Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Ikki xil boshqaruvdagi farq. Kim oqil va kim ahmoq?

Ikki xil boshqaruvdagi farq. Kim oqil va kim ahmoq?

Menga Yevropaninng so‘nggi yillardagi eng omadsiz jamoasi qaysi? deb savol berishsa, hech ikkilanmay "Barselona" deya javob berardim. Ular ko‘p bora Chempionlar Ligasida kambeklar qurboni bo‘ldi va omadsiz transferlarni amalga oshirdi. Mayli, bular aslida mikro omadsizliklar. Aslida, jamoaning eng katta omadsizligi - Bartameu. Uning qo‘l ostida klub mislsiz talofatlarni qabul qilib oldi. Bemaqsad tizim, katta pullar evaziga foydasiz transferlar va yana ko‘plab boshqaruvdagi xatolar ko‘zga tashlanib qolgan edi. Hozir Bartameu klubdan ketdi, to‘g‘rirog‘i uni xaydashdi. Yangi kelgan va unchalik ham yangi bo‘lmagan Joan Laporta jamoa uchun foydali ishlarini boshlab yubordi. Demak, ishlar qanday ketayotganiga bir nazar tashlab o‘tamiz.  

Progressiv Laporta

"Ko‘k-anorranglilar" yozgi transferlar oynasida anchagina faol ishtirok etmoqda. Bu avvalo klub qilishi kerak bo‘lgan ilk vazifalardan biri hisoblanadi. 4 ta transfer va hammasi deyarli katta nomlar. Memfis Depay, Erik Garsiya, Serxio Aguero kabi futbolchilar jamoaga tekinga kelib qo‘shilgan bo‘lsa, Emerson sobiq klubiga 9 millionga qaytdi. Tekinga kelib qo‘shilgan futbolchilarga e’tibor bersak, biri yosh iqtidor, yana biri o‘zining pik darajasiga chiqayotgan o‘rtayoshli futbolchi, boshqasi esa tajribali katta yoshli hujumchi. Buni yaxshi yurish deb hisoblasak ham bo‘laveradi. Boisi, rahbariyat natija uchun faqat qariyalar bilan shartnoma imzolagani yo‘q. Iqtidorli Garsiya hali uzoq vaqt o‘z o‘yini bilan jamoaga yordam berishi mumkin. Aguero goleador va u hamon o‘z darajasida to‘p tepmoqda. Agar, u o‘z o‘yinini ko‘rsata olsa va Messi bilan yaxshi tandemga aylana olsa, ayta olamanki "Barselona"ning raqiblariga ancha qiyin bo‘ladi. Depayning kelishi esa, raqobatbardosh hujum chizig‘ini vujudga keltirdi. Uning qanday o‘yinchi ekanligini Yevro-2020da guvohi bo‘lmoqdamiz. Emerson asli "Barselona"ga tegishli futbolchi va uning o‘yiniga baho berish biroz mushkul. Kelgusi mavsumda bunga hali yetarlicha vaqtimiz bo‘ladi. Ochig‘ini aytganda, Laportaning bu ishlarini ko‘rib, avvalgi rahbariyatning ahmoqona qarorlari va uzoqni ko‘rmay qilgan ishlari ko‘z oldimdan o‘tdi. 

Bartameuning ulkan xatolari

O‘rni to‘lmagan futbolchi

Parijliklar bir paytlari Neymar va Mbappeni 400 million yevroga sotib olganda, ularni ayrimlar puli ko‘p, ammo "aqlsiz" deb atashgan edi. Qisman bu fikrga qo‘shilsa bo‘ladi. O‘sha payti Neymarning PSJga o‘tishi transfer bozorida o‘yinchilarning narxini suniy ravishda ko‘tarib yubordi. Kataloniya klubi braziliyalik transferidan 222 million yevro ishlab topdi. Bu katta pul va bu pul evaziga ancha yaxshi transferlar qilsa bo‘ladi. Bartameuninng ilk transferi Dembele bo‘ldi va u klub uchun 120 million yevroga tushdi, so‘ngra Koutinyo 145 million yevro evaziga "ko‘k-anorranglilar" safiga kelib qo‘shildi. So‘nggi katta transfer Grizmann bo‘ldi va u uchun 120 million yevro sarflandi. Xo‘sh savol! Shu uch futbolchining qaysi biri Neymar kabi o‘ynab keta oldi? O‘ylashimcha, bu uch futbolchining qilgan ishlarini qo‘shib hisoblasa ham Neymarchalik klubga foydasi tegmagan bo‘lib chiqadi. 

Artur va Pyanich rokirovkasi

Keling, sog‘lom odamdek fikrlab ko‘ramiz. Ikki futbolchi va ikkalasining ham transfer narxi bir xil, daraja jihatdan ham uncha katta farq yo‘q, ammo yoshdagi farq 6 yoshni tashkil etadi. Siz prezident bo‘lganingizda ularni almashtirgan bo‘lar edingizmi? Mayli, Pyanich shunga yarasha o‘ynab bersa, boshqa gap edi. Uning ayni damda "Kamp Nou"dagi kunlari ham yakunlanib qoldi. Artur esa "Yuventus"da va unchalik ham yomon o‘ynayotgani yo‘q. U hali Turin klubi uchun ko‘p yillar o‘ynab bera olishi mumkin, Pyanich esa "ko‘k-anorranglilar" safida qolgan taqdirda ham uzog‘i 4 yoki 5 mavsumdan so‘ng "butsasini mixga iladi". Bartumeuning lavozimidagi shahslar mantiqqa tayanib ishlashi lozim. Uning bu ishini esa mantiqsizlikning oliy darajasi deb atagan bo‘lar edim. 

Suaresning jamoani tark etishi

Luis Suares kabi katta hujumchi hali o‘z darajasida o‘ygayotgan payti jamoani tark etishini to‘g‘ri deb bilmagan bo‘lar edim. Eng qizig‘i, shundaki u ketgan taqdirda Suares darajasidagi hujumchi "Barselona"da to‘p tepishi kerak edi, ammo yakunlangan mavsumni klub markaziy hujumchisiz yakunladi. Breytveyt esa "ko‘k-anorranglilar" darajasidagi futbolchi emas. Mayli, buni muhokama qilish joiz emas. Suaresning qaysi jamoaga o‘tganini barchamiz ko‘rdik. U yakunda "Atletiko"ni chempion qilganiga ham guvoh bo‘ldik. Agar,  u jamoada qolganda shu gollarni "Barselona" uchur urmasmidi? Shaxsan men uning goleadorlik qobiliyatiga bir on ham shubha qilmaganman. Uning jamoadan ketishini Bartameuning xatosi deb hisoblayman, shunchaki xato emas, mudhish xato. 

 

Hali natija ko‘rsatmay turib, Laportaning jamoasini ortiqcha maqtab yuborish fikridan yiroqman va men to‘xtalib o‘tayotgan jihat faqatgina transfer siyosati. Bartameu uchta futbolchiga 420 million yevro sarfladi. Laporta esa tekinga 3 futbolchini qo‘lga kiritdi. Darajada farq bor-ku? deydiganlar topilsa kerak. Bo‘lishi mumkin, ammo 420 million yevroga arzigulik farq emas, har holda.

 

                                                    Xudayqulov KARIM maqolasi

 

Kiritildi: 24.06.2021 19:46. O'qildi: 7138 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik