Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

YECHL. Kecha bo‘lib o‘tgan qur’a tashlash marosimidan keyin klublarning pley-offga chiqish imkoniyatlari

YECHL. Kecha bo‘lib o‘tgan qur’a tashlash marosimidan keyin klublarning pley-offga chiqish imkoniyatlari

Kecha 67-bor o‘tkazilayotgan Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.

Biz guruhlardagi holat va jamoalarning pley-offga chiqish imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz.


A guruhi

"Manchester Siti"

PSJ

«Leypsig»

«Bryugge»

Ushbu guruhda ikkita yaqqol favorit bor. Sheyxlar jamoasi deb nom olgan "Manchester Siti" va PSJ guruh g‘olibligi uchun kurash olib borsa, «Leypsig» ham pley-off bosqichiga chiqish uchun mazkur ikki klubga yetarlicha tashvish bo‘lishi kutilmoqda. Guruhda Belgiyaning «Bryugge» klubi autsayder hisoblanadi. Lekin, bu futbol va unda kutilmagan voqealar ham sodir bo‘lishi mumkin.

B guruhi

«Atletiko»

«Liverpul»

«Portu»

«Milan»

Ushbu guruh mazkur yilgi YECHL guruh bosqichlari orasida eng kuchlisi deya e’tirof etilmoqda. Chindan ham 4 jamoa guruhdan keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatlari yetarli va taxmin bildirish mushkul hisoblanadi. Ammo, biroz farq bilan «Atletiko» va «Liverpul»ning imkoniyatlarini yuqori baholashimiz o‘rinli. «Portu» va «Milan» jamoalari esa Yevropa Ligasi yo‘llanmasi uchun jiddiy kurash olib borishlari haqiqatga yaqin.


S guruhi

«Sporting»

«Dortmund»

«Ayaks»

«Beshiktosh»

Bu guruhda Erling Xoland yetakchiligidagi Dortmundning «Borussiya» klubida imkoniyatlar yuqori. «Ayaks» va «Sporting» klublari ham bor salohiyatlarini ishga solishadi. Turk klubi esa sensasion tarzda natija qayd etib keyingi bosqichga yo‘l olish ehtimoli ham yo‘q emas.


D guruhi

«Inter»

"Real Madrid"

«Shaxtyor»

«Sheriff»

Ikkita favorit va ikkita autsayderga ega guruh. Birinchi o‘rin uchun Italiya va Ispaniya grandlari bahs olib borishi va katta ehtimol bilan «Shaxtyor» Yevropa Ligasi uchun jiddiy kurashishi kutilmoqda. Musobaqada ilk bor ishtirok etayotgan Moldovaning «Sheriff» klubi esa yaxshigina mahorat maktabini o‘tashi mumkin.


E guruhi

«Bavariya»

«Barselona»

«Benfika»

"Dinamo Kiyev"

«Bavariya» hamda «Barselona» jamoasining pley-offga yo‘l olishini ko‘pchilik e’tirof etmoqda. Ammo, «Benfika» va Kiyevning «Dinamo»si o‘z darajasidan yuqori o‘yin namoyish etib, yuqoridagi kutilmalarni ham buzib tashlashi ehtimoli mavjud.


F guruhi

«Vilyarreal»

"Manchester Yunayted"

«Atalanta»

"Yang Boys"

O‘tgan mavsum Yevropa Ligasi finalchilari bir guruhdan joy olishgan. Qo‘shimchasiga ularning yonida Gasperinining hujumkor o‘yin ko‘rsatadigan «Atalanta» jamoasi ham bor. Ikki yo‘llanma uchun mazkur uch klub kurash olib borsa ajab emas. Daraja jihatidan "Yang Boys" jamoasi autsayder hisoblanadi va ularning imkoniyatlari past baholanmoqda.


G guruhi

«Lill»

«Sevilya»

«Zalsburg»

«Volfsburg»

Eng zaif guruh sifatida nomlanayotgan ushbu kvartetda «Sevilya» biroz ustunlik qilishi kutilmoqda. Qolgan uch klub esa guruhdan chiqish uchun jiddiy raqobatga kirishishadi. Xulen Lopetegi jamoasi esa ulardan bir bosh ustundek ko‘rinmoqda. Har holda andalusiyaliklar bunday katta musobaqada ishtirok etish bo‘yicha anchagina tajribali hisoblanishadi.

 

H guruhi

«Chelsi»

«Yuventus»

«Zenit»

«Malmyo»

Amaldagi chempion «Chelsi» va «Yuventus» katta qiyinchiliksiz keyingi bosqichga yo‘l olishi mumkin. «Zenit» va «Malmyo» uchinchi o‘rin uchun kurash olib borishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum guruh bosqichining 1-tur uchrashuvlari 14 va 15 sentyabr kunlari o‘tkaziladi.

Mazkur musobaqa favoriti sifatida esa Messi qo‘shilgan PSJ, Ronaldu o‘tishi kutilayotgan "Manchester Siti" klublari e’tirof etilmoqda. Ular A guruhining o‘zidayoq to‘qnash kelish imkoniyatiga ega bo‘lib turishibdi.

Manba: www.stadion.uz

Kiritildi: 27.08.2021 11:05. O'qildi: 15445 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik