Kirish Registrasiya

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

KLUB TARIXI

Tashkil topishi
1899 yilda Joan Gampermon tashabbusi bilan shveysariyalik, britaniyalik, ispaniyalik va kataloniyalik futbolchilardan tashkil etilgan. Jamoa Kataloniya sharafi hisoblanadi. «Kapm Nou»da ham «Masunqueclub» (bir klubdan ham ko‘p) degan yozuv bor. «Barselona» Kataloniya ramziga aylangan. «Barselona» Ispaniya premyerosidan tushib ketmagan uch jamoadan biri hisoblanadi. «Atletik» va «Real» bilan birga.

Rivojlanish davri
«Barselona» uzoq vaqt davomida homiylik logotipini formasida qayd etishni xohlamadi, lekin 2005 yilga kelib jamoa liboslarida ilk reklamalar paydo bo‘ldi. O‘shanda TV3 (Kataloniya televideniyasi) ramzi klub kiyimlaridan joy oldi. 2006 yilda jamoa YUNISEF bilan shartnoma imzoladi va jamoa liboslariga UNICEF yozuv tushirildi. Keyinchalik jamoaning titul homiylari Qatar Foundationhamda Qatar Airways bo‘lishdi. 2009 yilga kelib jamoa aql bovar qilmas natijani qayd etdi. «Barselona» o‘zi qatnashgan barcha musobaqada g‘alaba qozondi. Ispaniya chempionati, Ispaniya kubogi, Ispaniya superkubogi, Yevropa chempionlar ligasi, Yevropa superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida «Barselona»ga teng keladigani topilmadi.

1908-1926 yillar. Gamper davri
1908 yilda jamoa tashkilotchisi va hujumchisi Joan Gamper prezidentlikni qabul qilib oldi. Bu vaqtda kelib jamoa qiyin ahvolga tushib qolgan edi. Kataloniya kubogidagi g‘alabadan keyin uch yil davomida hech nima yutmagan jamoa iqtisodiy jihatdan ham qiynalib qoldi. Gamper jamoani ancha jonlantirdi. U prezidentlikka besh marta takror saylandi. Uning qo‘l ostidagi jamoa o‘z shaxsiy stadioniga ega bo‘ldi. 1909 yilning 14 martida «Barselona» «Karrer Industria» nomli 8 ming muxlisli stadionga ko‘chib o‘tdi. Gamper klub a’zolarini ko‘paytirishga ham e’tibor qaratdi. U jamoa a’zolari sonini 10 ming nafargacha oshirdi. 1922 yilda jamoa yana yangi stadion qurdi. «Kamp de Les Korts» nomli arena 22 ming kishili edi, keyinchalik uni 60 mingacha kattalashtirishdi.

«Barselona» futbol klubi o‘lishi mumkin emas. Agar hozir kimdir bu jamoa bilan shug‘ullanmasa, bu bilan o‘zim shug‘ullanaman. Umid qilamanki, meni qo‘llashadi. Bugundan boshlab, meni klubda ketishga majbur qilgan aldovlar va yolg‘onlarni ututmoqchiman. Bir kun kelib barchamiz birlashishimiz uchun harakat qilaman»,- degan edi Gamper lavozimga saylanganida.

1912 yilda Gamper jamoaga Paulinyo Alkantarani olib keldi. U 13 yil davomida «Barselona»da o‘ynadi. Bu vaqt davomida 357 golga mualliflik qildi hamda klubning 2014 yilgacha eng yaxshi to‘purari bo‘lib keldi. Keyinchalik Lionel Messi bu rekordni yangiladi.

1917 yilda Gamper bosh murabbiy etib jamoaning sobiq futbolchisi angliyalik Jek Grinvelni tayinladi. U jamoani ancha rivojlantirdi. Gamperning 22 yillik faoliyati davomida «Barselona» 11 marta Kataloniya chempionatida, olti marta Ispaniya kubogida va to‘rt marta Piriney kubogida chempion bo‘ldi. O‘sha vaqtda jamoada Alkantara, Emilio Sagi Linyan (Sagi Barba), Xosep Semiter, Feliks Sesumaga, Frans Plyatko va Rikardo Samoro kabi futbolchilar o‘ynashdi.

1923-1939 yillar. Rivera, Respublika va fuqarolar jangining jamoaga ta’siri
Keyinchalik jamoa uchun qiyin damlar boshlandi. 1925 yilning 14 iyunidagi o‘yin vaqtida diktator Primo de Rivera buyrug‘i bilan Ispan qirolligi marshi chalindi. Bu esa hushtakbozlik bilan kutib olindi. Natijada «Barselona» stadioni olti oyga yopib qo‘yildi. Keyinchalik jazo uch oygacha qisqardi. Gamper avval klubdagi faoliyatidan voz kechdi, 1930 yil 30 iyulda esa o‘z joniga qasd qildi. 1936 yilda Fransisko Franko armiyasi askarlari klub prezidenti Xosep Sunolni o‘ldirishdi. Bir yil o‘tib klub bazasiga o‘sha armiya vakillari bomba tashlashdi va ko‘plab qurbonlar bo‘ldi. O‘sha vaqtda klub a’zolari soni 3486tagacha qisqardi.

1939-1974 yillar
Fuqarolik urishi tugagach Franko imperiyasi hukumat tepasiga keldi. Kataloniya bayrog‘i va tili cheklandi. Hattoki jamoa nomini ham o‘zgartirishni buyurishdi. 1941 yilda FootballClubBarcelona (o‘sha vaqda jamoa nomi inglizcha edi) ClubdeBarcelona deb o‘zgartirildi. 33 yil davomida jamoa shu nomda harakat qildi. Klub ramzidan Kataloniya bayrog‘i olib tashlandi. 1943 yilda jamoa hozirgi qirol kubogi yarim finalida o‘z uyida «Real Madrid»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi, javob o‘yinida madridliklar 11:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Qiyin vaziyat bo‘lishiga qaramay jamoa yutuqlarga erisha oldi. 1945 yilda «Barselona» 16 yillik tanaffusdan keyin Ispaniya chempioni bo‘ldi. 1948 hamda 1949 yilda jamoa yana ikki marta Ispaniya chempionatini qo‘lga kiritdi. 1949 yilda Lotin kubogini ham yutib oldi.

1957 yilga kelib «Barselona» o‘zining yangi stadioniga ega bo‘ldi. Unga «Kamp Nou» deb nom berishdi. Bu vaqtga kelib jamoa tarkibi ham kuchaya boshladi. 1960 yilda Yevropaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Luis Suares ham «Barselona»ga o‘tdi. Jamoa ikkita ajoyib vinger Shandor Koshich hamda Zoltan Tsiborlarni sotib oldi. Jamoa 1959 yilda Ispaniya chempionati va kubogida g‘alaba qozondi. Bir yil o‘tib Yarmarka kubogida g‘alaba qozondi. 1961 yilga kelib «Barselona» Madridning «Real» jamoasining chempionlar kubogidagi (hozirgi chempinlar ligasi) monopoliyasiga chek qo‘ydi va ularni musobaqadan chiqarib yubordi. Lekin finalda ular «Befika»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. 1974 yilga kelib jamoa eski nomini qaytib oldi.

1974-1978 yillar. Kroyfning jamoaga kelishi
«Barselona»ga 1973-74 yilgi mavsumda klub afsonasi Yoxan Kroyf keldi. U jamoaga «Ayaks»dan keldi va juda tez moshlashib ketdi. Uni muxlislar dastlabki intervyusi uchun yaxshi ko‘rib qolishdi. Kroyf «Barselona»ni «Real»ga qarshi bo‘lgani uchun emas, Franko bilan bog‘liq jamoada o‘ynashni xohlamasligi uchun tanlaganini ta’kidladi. Jamoa 1974 yilda 14 yil o‘tib Ispaniya premyerosida g‘alaba qozondi. O‘sha yil klasikoda «Real» Madridda 5:0 hisobida mag‘lub etildi. Kroyf Yevropaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Kroyf jamoadan 1978 yilda ketdi va AQShga yo‘l oldi.

1978-1988 yillar
1978 yilda klub prezidenti Xosep Luis Nunyes bo‘ldi. Uning maqsadi jamoani jahonga olib chiqish va iqtisodiy muqimlikni ta’minlash edi. 1982 yilda «Barselona» «Boka Xuniors»dan Diyego Maradonani sotib oldi. Diyego jamoaga 3 million funtga kelgan edi. Ikki yildan keyin «Barselona» Maradonani o‘sha vaqt uchun supernarx bo‘lgan 5 million funtga «Napoli»ga sotdi. U vaqtlarda jamoa murabbiyi Terri Veneybls edi. Bundan tashqari «Barselona» germaniyalik yarim himoyachi Bernd Shusterni sotib oldi. 1986 yilda jamoaga ingliz Garri Liniker hamda mahalliy darvozabon Andoni Subizarreta kelishdi. Bir yildan keyin jamoaga Luis Aragones bosh murabbiy bo‘ldi. Bu davrda «Barselona» iqtisodiy yaxshi holatga keldi.

1988-1996 yillar. Kroyfning qaytishi
1988 yilda Yoxan Kroyf jamoaga bosh murabbiy bo‘lib qaytdi. Jamoa Amor, Xosep Gvardiola, Xose Mariya Bekero, chiki Begiristayn, Nadal, Eusebio, Goykoyeche, Georgi Hoji, Ronald Kuman, Mikayel Laudrup, Romario va Xristo Stoichikov kabi futbolchilar bilan boyidi. 1991-1994 yillarda jamoa to‘rt marta qatorasiga Ispaniya chempioni bo‘ldi. 1989 yilda kubok egalari kubogida zafar quchdi. 1992 yilda chempionlar kubogida g‘alaba qozondi. Keyinchalik qatorasiga UYEFA superkubogi, qit’alararo kubok va mahalliy sovrinlar qo‘lga kiritildi. 1994 yil chempionlar ligasining finalida «Barselona» «Milan»ha 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Kroyf jamoa bilan g‘alabali yurishlari bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Uning jamoasini «Dreamteam» deb atashdi. 1997 yilga kelib ko‘pchilik jamoadan ketdi va yangi davr boshlandi. Kroyf ham ketdi.

1996-2003 yillar
Kroyf ketgach bosh murabbiy Bobbi Robson bo‘ldi. U bir yil davomida jamoda ishladi. U bilan «Barselona» kubokli xet-trik qayd etdi. O‘sha mavsumda jamoa Ispaniya kubogi, Ispaniya superkubogi va kubok egalari kubogida g‘alaba qozondi. Bobbi Robson davrida jamoa «PSV»dan Luis Nazario de Lika Ronaldo keldi. Ronaldo jamoa haqida shunday degan edi: «Kataloniya» - bu mamlakat, «Barselona» esa armiya». Ronaldo ham bir yildan keyin «Inter»ga ketdi. Robson o‘rniga Lui van Gaal keldi. Bu vaqtda jamoa Luish Figu, Jovani de Oliveyra, Luis Enrike, Patrik Klyuvert hamda Rivaldolarni sotib oldi. 1998 yilda jamoa Ispaniya chempionati va kubogini qo‘lga kiritdi. Chempionlar ligasida esa ishlar o‘xshamadi. Bir yil o‘tib «Barselona» klub yuz yilligida yana mamlakat chempioni bo‘ldi. Rivaldo esa Yevropaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Bu nomga sazovor bo‘lgan «Barselona» futbolchilari to‘rttaga yetdi. 2000 yilda Luish Figu «Real»ga o‘tdi va juda katta muammolarga sabab bo‘ldi.

2003-2008. Reykard davri
2003 yilda Joan Laporte prezident etib saylandi. U jamoaga yosh Frank Reykardni olib keldi. Uning qo‘l ostida jamoa juda katta o‘sishga erishdi. Jamoaga Ronaldinyo, Deku Eto’O, Rafael Markes kabi yulduzlar kelishdi. Klub tarbiyalanuvchilari Messi, Inyesta, Puyol, Xavilar porlashdi. Birinchi mavsumda jamoa premeroda ikkinchi bo‘ldi, lekin 2005 yilga kelib «Barselona» Ispaniya chempioni bo‘ldi va kubokda g‘alaba qozondi. 2004/2005 mavsumda Ronaldinyo jahon va Yevropaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. 2005 yilda Madridda jamoa «Real»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ronaldinyoning o‘yinlarini mahalliy muxlislar ham olqishlashgan edi. Reykard «Real» ikki marta mehmonda mag‘lub etgan birinchi «Barselona» murabbiyi bo‘ldi. 2005/2006 yilda «Barselona» tarixiy g‘alabani nishonladi. Jamoa Parijda «Arsenal»ni mag‘lub etib, chempionlar ligasida g‘alaba qozondi.

2008-2012 yillar. Gvardiola davri
2008 yilda jamoani «Barselona B» bosh murabbiyi va afsonaviy futbolchis Xosep Gvardiola qabul qilib oldi. Jamoa qator yetakchilar bilan xayrlashdi. Janluka Zambrotta, Lillian Tyuram, Edmilson, Deku, Ronaldinyolar o‘rnini Dani Alves, Seydu Keyta va Aleksandr Gleblar egallashdi. Jamoa o‘sha mavsumda Ispaniya chempioni bo‘ldi. Mamlakat kubogi ham «Barselona»ga nasib etdi. Bu jamoaning yuzinchi sovrini edi. Bu yo‘lda «Real» ikki marta ham mag‘lub etildi, Kataloniyada 2:0, Madridda 6:2. 2009 yilda «Barselona» Rimda «MYu»ni mag‘lub etdi va chempionlar ligasida chempion bo‘ldi. Finalda Messi hamda Eto’Olar gol urishdi va 2:0 hisobi qayd etildi. O‘sha mavsumda jamoa o‘zi qatnashgan barcha musobaqada g‘alaba qozondi. Jamoa hujumchisi Lionel Messi 2009, 2010, 2011 va 2012 yillarda jahon va Yevropaning tengsiz futbolchisi deb topildi. Jamoa ko‘plab shaxsiy va jahon rekordlarini yangiladi. 2012 yilning 27 aprelida Xosep Gvardiola jamoadna ketmoqchi ekanini ma’lum qildi. U haddan tashqari yuqori talabdan charchaganini ma’lum qildi. Uning qo‘l ostida jamoa to‘rt mavsumda 13ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Gvardiola «Barselona» tarixidagi eng yaxshi murabbiy bo‘lib turibdi.

Gvadioladan keyin uning o‘rnini Tito Vilanova egalladi. Jamoa Ispaniya chempionatida rekord ochkolar bilan g‘alaba qozondi. Bu 22 premyero kubogi bo‘ldi. Keyinchalik Vilanova 2014 yilda saraton kasalidan olamdan o‘tdi. O‘tgan mavsumda jamoa Xerardo Martinoni bosh murabbiy etib tayinladi. Jamoa Martino bilan Ispaniya superkubogida g‘alaba qozondi, lekin boshqa sorvin yutmadi. Hozirda Luis Enrike jamoa bosh murabbiyi.

Klub prezidentlari
2010-2014. Sandro Rossel.
2003-2010. Joan Laporte.
2003. Boshqaruv qo‘mitasi.
2003. Enrike Reyna Martines.
2000-2003. Joan Gasper Solves.
1978-2000. Xosep Kelementi.
1977-1978. Raymon Karrasko Azemer.
1969-1977 Agusti Monel Kosta.
1968-1969. Narsis de Karreras Giteras.
1961-1968. Enrik Lyaudet Ponsa.

Bosh murabbiylar
2014. Luis Enrike.
2013-2014. Xerardo Martino.
2012-2013. Tito Vilanova
2008-2012. Xosep Gvardiola.
2003-2008. Frank Reykard.
1997-2000, 2002-2003. Lui van Gaal.
1996-1997 Bobbi Robson.
1988-1996 Yoxan Kroyf.
1987-1988. Luis Aragones.
1984-1987. Terri Veneybls.
1983-1984. Sesar Luis Menotti.
1981-1983. Udo Lattek.
1980-1981. Elenio Errera.
1979-1980. Xoakim Rife.
1971-1975, 1976-1978. Rinus Mixels.

La-liga

Jamoa O' O
1 Real Madrid 32 81
2 Barselona 32 70
3 Jirona 32 68
4 Atletiko 32 61
5 Atletik Bilbao 32 58
6 Real Sosyedad 32 51
7 Betis 32 48
8 Valensiya 32 47
9 Vilyarreal 32 42
10 Xetafe 32 40
11 Osasuna 32 39
12 Sevilya 32 37
13 Las-Palmas 32 37
14 Alaves 32 35
15 Rayo Valyekano 32 34
16 Selta 32 31
17 Malyorka 32 31
18 Kadis 32 25
19 Granada 32 18
20 Almeriya 32 14

ECHL

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Barselona 10 19
2 Portu 8 15
3 Shaxtyor 6 9
4 Antverpen 6 3

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

Nimchorak final
12.12.2023
23:00 Al-Ittihod
3:0
Oklend Siti
Chorak final
15.12.2023
19:30 Leon
0:1
Urava Reds
23:00 Al-Ahli
1:3
Al-Ittihod
Yarim final
18.12.2023
23:00 Fluminense
2:0
Al-Ahli
19.12.2023
23:00 Manchester Siti
3:0
Urava Reds
3-urin uchun
22.12.2023
19:30 Al-Ahli
-:-
Urava Reds
Final
22.12.2023
23:00 Fluminense
-:-
Manchester Siti

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenhem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

22.04.2024. La-liga . 32-tur.
00:00
Real Madrid
3-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

30.04.2024. La-liga . 33-tur.
00:00
Barselona
-:-
Valensiya

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.