Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Ular ishsiz, ammo hotirjam

Ular ishsiz, ammo hotirjam

Yevropa futbolida yangi mavsum juda qizg‘in tarzda boshlandi. Jamoalar o‘z safiga qo‘shib olgan yangi futbolchilar allaqachon o‘zlarini ko‘rsatishni boshlab yuborgan bo‘lsa, ayrim futbol vakillari borki, ular umuman OAV va muxlislar nigohidan chetda qolib ketishyapti.

E’tibordan biroz chetga chiqib qolganlar bu hozirda ishsiz bo‘lgan murabbiylardir. Keling, hozirda hech qayerda faoliyat ko‘rsatmayotgan murabbiylarni ko‘rib chiqamiz.

Jennaro Gattuzo (43 yosh, Italiya)

2021 yil iyunidan beri ishsiz

Oxirgi klubi - «Napoli»

O‘tgan mavsum natijalariga ko‘ra, Gattuzo «Napoli»ni Chempionlar Ligasiga olib chiqa olmadi. Jamoa A Seriyada beshinchi o‘rinni egalladi. Neapolda ular buni kechira olmadilar va Jennaro ketdi. Gattuzo jamoadan ketganiga ko‘p vaqt o‘tmay boshqa jamoa bilan kelishuvlarni ham boshlab yuborgandi. Uning keyingi jamoasi «Fiorentina» bo‘lishi mumkin edi, lekin u klub rahbarlari bilan transferlar borasida kelisha olmagandan so‘ng klubni tark etgan.

Kike Setyen (62 yosh, Ispaniya)

2020 yil avgustidan beri ishsiz

Oxirgi klub - «Barselona»

Ispan mutaxassisi 2019/2020 yilgi mavsumda Kataloniya klubi uchun qutqaruvchiga aylana olmadi, balki Chempionlar Ligasi chorak finalida «Bavariya»dan 2:8 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, jamoa tarixiga o‘zidan qayg‘uli xotirani qoldirdi. Shu bilan u o‘z joyini Ronald Kumanga bo‘shatib berdi. Biroq, hozirgacha hech kim Setyenni ish qidiruvchi sifatida esga olmadi. Lekin bunday murabbiylar ko‘p vaqtini ishsiz o‘tkazishi mumkin emas. Kikeni tez orada maydon chetida ko‘rishga umid qilib qolamiz.

Ernesto Valverde (57 yosh, Ispaniya)

2020 yil yanvaridan beri ishsiz

Oxirgi klub - «Barselona»

Setyen singari Valverde ham oxirgi oylarda faqat «Barselona»dagi faoliyati xotiralari bilan yashadi. Uning o‘rnini o‘sha Kike egallagan. Ernesto hamkasbi singari haligacha ta’tilda. Bu vaqtda Valverde murabbiylikning boshqa jihatlarini yaxshi o‘zlashtirib borayotgani aniq. Demak, u hali oxirgi murabbiylik so‘zini aytmagan.

Andrey Shevchenko (44 yosh, Ukraina)

2021 yil iyul oyidan beri ishsiz

Oxirgi jamoasi - Ukraina terma jamoasi

2004 yilgi «Oltin to‘p» sohibining bosh murabbiy sifatidagi hozircha birinchi va so‘nggi ishlagan joyi Ukraina terma jamoasi bo‘lib turibdi. Hech kimga sir emaski, Shevchenkoning «ko‘k-sariq»lar bilan ishlash jarayonidagi qarorlarning yarmini uning qo‘l ostidagi murabbiylar qilgan. Chunki jamoada hamjihatlik yaxshi darajada bo‘lgan. Shevchenko jamoasi bilan Yevro-2020 chorak finaligacha chiqdi. U o‘z xohishi bilan terma jamoadan ketganini inobatga oladigan bo‘lsak, uni tez orada boshqa klub yoki terma jamoa murabbiyi sifatida ko‘rish imkoniyatimiz bor. Kutamiz !

Frenk Lempard (43 yosh, Angliya)

2021 yil yanvaridan beri ishsiz

Oxirgi klubi - «Chelsi»

Lempard «aristokratlar» boshidagi murabbiylar o‘rindig‘ida o‘zini to‘liq namoyish qila olmadi, lekin u bir yarim yil jamoa bilan ishlaganidan so‘ng, o‘zining yetakchi hislatlarini ko‘rsatib ulgurdi. Bu darajadagi mutaxassislar Angliyada qadrlanadi. Lekin ularning asosiy muammosi shundaki, ular o‘zlarining darajasidan past klublar bilan ishlay olmaydi.

Antonio Konte (52 yosh, Italiya)

2021 yil may oyidan beri ishsiz

Oxirgi klubi - «Inter»

Konte «Yuventus»ning A Seriyadagi uzoq muddatli gegemonligini buzishga muvaffaq bo‘lgan holda «neradzurri» lagerini chempion maqomida tark etdi. U xarakteri va prinsiplari tufayli «Inter» bilan ishlashni davom ettira olmadi. Antonio Konte yangi jamoasini kutayotgan murabbiylar orasida yetakchilardan biri ekanligini taxmin qilish qiyin emas. Ko‘p manbalarda keltirilishicha uning keyingi klubi londonning «Arsenal»i bo‘lishi mumkin. Chunki londoklirning hozirgi natijalarini qoniqarli deb bo‘lmaydi va tez orada Arteta jamoani tark etishi kutilyapti.

Zinedin Zidan (49 yosh, Fransiya)

2021 yil may oyidan beri ishsiz

Oxirgi klub - "Real Madrid"

Fransuz «galaktikos» bilan Yevropa va jahon klublari futbolida erishish mumkin bo‘lgan hamma narsaga erishdi. U Santyago Bernabeuni boshini tik tutgan holda tark etdi. Zamonaviy futbol olamining eng kuchli murabbiylaridan biri bo‘lgan Zinedin Zidan kabi toifadagi mutaxassisni ko‘pchilik klublar o‘zi tarkibida ko‘rishni xohlashadi. Lekin buni murabbiyning o‘zi xohlaydimi?

Ruslan Maksimov tayyorladi

Kiritildi: 15.09.2021 15:26. O'qildi: 5981 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik