Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Chempionlar Ligasining 2021/22 yilgi mavsumi porlashi kutilayotgan 9 yosh yulduzi

Chempionlar Ligasining 2021/22 yilgi mavsumi porlashi kutilayotgan 9 yosh yulduzi

14 sentyabr kuni Chempionlar ligasining 2021/22 yilgi mavsum guruh bosqichiga start berildi. Yevropaning eng nufuzli turniridahar doim yulduzli futbolchilar, shuningdek, kelajagi porloq deya bashorat qilingan yosh taniqli iste’dodlar o‘ynaydilar.

Bugun biz sizlar bilan joriy yilgi YECHLda porlashi kutilayotgan 10ta yosh iste’dodlar bilan tanishtirishga harakat qilamiz, chunki ular bundan ikki yil oldin «Zalsburg»da o‘zini ko‘rsatgan hujumchi Erling Holand kabi yetuk futbolchilarni kashf qilishimiz mumkin.

 

Ansu Fati, «Barselona»

 

O‘tgan mavsumni og‘ir jarohat tufayli o‘tkazib yuborgan yosh ispaniyalik yarimhimoyachi yangi mavsumda o‘zini namoyish etishi kutilmoqda. Lionel Messi ketishi bilan 18 yoshli vinger Ronald Kuman jamoasida o‘zini ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ladi. Ansu allaqachon jarohatidan forig‘ bo‘lgan, ammo u «Bavariya»ga qarshi ochilish uchrashuvida maydonga tusha olmadi.

Ammo, guruh bosqichi oltita uchrashuvdan iborat, demak, biz «Barselona» kelajagi deb ataladigan futbolchining o‘yinlarini kuzata olishimizga vaqtimiz yetarli.

 

Rayan Gravenberx, «Ayaks»

«Ayaks»ning yosh yarimhimoyachi o‘tgan yili Gollandiyada yulduzli vatandoshlari Matteys De Ligt va Frenki De Yongdan keyin yilning eng yaxshi yosh futbolchisi mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Rayan endigina 19 yoshda va u Amsterdam klubi tarkibida o‘zini ko‘rsatdi va Gollandiya terma jamoasi tarkibida allaqachon sakkizta rasmiy o‘yin o‘tkazishga ulgurdi.

O‘tgan yozda Yevropaning ko‘plab klublari Gravenberxga qiziqish bildirishdi, ammo «Ayaks» «yangi Pogba» laqabini olgan o‘yinchini jamoada saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. Katta ehtimol bilan Rayan Chempionlar ligasida katta o‘sisha erishadi va kelasi yoz uni Yevropaning top-klublaridan birida ko‘rishimiz ehtimoli katta.

 

Jamol Musiala, «Bavariya»

Yozgi mavsumlar oralig‘ida «Bavariya» transfer bozorida juda kam xaridni amalga oshirdi, chunki ularning tarkibida bir nechta yosh iqtidorlar bor, ulardan biri shubhasiz Jamol Musiala.

Londonning «Chelsi» tarbiyalanuvchisi 2019 yil iyulda «nemis mashinasi»ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tdi va bir necha yil ichida yoshlar jamoasi tarkibidan asosiy jamoaga yo‘l oldi va hatto Germaniya terma jamoasida ham debyut qilishga ulgurdi (8 ta o‘yin).

Bu mavsumda Jamol muntazam ravishda qanot hujumchisi sifatida maydonga tushib kelmoqda. Agar, Musiala Chempionlar Ligasining guruhi bosqichida o‘zini ko‘rsatsa, Yulian Nagelsmanning ishonchini yanada qozonishi mumkin.

 

Eduardo Kamavinga, «Real»

«Real»ning yangi xarid qilgan futbolchisi «Selta» darvozasini ishg‘ol qilib, 5:2 hisobidagi g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shdi va Madridda yorqin debyutini o‘tkazdi. «Qirollik klubi» Eduardoga yaqin kelajakda katta ishonch bildirishi kutilmoqda.

«Real»ning Toni Kroos va Luka Modrich kabi yoshi katta futbolchilarini hisobga olsak, Eduardo guruh bosqichida o‘z imkoniyatini qo‘lga kiritishi aniq. Bundan tashqari, futbolchi sobiq klubi «Renn» bilan klublar darajasidagi eng nufuzli turnirda oltita o‘yin o‘tkazgan va musobaqada ancha tajribasi bor.

Albatta, Kamavinga Madridda tezda asosiy tarkibdan joy olmasligi mumkin, ammo yaqin kelajakda «Real»ning yangi yulduziga aylanishi ehtimoli katta.

 

Nunu Mendesh, «PSJ»

O‘tgan yozda «Sporting»ning sobiq himoyachisi APL va La Liga klublariga o‘tishi mumkin edi, lekin yakunda «PSJ» futbolchini 35 million funtga sotib oldi. O‘tgan mavsumda 19 yoshli Mendesh Portugaliya jamoasining asosiy o‘yinchisiga aylandi va o‘n to‘qqiz yildan so‘ng chempionlikni qaytarishga yordam berdi.

Mendeshning yuqori salohiyatini hisobga olgan holda, Maurisio Pochettino yosh futbolchiga Chempionlar Ligasida o‘zini ko‘rsatish imkoniyatini berishga majbur. Ehtimol, hozir biz keyingi o‘n yillikning eng yaxshi himoyachilaridan birini kashf qilish arafasidadirmiz?!

 

Pedri, «Barselona»

O‘tgan mavsumda yosh yarimhimoyachi Yevro -2020 va Tokio Olimpiadasida qatnashgan bo‘lib, klub va terma jamoa tarkibida 73 o‘yin o‘tkazdi. 18 yoshli yarimhimoyachi bir yil ichida Kataloniya grandining asosiy figurasiga aylandi. Yosh iqtidorning xizmatlariga «Manchester Siti», «Liverpul» va «Manchester Yunayted» kabi yetakchi klublar qiziqish bildirgan.

Pedri - «Barselona»ning asosiy yulduzi va umidi, lekin uning shartnomasi kelasi yozda tugaydi (avtomatik ravishda yana 2 yilga uzaytirish imkoniyati mavjud). Albatta, agar Pedri yana ajoyib mavsum o‘tkazsa, u «Barsa»ning almashtirib bo‘lmas o‘yinchisi sifatida o‘z o‘rnini egallaydi va jamoasining asosiy yulduziga aylanadi.

 

Yussufa Mukoko, «Borussiya D»

Yosh nemis hujumchisi atigi 16 yoshda bo‘lib, Germaniya chempionatida 17 uchrashuv o‘tkazgan va uchta gol urgan. Erling Holandning ehtimoliy transferi haqida hamma biladi. Norvegiyalik kelasi yili nemis jamoasini tark etishi mumkin, demak Mukokoda Chempionlar Ligasida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat bor. Shunisi e’tiborga loyiqki, 16 yoshli Yussufa Germaniya yoshlar terma jamoasining asosiy o‘yinchisidir va yaqin ikki yil ichida Mukoko 5-10ta top-klublar ov qiladigan «Borussiya»ning haqiqiy yulduziga aylanishi mumkin.

 

Yeremi Pino, «Vilyarreal»

O‘tgan mavsumda Pino «Vilyarreal»ning «Manchester Yunayted»ga qarshi YEL final bahsida asosiy tarkibida maydonga tushib, musobaqa yakuniy o‘yinida qatnashgan eng yosh ispan futbolchisi bo‘ldi.

O‘tgan mavsumda Pino asosiy jamoa safida 7 ta gol urdi va Unai Emeri klubining asosiy o‘yinchisiga aylanib oldi. Albatta, Yeremi Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 6ta o‘yin o‘tkazadi, bu esa ko‘plab Yevropa gigantlarini yosh ispan iqtidorini sinchiklab kuzatishiga imkon beradi. Agar, Pino xuddi shu ruhda davom etsa, tez orada uning ismi nafaqat «sariq suv osti kemasi» muxlislari, balki Ispaniya terma jamoasining ham tilida bo‘lish ehtimoli bor.

 

Deyan Kulusevski, «Yuventus»

Kulusevski - «Yuventus»ning umidli futbolchilaridan biri hisoblanadi va u «Manchester Yunayted»ga ketgan Krishtianu Ronalduning yo‘qligini bildirmaslikka harakat qilib ko‘radi. Yosh shved vingeri atigi 21 yoshda, lekin u Yevro-2020da ham o‘ynagan, shuningdek, «Parma» va «Yuventus» safida A Seriyaning 77ta o‘yinida ishtirok etishga ulgurgan.

Bu mavsum Deyan uchun ancha omadli bo‘lishi mumkin, chunki «byankonerilar» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri yosh vingerdan katta umid qilmoqda va uni asosiy tarkib futbolchisi sifatida har doim boshlang‘ich tarkibda tushirmoqda.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 16.09.2021 18:00. O'qildi: 8724 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Bayer 0 0
3 Barselona 0 0
4 Zalsburg 0 0
5 Sevilya 0 0
6 Sporting 0 0
7 Shaxtyor 0 0
8 Yuventus 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik