Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

2021/22 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasida qaysi jamoa g‘olib bo‘ladi?

2021/22 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasida qaysi jamoa g‘olib bo‘ladi?

Bugundan e’tiboran Yevropa maydonlariga futbol bo‘yicha UYEFA Chempionlar ligasi musobaqasi qaytadi. Shu munosabat bilan Stadion.uz nashri Yevropa top-klublarining Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lish imkoniyatlarini baholadi.

 

"Real Madrid" (5%)

Madridning “Real”Zidan boshchiligida ketma-ket uch marta Chempionlar Ligasini yutganlarini yaxshi eslaymiz. Biroq, so‘ngi mavsumlar “qaymoqranglilar” uchun omadsiz keldi, deb aytish mumkin. Ammo, “qirollik klubi” o‘tgan mavsum natijalarini biroz yaxshilashdi va klub yarim finalgacha yetib bordi. Mazkur bosqichda madridliklarga Londonning “Chelsi” raqiblik qilishdi. Ko‘pchilik mutaxassislar mazkur qarama-qarshilikda Madrid klubining imkoniyatlarini yuqori baholagan edi. Lekin, uchrashuv kutilgan kabi yakunlanmadi va Tuxel shogirdlari finalga, keyinchalik esa musobaqa g‘olibligiga ham ega chiqishdi. Shundan biroz vaqt o‘tib, Zidan bosh murabbiylikdan iste’foga chiqdi va uning o‘rniga oldin "Real"da ishlagan Karlo Anchelotti tayinlandi. "Qaymoqranglilar" asosiy markaziy himoyachilar Varan va Ramosdan ayrildi. Ularning o‘rniga esa “Bavariya” sobiq futbolchisi David Alaba keldi. “Real” hujum pozisiyasida hech qanday o‘zgarish qilmadi. Madrid klubi yangi mavsumda ham Karim Benzemaninng tajribasiga, Rodrigo va Vinisiusning yoshi va tezligiga shuningdek, Eden Azarning mavsumni jarohatsiz o‘tkazishiga ishonishmoqda. Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lish imkoniyati "qaymoqranglilar" uchun unchalik katta baholanmagan, lekin ular boshqa ispan gigantlari bilan solishtirganda biroz yuqoriroq: "Barsa" Messi va Grizmann ketgach, restrukturizasiyaga uchradi, ammo "Atletiko"da bunday imkoniyat yo‘q. Sababi, “matraschilar”ning YECHLdagi tajribasizligi bunga to‘sqinlik qilishi mumkin.

“Manchester Yunayted” (10%)

 

Ronaldu, Sancho va Varan tomonidan kuchaytirilgan "qizil iblislar", mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun yuqoridagi futbolchilarni jamoaga taklif qilishdi. "Manchester Yunayted" fransuz futbolchisi orqali markaziy himoyadagi kamchiliklarni yopdi.

Ammo "MYU" hujum chizig‘i nafaqat Premyer-liga darajasida, balki Chempionlar ligasida ham qo‘rqinchli ko‘rinadi. Brunu Fernandesh, Sancho, Pogba, Kavani va Ronaldu kabi tajribali va yetakchi futbolchilarga qarshi o‘ynash har qanday jamoaga qiyinchilik tug‘dirishi aniq. Ammo, mankunianliklarda ham muammo yetarlicha topiladi. Ko‘pchilik mutaxassislar klubning asosiy kamchiligi Ole-Gunnar Sulsherning tajribasizligi deb hisoblashmoqda. Ehtimol, Ronaldu boshchiligidagi “Yunayted” musobaqa g‘olibiga aylanar, lekin ko‘pchilik bunga ishonmayapti. Shu sabab, mankunianliklarning imkoniyatini 10% ga baholashga qaror qildik.

“Liverpul” (10%)

 

2019 yilgi Chempionlar Ligasi g‘olibi yana jangga qaytadi. "Qizillar" uchun o‘tgan mavsum oson bo‘lmadi va Premyer-ligada ham mersisaydliklar top-4 jamoalar orasiga zo‘rg‘a kirishdi. Futbolchilarning jarohatidan ko‘proq "Liverpul" zarar ko‘rdi. Yurgen Klopp yigitlaridan xursand. Nemis murabbiyi, agar uning futbolchilarida hech qanday muammo bo‘lmasa, u holda har qanday raqibni mag‘lub etishini biladi. Ayniqsa, Klopp himoyachisi Virjil van Deykning maydonga qaytganidan xursand, chunki o‘tgan masum niderlandiyalikssiz klub juda ham qiynalgan. Yangi mavsumni “qizillar” deyarli yo‘qotishlarsiz boshladi va APLning yangi masumini ham ishonchli tarzda boshladi. Lekin, boshqa jamoalarning katta transferlarni amalga oshirgani, mersisaydliklar esa xaridlar amalga oshirmagan va shuning uchun “Liverpul”ning imkoniyati YECHLda past baholanmoqda.

“Chelsi” (10%)

 

Bir necha oy oldin Chempionlar Ligasini yutgan jamoaning imkoniyatlari ham ancha yuqori. "Aristokratlar" Lempard qo‘l ostida o‘tgan mavsumning birinchi qismida muvaffaqiyatsizlikka uchradi, lekin londonliklarga Tomas Tuxel bosh murabbiylik lavozimini egallaganidan keyin, u “ko‘klar” safida ajoyib ishlarni amalga oshirdi. Tuxel shogirdlari bir nechta favoritlarni mag‘lub etib, Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi.

Yangi mavsumda “Chelsi”ning o‘yinlari yanada yaxshi tomonga o‘zgargan. Verner va Haverts jamoaga ancha moslashishdi. Romelu Lukakuning Londonga kelishi klubning YECHLdagi imkoniyatlarini yanada oshirdi.

“Bavariya” (15%)

Xansi Flik Myunxenda ishlashni xohlamadi va Germaniya terma jamoasini boshqarishga qaror qildi. Buning o‘rniga “Bavariya” 34 yoshli Yulian Nagelsmanni tayinladi. Yangi murabbiy ba’zi futbolchilardan yoshroq bo‘lishiga qaramay, Nagelsmann tajriba va mahoratga ega. U "Xoffenxaym" va "Leypsig"da muvaffaqiyatli mavsumlar o‘tkazgan. Bosh murabbiydan tashqari, ikki futbolchi - Upamekano va Zabitser “Leypsig”ni “Bavariya”ga almashtirishdi. “Bavariya”mazkur transferlarsiz ham Bundesligada yetakchi edi, biroq ularning tarkibini Yevropa maydonlarida bunday deb atab bo‘lmasdi. “Nemis mashinasi”ning Germaniya chempionati g‘olibligi 100%ga kafolatlanganligini taxmin qilsak-da, YECHLni yutish imkoniyatini 15% etib baholadik. Chunki, Nagelmann klubning o‘yin strukturasini o‘zgartirishini aytgan va yangi usul YECHL maydonlarida qanchalik o‘zini oqlashi noma’lum.

“Manchester Siti” (20%)

 

“Shaharliklar” har yili Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishadi. Ular har doim kubok uchun asosiy da’vogarlardan biri sanaladi, lekin har safar nimadir bu narsaga to‘sqinlik qiladi. O‘tgan mavsumda "Man Siti" o‘z maqsadi sari yaqinlashgandi, lekin finalda Tuxelnig "Chelsi"si qarshiligini sindira olmadi.YOzda “shaharliklar” Xarri Keyn bilan shartnoma imzolashga harakat qilishdi, ammo “Tottenxem”Angliya terma jamoasining sardorini tarkibda saqlab qolishga erishdi. O‘tgan mavsum oxirida Aguero klubdan ketgandan keyin, Gvardiola jamoasi markaziy hujumchi pozisiyasida muammolar paydo bo‘lishi mumkin.Katta umidlar bilan 117 million yevroga xarid qilingan Grilish jamoaga qanchalik yordam berishi ham noma’lum.

“PSJ” (20%)

Parijliklar yozgi transfer oynasi vaqtida super darajadagi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi. “PSJ” Messi, Donnarumma, Ramos va Veynaldum kabi tajribali futbolchilarni tekinga tekinga qo‘lga kiritishdi. Ashraf Hakimi ham "Inter"dan 60 million yevroga sotib olindi. Ammo bu futbolchilarsiz Parijda Yevropaning eng mashhur futbolchilardan biri bo‘lgan - Mbappe, Neymar, Verratti va Di Mariya ham borligi esa klubning YECHLdagi imkoniyatini juda ham oshirib yuboradi. Ko‘plab OAV Maurisio Pochettino boshchiligidagi Parij klubini “shalpangquloq” kubok uchun asosiy da’vogar deb hisoblaydi. Haqiqatdan ham “ko‘k-qizillar”dan ko‘ra chempionlik uchun asosiy da’vogarlar jamoa deyarli yo‘qdek, nazarimizda.

Boshqa jamoa (10%)

Hatto Italiya va Ispaniyaning amaldagi chempionlari - "Inter" va "Atletiko" ham asosiy favoritlar ro‘yxatiga kiritilmagan. Milan klubi Lukaku va Hakimidan ayrildi, Simeone jamoasi esa “tirik” qolish nihoyatda qiyin bo‘lgan “o‘lim guruhi”dan joy olgan."Barselona" va "Yuventus" kabi grandlar Messi va Ronaldu ketgandan keyin ozroq qiynalishi mumkin va bu mavsum ular uchun avvalgisidan qiyinroq kechishi mumkin. “Borussiya Dortmund”, “Atalanta” va “Leypsig” kabi klublarda ham nazariy jihatdan imkoniyatlar bo‘lishi mumkin.

 

Internet materiallari asosida Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Kiritildi: 14.09.2021 15:55. O'qildi: 9366 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik