«Arsenal» jamoasi Angliya premyer-ligasida ishtirok etadi. Jamoa 1866 yilda tashkil etilgan. 13 marta Angliya chempioni bo‘lgan. Angliya kubogida esa 11 marta chempion bo‘lgan. Jamoa «Emireyts» stadionida harakat qiladi. Arena o‘z bag‘riga 60 361 muxlisni sig‘dira oladi. «Arsenal» Angliya premyer-ligasida eng uzoqharakat qilish bo‘yicha rekorchi. 2012 yil yakunlariga ko‘ra «Arsenal» jahonning eng qimmat klublari reytingida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. O‘shanda London superklubi 1.3 milliard dollarga baholangan edi. Jamoani 1996 yildan buyon fransiyalik murabbiy Arsen Venger boshqarib keladi. 2012 yil 17 avgustdan boshlab jamoa sardori belgiyalik himoyachi Tomas Vermalen. U bog‘ichni Robin van Persidan qabul qilib olgan edi.
Kelib chiqishi
1886-1925 yillar
«Arsenal» 1886 yilda Londonning janubiy-sharqida «Royal Arsenal» artilleriya zavodi ishchilari tomonidan tashkil qilingan. Boshida jamoa «Dayal Skuyer» deb nomlangan. «Arsenal» o‘zining birinchi o‘yinini 1886 yilning 11 dekabrida «Istern Uonders» jamoasiga qarshi o‘tkazadi. O‘sha o‘yinda «to‘pchilar» 6:0 hisobida g‘alaba qozonishadi. Ikki hafta o‘tib futbolchilar ishtirokida majlis o‘tkaziladi va jamoa nomi «Royal Arsenal»ga o‘zgartiriladi. O‘sha majlisda futbol o‘ynash uchun joy va klub formasi tanlanadi. «Nottingem Forest»ning sobiq futbolchisi Fred Birdsli qizil rangni tanlaydi va o‘shandan buyon jamoaning asosiy libosi qizil rangda. «Arsenal» 1891 yilda professional daraja olgach uning nomi «Vulij Arsenal» deb o‘zgartiriladi. Muxlislar uni «Vulij Reds» deb ham atashardi. Jamoa 1893 yilda ilk marta futbol ligasida qatnashdi va bu natijaga erishgan birinchi janub jamoasi bo‘ldi.
«Arsenal» 1904 yilda ikkinchi divizionda debyut qildi va o‘sha yildayoq birinchi divizionga chiqdi. Lekin jamoa stadionining uzoq masofada joylashgani muxlislar tashrifining kam bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu esa iqtisodiy muammolarga olib keldi. Natijada «Arsenal» yana ikkinchi divizionga tushib ketdi. 1913 yilda jamoa stadion qurish uchun Temza yaqinidan yer sotib oldi. Keyinchalik o‘sha yerda «Xayberi» stadioni qurildi va bilasiz, 2006 yilgacha jamoaning uy arenasi bo‘lib keldi. 1914 yilga kelib jamoa nomidan «Vulij» so‘zi olib tashlandi va «Arsenal» deb atala boshlandi. 1919 yilda «Arsenal» ikkinchi divizionda beshinchi o‘rinni egalladi va birinchi divizionga chiqdi. O‘shanda birinchi diviziondagi jamoalar 20tadan 22taga oshirishgan edi. Birinchi divizonda o‘ynash huquqiga yettita jamoa ega edi. Ular orasida ovoz berish yo‘li bilan «Arsenal» ham tanlab olindi. 1925 yilda «Arsenal»ga Gerbert Chepmen bosh murabbiy etib tayinlandi. Aynan shu murabbiy qo‘l ostida jamoa ilk yutuqlari sari qadam tashladi. O‘sha yilda o‘yindan tashqari holat qoidasi kiritilgan edi. Chepmen ofsaydga tushib qolmaslikning yo‘llarini topgan birinchi murabbiylardan. Uning qo‘l ostida «Arsenal»da Aleks Jeyms va Kliff Bastin kabi futbolchilar o‘ynar edi.
1925-1934 yillar. Chepmen davri
Chepmen jamoaga kelishi bilan «Sanderlend» hujumchisi Byukenni sotib oldi va u tezda jamoa sardoriga aylandi. Avvalgi murabbiy Lesli Nayton ham uni sotib olmoqchi bo‘lgan, lekin «Sanderlend» 7 ming funt so‘ragan (o‘sha vaqtda juda katta pul bo‘lgan) va transfer amalga oshmagan edi. 1925/26 yilgi mavsumda «Arsenal» ikkinchi ligada ikkinchi o‘rinni egalladi. Keyingi mavsumda jamoa Angliya kubogining finaligacha bordi, lekin hal qiluvchi bahsda «Kardiff Siti»ga imkoniyatni boy berdi. O‘yindagi yagona golga darvozabon Den Luisning xatosidan unumli foydalangan Xyu Fergyuson mualliflik qilgan edi. 1929/30 yilgi mavsumda kelib Chepmenning ishlari o‘z so‘zini ayta boshladi. «Arsenal» o‘sha mavsumda Angliya kubogini qo‘lga kiritdi. Finalda Chepmenning sobiq jamoasi «Xaddersfild» 2:0 hisobida mag‘lub etildi. Jamoa mamlakat chempionatida 14-o‘rinni egalladi, lekin superkubokda Angliya chempioni «Sheffild UYEnsdey» mag‘lub etildi. O‘shandan «Arsenal»ning Angliya futbolidagi hukmronligi boshlandi. Jamoa qarshi qarshi hujumlardan yaxshi foydalanadigan va to‘p uzatishlarga tezlik kiritib o‘ynaydigan bo‘ldi. Himoya markazida uchta himoyachi o‘ynardi, ikkita qanotda esa vingerlar juda faol bo‘lishardi. Raqib hujumi vaqtida ular ortga qaytishar va natijada beshta himoyachi raqibni qarshi olar edi. Lekin jamoa hujumlari asosan markazdan rivojlanardi. Asosiy hujumlar markaziy yarim himoyachi Gerbi Roberts orqali rivojlanar edi. Qarshi hujum vaqtida ikkita vinger endi qanotdan hujumga borishardi. Natijada beshta hujumchi va ikkita vinger bilan qarshi hujumlar juda xavfli chiqardi. Chepmenning taktikasi futbolchilardan juda katta jismoniy tayyorgarlik talab qilardi. Uning o‘yin uslubini zerikarlilikda ham aybladilar. «Arsenal» 1930-1938 yillarda besh marta birinchi divizionda chempion bo‘ldi va ikki marta Angliya kubogini qo‘lga kiritdi. Chepmen esa 1934 yilda pnevmoniyadan vafot etdi.
1934-1950 yillar. Ellison davri
Chepmen olamdan o‘tgandan keyin jamoadagi murabbiylik bo‘linib olindi. Jorj Ellison tashkiliy ishlarga javob berar edi. Uning rahbarligini «Xayberi» o‘sha vaqtdagi eng zamonaviy stadionlardan biriga aylandi. Ellison yangi futbolchilarni taklif qilish bilan ham shug‘ullandi. U jamoaga Ted Dreykni olib keldi. Dreyk 1934/35 yilgi mavsumda 41 o‘yinda 42ta gol urdi. Jorj Ellison 1946/47 yilgi mavsum yakunida «Arsenal»dan ketdi. Uning o‘rinini Tom Uittaker egalladi. Jamoa qiyin damlarni boshdan o‘tkazdi. O‘sha mavsumda «Arsenal» chempionatda 13-o‘rinni egalladi. Jamoaning asosiy tarkibidagi 9 futbolchi ikkinchi jahon urushida halok bo‘lishdi. Bastin va Dreyklar futboldan ketishdi. Uittaker jamoa o‘yinini o‘zgartirdi va «Arsenal» endilikda himoyaviy o‘yin ko‘rsata boshladi. Jamoa qariya futbolchilar Jo Merser, Roni Ruku, Les Komptonlar xizmati bilan yana birinchi divizionda chempion bo‘ldi. Roni Ruk 33ta gol urdi va urushdan keyingi chempionatlar rekorchisiga aylandi. 1949/50 yilgi mavsumda «Arsenal» Angliya kubogini qo‘lga kiritdi.
1950-1970 yillar
1951/52 yilgi mavsumda jamoa oltin dubl qayd etish imkoniga ega bo‘lgandi, lekin juda ko‘p futbolchilarning jarohati bunga yo‘l qo‘ymadi. Jamoa bir yuqorilab ketardi, bir pasayib. Umuman olganda, bir xil o‘yin ko‘rsatmas edi. 1966 yilda Berti Mi menejer bo‘ldi. U hech qachon futbol o‘ynamagan va murabbiylik tajribasi ham yo‘q edi, shuning uchun rahbariyatning bu qaroroni ko‘pchilik qoraladi. Lekin Mi jamoaga professionallikni olib kirdi. U himoyada tajribali va yoshi katta futbolchilarga ishonar, hujumda esa yosh futbolchilarni o‘ynatar edi. «Arsenal» 1970 yilda Yarmarka kubogini qo‘lga kiritdi.1988/89 yilgi mavsumda «Arsenal» 18 yillik tanaffusdan keyin Angliya chempioni bo‘ldi. O‘sha mavsumda chempionlik uchun «Liverpul» bilan juda jiddiy kurash kechgan edi. Hal qiluvchi o‘yinda «Liverpul» maydonida oxirgi turda kechdi. «Arsenal» ungacha 14 yil davomida «Enfild»da g‘alaba qozona olmayotgan edi. O‘sha o‘yinda «Arsenal»ni ikkita to‘p farqi bilan qozonilgan g‘alaba qoniqtirar edi. O‘yinda hisobni 52-daqiqada «Arsenal» a’zoasi Alan Smit ochdi. «Arsenal»ga yana bitta gol kerak edi, lekin 90-daqiqacha «to‘pchilar» gol ura olishmadi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan ikkinchi daqiqada Alan Smitdan to‘pni qabul qilib olgan yosh hujumchi Maykl Tomas gol urdi va jamoasiga chempionlikni olib keldi. Keyingi yil «Liverpul» chempionlikni qaytib oldi, lekin yana bir yil o‘tib «Arsenal» Angliyada tengsiz bo‘ldi. 1994 yilda «Arsenal» liga kubogi va Angliyada kubogida bir vaqtning o‘zida g‘alaba qozongan birinchi jamoa bo‘ldi. O‘sha yili jamoa kubok egalari kubogida ham chempion bo‘ldi. O‘sha mavsumdan keyin Grem bosh murabbiylikdan olindi va uning o‘rinini Bryus Riok egalladi, lekin u ham hech nimaga erisha olmadi va jamoadan ketdi.
1996 - ... Arsen Venger davri
1996 yilda «Arsenal» bosh murabbiyi etib Arsen Venger tayinlandi. Bu juda ko‘pchilik uchun kutilmagan bo‘ldi. Arsen kim? degan savol ommaviylashib ketdi. O‘sha vaqtda murabbiy Yaponiyada ishlar edi va u haqda ko‘pchilik eshitmagandi. Hech kim uning klub tarixidagi eng zo‘r murabbiy bo‘lishini kutmagan edi. Uning ilk ishi Dennis Berkampni sotib olish bo‘ldi. Venger «Arsenal»ning zerikarli va himoyaviy o‘yinidan voz kechdi va jamoa o‘yiniga hujumkorlikni olib kirdi. Vengerning «Arsenal»i ikkinchi yildayoq dublga erishdi. Birinchi davradan keyin jamoa «MYu»dan 12 ochko ortda qolayotgan edi, lekin qolgan o‘yinlarning 15tasida g‘alaba qozongan «Arsenal» atigi uchta o‘yinda durang o‘ynadi. Shu tariqa londonliklar tarixida Arsen Venger Angliya chempioni bo‘lgan ilk xorijlik murabbiy bo‘ldi. Venger bilan jamoaga fransuzlar oqib kela boshladi. 1999 yilda jamoaning yetakchi hujumchisi Nikolya Anelka «Real»ga o‘tib ketdi. Uning o‘rnini esa Tyerri Anri egalladi. Anri vaqt o‘tib jamoaning ramziga aylandi. Anri bilan birga jamoaga Silven Viltor hamda Rober Pireslar kelishdi. 2001/2002 yilgi mavsumda jamoa navbatdagi oltin dublni qayd etdi. Lekin jamoaning eng yuqori cho‘qqisi 2003/2004 yilgi mavsumga to‘g‘ri keldi. O‘sha mavsumda premyer-ligada biror marta ham mag‘lub bo‘lmadi. Mag‘lubiyatsiz o‘yinlar soni esa ketma-ket 49taga yetdi. Bu Angliya rekordi bo‘lib turibdi. 2004 yilda jamoa gollandiyalik yosh futbolchi Robin van Persi kelib qo‘shildi. 2005 yilda «Arsenal» Angliya kubogini qo‘lga kiritdi va o‘sha g‘alabadan keyin 9 yil davomida hech nima yutmadi. Xabaringiz bor, 2013/2014 yilgi mavsumda jamoa yana kubokni qo‘lga kiritdi. 2006 yil «Arsenal» chempionlar ligasining finaligacha bordi, lekin finalda «Barselona»ga imoniyatni boy berdi. O‘sha mavsumdan keyin jamoa «Xayberi»dan ketdi va yangi «Emireyts» stadionga ko‘chib o‘tdi.
Yangi stadiondagi birinchi mavsum unchalik omadli o‘tmadi. Jamoa chempionatda to‘rtinchi bo‘ldi va kubok finalida imkoniyatni boy berdi. Tarkib sezilari yoshartirildi. Rober Pires, Sol Kembell, Eshli Koul, va Dennis Berkamplar ketishdi. Ularning o‘rnini Tomash Rosiski, Teo Uolkott, Matyo Flamini, Emmanuel Adebayor va Sesk Fabregaslar to‘ldirishdi. Fabregas yosh bo‘lishiga qaramay jamoa yetakchisiga aylandi. 2007/08 yilgi mavsumda jamoani Tyerri Anre tark etdi. U «Barselona»ga o‘tib ketdi. O‘sha mavsumda jamoa 25 o‘yinni mag‘lubiyatsiz o‘tkazdi va uzoq vaqt chempionatda yetakchilik qildi. Lekin yetakchilarning jarohati sabab «Arsenal» chempionatda uchinchi bo‘ldi. 2009 yilda jamoa chempionlar ligasining yarim finaligacha bordi va chempionatda ikkinchi bo‘ldi. Jamoa Andrey Arshavin, Samir Nasri kabi futbolchilarni sotib oldi. Van Persining ham o‘yinlar ochildi va hujumchi 20ta gol bilan jamoa to‘purari bo‘ldi. 2009/10 yilgi mavsumda «Arsenal» chempionatda uchinchi bo‘ldi, chempionlar ligasi chorak finalidagi «Barselona»ga qarshi o‘yinlar barchaning yodida qoldi. Keyinchalik jamoani yana bir qator yetakchilar tark etishdi va Venger yana yangi jamoa tuzishga majbur bo‘ldi. Fabregas, Song, van Persi, Nasri, Klishi, Ebbuye kabi o‘yinchilar ketib, «Arsenal»ga Mikel Arteta, Aleks Okslayd-Chemberlen, Olivye Jiru, Santi Kasorla va Mesut O‘zil kabi yulduzlar kelishdi.
Ortda qolgan mavsumda jamoa uzoq yillik quruq seriyaga yakun yasab Angliya kubogini qo‘lga kiritdi. Finalda «Xall Siti» mag‘lub etildi. «Arsenal» Angliya chempionatida juda uzoq vaqt birinchi o‘rinda keldi, lekin yana o‘sha jarohatlar sabab jamoa musobaqani to‘rtinchi bo‘lib yakunladi va chempionlar ligasiga yo‘l oldi.
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Liverpul | 11 | 28 |
2 | Manchester Siti | 11 | 23 |
3 | Chelsi | 11 | 19 |
4 | Arsenal | 11 | 19 |
5 | Nottingem Forest | 11 | 19 |
6 | Brayton | 11 | 19 |
7 | Fulhem | 11 | 18 |
8 | Nyukasl | 11 | 18 |
9 | Aston Villa | 11 | 18 |
10 | Tottenhem | 11 | 16 |
11 | Brentford | 11 | 16 |
12 | Bornmut | 11 | 15 |
13 | Man. Yunayted | 11 | 15 |
14 | Vest Xem | 11 | 12 |
15 | Lester | 11 | 10 |
16 | Everton | 11 | 10 |
17 | Ipsvich | 11 | 8 |
18 | Kristal Pelas | 11 | 7 |
19 | Vulverhempton | 11 | 6 |
20 | Sautgempton | 11 | 4 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Liverpul | 4 | 12 |
2 | Sporting | 4 | 10 |
3 | Monako | 4 | 10 |
4 | Brest | 4 | 10 |
5 | Inter | 4 | 10 |
6 | Barselona | 4 | 9 |
7 | Borussiya D | 4 | 9 |
8 | Aston Villa | 4 | 9 |
9 | Atalanta | 4 | 8 |
10 | Manchester Siti | 4 | 7 |
11 | Yuventus | 4 | 7 |
12 | Arsenal | 4 | 7 |
13 | Bayer | 4 | 7 |
14 | Lill | 4 | 7 |
15 | Seltik | 4 | 7 |
16 | Dinamo Zagreb | 4 | 7 |
17 | Bavariya | 4 | 6 |
18 | Real Madrid | 4 | 6 |
19 | Benfika | 4 | 6 |
20 | Milan | 4 | 6 |
21 | Feyenoord | 4 | 6 |
22 | Bryugge | 4 | 6 |
23 | Atletiko | 4 | 6 |
24 | PSV | 4 | 5 |
25 | PSJ | 4 | 4 |
26 | Sparta | 4 | 4 |
27 | Shtutgart | 4 | 4 |
28 | Shaxtyor | 4 | 4 |
29 | Jirona | 4 | 3 |
30 | Zalsburg | 4 | 3 |
31 | Bolonya | 4 | 1 |
32 | RB Leypsig | 4 | 0 |
33 | Shturm | 4 | 0 |
34 | Yang Boyz | 4 | 0 |
35 | Srvena Zvezda | 4 | 0 |
36 | Slovan | 4 | 0 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Arsenal | 0 | 0 |
2 | Bude-Glimt | 0 | 0 |
3 | PSV | 0 | 0 |
4 | Syurix | 0 | 0 |
Nimchorak final | |||
---|---|---|---|
09.02.2021 | |||
22:30 | Byornli |
|
Bornmut |
10.02.2021 | |||
00:30 | Man. Yunayted |
|
Vest Xem |
22:30 | Suonsi Siti |
|
Manchester Siti |
11.02.2021 | |||
00:30 | Lester |
|
Brayton |
00:30 | Sheffild Yunayted |
|
Bristol Siti |
01:15 | Everton |
|
Tottenhem |
22:30 | Vulverhempton |
|
Sautgempton |
12.02.2021 | |||
01:00 | Barnsli |
|
Chelsi |
Chorak final | |||
20.03.2021 | |||
17:15 | Bornmut |
|
Sautgempton |
22:30 | Everton |
|
Manchester Siti |
21.03.2021 | |||
18:30 | Chelsi |
|
Sheffild Yunayted |
22:00 | Lester |
|
Man. Yunayted |
Yarim final | |||
17.04.2021 | |||
21:30 | Chelsi |
|
Manchester Siti |
18.04.2021 | |||
22:30 | Lester |
|
Sautgempton |
Final | |||
15.05.2021 | |||
21:30 | Chelsi |
|
Lester |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Barselona | 5 | 12 |
2 | Bavariya | 5 | 10 |
3 | Benfika | 3 | 9 |
4 | Tottenhem | 5 | 8 |
5 | Atletiko | 3 | 7 |
6 | Arsenal | 4 | 7 |
7 | Man. Yunayted | 3 | 7 |
8 | Real Madrid | 6 | 5 |
9 | Chelsi | 1 | 3 |
10 | Fiorentina | 3 | 3 |
11 | Inter | 3 | 2 |
12 | Roma | 1 | 1 |
13 | Yuventus | 3 | 1 |
14 | Milan | 3 | 1 |
15 | Gvadalaxara | 3 | 1 |
16 | Vissel Kobe | 1 | 0 |
17 | Napoli | 2 | 0 |
18 | Fenerbaxche | 2 | 0 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Liverpul | 1 | 1 |
2 | Manchester Siti | 1 | 1 |
Chorak final | |||
---|---|---|---|
22.12.2020 | |||
22:30 | Brentford |
|
Nyukasl |
23.12.2020 | |||
01:00 | Arsenal |
|
Manchester Siti |
22:30 | Stok Siti |
|
Tottenhem |
24.12.2020 | |||
01:00 | Everton |
|
Man. Yunayted |
Yarim final | |||
06.01.2021 | |||
00:45 | Tottenhem |
|
Brentford |
07.01.2021 | |||
00:45 | Man. Yunayted |
|
Manchester Siti |
Final | |||
25.04.2021 | |||
20:30 | Manchester Siti |
|
Tottenhem |
10.11.2024. APL . 11-tur. | |||
21:30 | Chelsi |
1-1 | Arsenal |
23.11.2024. APL . 12-tur. | |||
20:00 | Arsenal |
-:- | Nottingem Forest |
© STADION.UZ Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|