester Siti» bilan o‘tkazgandim. Adriyen 17 yoshga to‘lganida, «PSJ» nihoyat, professional shartnoma taklif qildi. Shunda o‘z ishimdan voz kechib, bilimimni o‘g‘limning faoliyatini tartibga solishga bag‘ishlashim lozimligini tushundim. Xullas, barchasi vaziyat taqozosi, mutlaqo tabiiy jarayon...

- Erkaklar futboli dunyosida biror marta noqulaylik yoki yoqimsizlikni his qilganmisiz?

- Hech qachon bunday tuyg‘uni boshdan o‘tkazmaganman. Klublar vakillari har doim menga nisbatan hurmat bilan qarashgan. Xususan, «PSJ» prezidenti Nosir al Xelayfi ham, Karlo Anchelotti ham. Ammo OAV xodimlari haqida bunday deyolmayman. Ular negadir ayol, yana ona o‘z o‘g‘li fao­liyatini nazorat qiladigan erkak yoki ota bilan bir darajada ekanligini tushunishni istamaydilar. To‘g‘ri, ba’zan barchasi inson xarakteriga ham bog‘liq. Yaxshiki, bugun futbol olamida ayollar soni ko‘paymoqda, xususan, agentlik sohasida.

- Sizni odatda dahshatli muzokarachi sifatida tavsiflashadi. Chindan ham, shundaymi?

- Ehtimol. Muzokara jarayo­niga kirishish men uchun mutlaqo tabiiy holat va bahs-munozaralardan zavqlanaman. Balki boshida ayrimlar mendan qattiqqo‘llik va qat’i­yat kutishmagandir. Odatda shablonlarga qaramayman. Tabiatan dangalchiman, agar biror shartni aytsam, u qabul qilinishi zarur. Bordiyu, muzokara chog‘i qarama-qarshi tomonda samimiylik sezilmasa, hammasini shunchaki, to‘xtatib qo‘yishim ham mumkin. Umuman olganda, Adriyen kabi iste’dodli futbolchilar masalasida kelishuvga erishish ancha oson, albatta. Ikkinchi tomondan, o‘rta chiziq vakillariga klub topish nisbatan qiyinroq. Muhimi, bu ish menga stadionlarda ajo­­yib tuyg‘ularni tuyish imkonini berdi. Deylik, 2014 yili Adriyenga «Milan» xaridor bo‘ldi va Adriano Gallianidek qiziqarli inson bilan tanishdim.

- Jahon darajasidagi futbolchining kerilib ketmasligiga kafolat yo‘q. Bu holatni qanday nazorat qilish mumkin?

- Bir safar menga futbolchi «Formula-1» bolidiga o‘xshashi, to‘xtab qolmasligi uchun sur’atini millimetrgacha soz­lash kerakligini aytishgandi. O‘shanda insonni mashina bilan taqqoslashlaridan hayratlangandim, keyinroq bu juda to‘g‘ri metafora ekanligini tushundim. Ha, hammada bo‘lgani kabi Adriyenning boshi yelkasida, oyoqlari yerda. Biroq OAV va muxlislar bosimi borligini unutmaslik kerak. Tushunarliki, yuqori darajaga erishish va muvozanatni ushlab turish yo‘lida ko‘p narsalardan voz kechish, tinmay ter to‘kish talab etiladi. Futbolchilarning ko‘p pul topishlari ular xato qilishga haqli ekanliklarini anglatmaydi. O‘z faoliyatini endigina boshlayotgan o‘spirin yigitning yo‘rig‘i boshqa - u xatolar ortidan yetuklik sari intiladi. Hammamiz ham yoshligimizda qandaydir ahmoqlikka qo‘l urganmiz axir. Lekin yetuklikka erishgandan keyingi xato - bu qulash demakdir.

- Parijda o‘g‘lingizning har bir mashg‘ulotida qatnashganingiz uchun tanqidga uchragandingiz...

- O‘zingiz ayting, Messining otasi o‘g‘liga g‘amxo‘rlik qilgani uchun biror marta tanqid ostiga olinganmi? Katta Neymar ham Braziliyada tanqidlardan xoli. Fransiya OAV esa negadir shundan ham ayb qidiradi. Tushuning, Adriyenga 6 yoshidan buyon mashg‘ulotlarda hamrohlik qilaman. «PSJ»da ham shu odatimni davom ettirdim. Aslida mash­g‘ulotlarda boshqa futbolchilarning oila a’zolari ham ko‘rinish berishardi. Misol uchun, Verrattining akasi Stefano mashg‘ulotlarni kamdan-kam holda o‘tkazib yuborardi. Adriyenni asosiy tarkibda ko‘rish men uchun barcha sa’y-harakatlar mukofoti hisoblangan. Deylik, tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri kelgan klubdagi ilk mashg‘ulotini yaxshi eslayman - bu ajoyib. Qolaversa, mashg‘ulotlarni kuzatish asnosida o‘zimga notanish dunyo qirralarini kashf etishni xohlaganman. Hayronman, buning nimasi yomon...?

- Rabyo xonim, ona va agent rollarini qanday ajratasiz?

- Ba’zan ikki rol o‘zaro kesishadi. Lekin muzokara chog‘i hech qachon «o‘g‘lim» iborasini ishlatmayman, chunki ishda u men uchun Adriyen Rabyo, oddiy aytganda, mijoz. Yillar davomida undan ijtimoiy tarmoqlar uchun ko‘ylaksiz suratga tushmasligini so‘rayman. Zero, ona sifatida buni odobsizlik sifatida baholayman, agent rolida esa uning imidjiga putur yetishidan qo‘rqaman. To‘g‘ri, o‘g‘lim har doim o‘ziga xos yo‘ldan yurishni istaydi, ehtimolki, ba’zi taqiqlarimdan g‘azablanar ham... Maosh masalasiga kelsak, bu borada qandaydir kelishmovchilik yo‘q.

- «MYU»ning Rabyodan voz kechganiga sizning 10 million yevro miqdorida komission ulush so‘raganingiz sabab bo‘lgani rost­mi?

- Aslo. Ha, «Yunayted» Adriyen xizmatiga qiziqib, meni uchrashuvga chaqirdi, lekin pul haqida umuman gaplashmadik, chunki o‘g‘limning o‘zi Turinda qolishni ma’qul ko‘rayotgandi. Qisqasi, haqiqiy muzokara bo‘lmadi. Muhimi, «Yunayted» bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qoldik.

- 2019 yili nega aynan «Yuventus»ni tanlagandinglar?

- Birinchidan, Adriyen «Yuventus»ga ustuvor variant sifatida qaradi. Ikkinchidan, klub o‘g‘limni bir necha yil davomida kuzatib borgan va tom ma’noda transferga tayyor edi. Qolaversa, Allegrining shaxsan o‘zi o‘g‘limni jamoada ko‘rishni xohladi. Shu tariqa «Yuve» bilan iliq va professional munosabatlarni rivojlantirdik.

- O‘g‘lingiz - mijozingiz bilan deylik, homiylik shartnomalari bo‘yicha biror marta kelishmovchilikka duch kelganmisiz?

- Pul hech qachon Adriyenni harakatlantiruvchi kuch sanalmagan. Homiylik shartnomalariga kelsak, uning shaxsiy tanloviga hurmat bilan yondashaman har doim. 

- Ona va agent sifatida Adriyen Rabyo haqida qanday fikrdasiz?

- U bolalik orzularini ro‘yobga chiqardi - professional futbolchi sifatida tanildi, Fransiya terma jamoasida o‘ynadi. Asosiysi, intizomli, aqlli, murosali yigit bo‘lib ulg‘aydi. Shunday ekan, undan faxrlanishim mumkin. Ona sifatida esa o‘g‘lim kun kelib «Oltin to‘p» yutishidan umidvorman hali ham.

- Futbolchilar faoliyatini o‘z yaqinlari nazorat ostiga olishlari tobora modaga aylanmoqda. Bu borada nimalarni tavsiya qila olasiz?

- Futbolda oilaviy birlashma har doim ham ijobiy natija beravermaydi, lekin bunda noodatiy yoki g‘alati tomoni yo‘q. Ba’zan shaxsiy agentga ega 11 yoshli bolakayni ko‘raman: shunchaki, aqldan ozish mumkin. Umuman olganda, ota-onalarga o‘z farzandlari faoliyatini boshqarishda malakali mutaxassislarga tayanishni tavsiya etaman. Lekin ular qaror qabul qilish huquqini o‘zlarida saqlab qolishlari shart. Yana bir gap - bola tarbiyasini hech qachon kimgadir topshirib qo‘ymaslik kerak. Chunonchi, bolalarni to‘g‘ri yo‘lga solish doimiy e’tiborni talab etadi. 

MUHAMMADXON tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 17.11.2023 23:21. O'qildi: 2089 marta.

← Klub xabarlari

«A» Seriya

№ Jamoa O' O
1 Lasio 10 28
2 Inter 10 25
3 Roma 10 24
4 Komo 10 23
5 Milan 10 21
6 Frozinone 10 20
7 Yuventus 10 17
8 Napoli 10 14
9 Bolonya 10 14
10 Torino 10 13
11 Jenoa 10 13
12 Kalyari 10 13
13 Atalanta 9 11
14 Lechche 10 9
15 Sassuolo 9 8
16 Monsa 10 7
17 Fiorentina 9 5
18 Parma 9 5
19 Udineze 10 5
20 Venesiya 10 3

ECHL

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

G - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Manchester Siti 3 9
2 Yuventus 3 6
3 Al-Ayn 3 3
4 Vidad 3 0

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Italiya superkubogi

Final
21.01.2021
01:00 Yuventus
2:0
Napoli

So'nggi uchrashuv

02.11.2026. «A» Seriya. 10-tur.
00:45
Yuventus
2-0
Napoli

Navbatdagi uchrashuv

09.11.2026. «A» Seriya.
00:45
Fiorentina
—
Yuventus

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik