Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Yevro-2020 va Amerika kubogi sabab e’tibordan chetda qolgan transferlar

Yevro-2020 va Amerika kubogi sabab e’tibordan chetda qolgan transferlar

Pandemiya sabab, Yevro-2020 musobaqasi ham, Amerika kubogi ham 2021 yilda o‘tkazilmoqda. Mana salkam bir oydan beri futbol muxlislarining bor e’tibori mazkur musobaqalarga qaratilagan. Ammo, ushbu qit’a chempionatlari sabab yozgi transferlar oynasi vaqtida amalga oshgan ko‘pgina shartnomalar unchalik katta shov-shuvlarga sabab bo‘lmadi. Hozir esa biz sizlarga Yevro-2020 va Amerika kubogidagi to‘xtalish paytida mazkur transferlar haqida yana bir bor eslatishga qaror qildik.

Jeydon Sancho ("Borussiya D" - "Manchester Yunayted")

85 million funt sterling

Yevro-2020 paytida "Manchester Yunayted" va "Borussiya D" Jeydon Sancho transferi bo‘yicha kelishib olishdi. Shartnoma bonuslar va 85 million funt sterlingni tashkil qiladi. Ushbu summaning bir qismini futbolchining sobiq klubi - to‘rt yil oldin angliyalik futbolchini Bundesliga klubiga sotgan "Manchester Siti" oladi. Sancho Yevro-2020dan keyin, Manchester klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va mazkur bitim yakunlanadi.
O‘tgan mavsumda Jeydon Bundesliganing 26 uchrashuvida 8 ta gol va 11 ta golli pas bergan.

Eshli Yang ("Inter" - "Aston Villa")

Erkin agent

Yang "Inter"dagi ikki yillik mavsumi davomida Antonio Konte bilan chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi va shundan so‘ng, Premyer ligaga qaytishga qaror qildi. U o‘zi tug‘ilgan shahar jamoasi "Aston Villa"ga ko‘chib o‘tdi.
35 yoshli himoyachi "Manchester Yunayted"ga o‘tguniga qadar 2007 yildan 2011 yilgacha mazkur jamoa safida 190 uchrashuvda maydonga tushgan.

U "Aston Villa" bilan bir yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi, shuningdek, agar futbolchi xohlasa, uni yana uzaytirish mumkin.
"Aston Villa"dan ketganim kabi, ushbu klubga qaytganim ham kutilmaganda yuz berdi. Shu vaqt ichida jamoada juda ko‘p o‘zgarishlar bo‘lib ketdi. Qiziqish haqida eshitishim bilan darhol agentimdan mazkur transferni rasmiylashtirishni talab qildim", deydi futbolchining o‘zi.

Kevin-Prins Boateng (Monsa - Gerta)

Erkin agent

Kevin-Prins Boateng faoliyati boshlangan joyga qaytdi. U karyerasini 2005 yilda "Gerta Berlin" jamoasida boshlagan. Shundan keyin futbolchi, "Tottenxem", "Jenoa", "Milan", "Barselona", "Beshiktosh" kabi klublarda to‘p tepdi ... va endi u yana o‘z uyida.

"Gerta" men uchun shunchaki klub emas. Mening faoliyatida keskin burilishga yordam bergan klub hisoblanadi. Klubga minnatdorchilik bildirmoqchiman. So‘nggi yillarda men juda ko‘p jamoada o‘ynadim, lekin butun hayotim davomida "Gerta"dan qarzdorman. Ushbu klub doimo mening yuragimda bo‘lgan", deydi futbolchining o‘zi.
Aftidan yarim himoyachi yolg‘on gapirmagan. Sababi, uning chap ko‘kragiga klub emblemasi tushirilgan tatuirovka bor.

Janluiji Buffon ("Yuventus" - "Parma")

Erkin agent

Buffon o‘zining sevimli klubiga 20 yil o‘tib, yana qaytib keldi. E’tibor bering! Buffon 43 yoshda va hali ham jamoa asosiy tarkibida tushishni istamoqda. Chunki, uning oldida Chempionlar Ligasida qatnashadigan ikkita jamoadan taklif bor edi. Lekin, mazkur klublar Jijiga zaxira darvozaboni bo‘lishni taklif qilishdi. Ammo, Janluiji ushbu takliflarni rad etdi. Shubhasiz, italiyalik yana darvozada birinchi raqam bo‘lishni xohlaydi.

Endi uning vazifasi Parmani A Seriyasiga qaytarishdir. Garchi Buffon Yevro-2020ga bormagan bo‘lsa ham, terma jamoaga kerakli paytda qaytishi mumkinligini yashirmayapti. U allaqachon Jahon chempionatisaralashida Italiyaga yordam berishga tayyorligi haqida aytgan.

Fikayo Tomori ("Chelsi" - "Milan")

24,5 million funt

Nihoyat Tomori "Chelsi"ni tark etdi va "Milan" bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi. Futbolchi o‘tgan mavsum "Milan"da ijara asosida to‘p tepgandi va uning o‘yini Italiya klubiga juda manzur bo‘lgan ko‘rinadi. Sababi, milanliklar mavsum tugamasidan Fikayo transferini amalga oshirish harakatiga tushib qolishgandi.

23 yoshli himoyachi o‘tgan mavsumda "Chelsi" asosiy tarkibiga kira olmadi. Hatto, bunga "aristokratlar" himoyasidagi jarohatlar ham yordam bermadi. Himoyachi asosiy tarkib uchun kurashda Kurt Zuma va Tiago Silva imkoniyatni boy berdi va klubdaggi o‘z o‘rnini yo‘qotib qo‘ydi. Ammo u "Milan"ga ko‘chib o‘tgach, o‘zini har tomonlama namoyish etdi. 17 marta maydonga tushgan futbolchi, bir marta "Yuventus" darvozasiga gol urishga ham erishgan. Ehtimol, bu londonliklar afsuslanadigan yana bir transfer bo‘lishi mumkin.

Denni Rouz ("Tottenxem" - "Uotford")

Erkin agent

"Tottenxem" klubi va Angliya terma jamoasi tomonidan esdan chiqarilgan Denni Rouz o‘ziga yangi klub topdi. Rouz "Uotford"da tanqidchilarining ovozini yopish uchun ham ushbu qaror juda to‘g‘ri.

Futbolchi 14 yilni "shporlar" safida o‘tkazgan, ammo so‘nggi mavsumda, Mourinyo bilan janjallashib qolda va maydonga tushishdan mosuvo bo‘ldi. Denni avval ham "Uotford"da o‘ynagan. 2009 yilda Rouz mazkur klub sharafini himoya qilgan.
Futbolchi va klub o‘rtasidagi yang shartnoma ikki yilga mo‘ljallangan. Ko‘ramiz, ehtimol Denni Rouz ismi APLda yana mashhurlik darajasiga ko‘tarilar?!

Xoqon Chalxano‘g‘lu ("Milan" - "Inter")

Erkin agent

Ronaldu, Zeedorf, Ibragimovich, Krespo va Badjo. Va yana bir "sotqin"ga aylangan Hoqon Chalxano‘g‘li.

Turkiyalik pleymeyker "Milan" tarkibida 172 o‘yin o‘tkazib, 32 uchrashuvda gol urgan va 48 golga uzatma berishga erishgan. Futbolchi "ko‘k-qoralar"dan yangi shartnomani olmaganidan so‘ng, u "Inter"ga o‘tishga qaror qildi va u yerda turkiyalik futbolchi Simeone Inzagi bosh murabbiyligida maydonga tushadi. Shuningdek, Hoqon "Milan"ni tark etgan yagona futbolchi emas. Yaqindagina darvozabon Janluiji Donnarumma ham "rossonerilar"ni safidan ketib, "PSJ" bilan shartnoma imzoladi.

Memfis Depay ("Lion" - "Barselona"

Erkin agent

Nihoyat, mish-mishlarlar yakunlandi: Depay baribir "Barselona" futbolchisiga aylanadi. Lionel Messi, Antuan Grizmann, Serxio Aguero va Usmon Dembele kabi futbolchilardan tashkil topgan "qotil" hujumchilar qatoriga "Lion" va "Manchester Yunayted"da o‘ynagan gollandiyalik hujumchi ham qo‘shiladi.

Kataloniya klubida Depayga Niderlandiya terma jamoasidan tanish bo‘lgan vatandoshi Ronald Kuman bilan ishlaydi.

 

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

 

Kiritildi: 06.07.2021 20:10. O'qildi: 13198 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik