Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Ronaldumi yoki Messi?

Ronaldumi yoki Messi?

Futbol olamining XXI asrga tegishli qismida nima bo‘lgan bo‘lishidan qat’iy nazar, ikki siymo har doim butun dunyo diqqat markazida bo‘lib keldi. Haliyam shunday. Garchand ularning bir chempionatdagi raqobati allaqachon yakunlangan bo‘lsa ham, odamlar ularni solishtirishda davom etmoqda. Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi endilikda sovrinlari, yutuqlari va hatto maoshlari orqali tenglama qilinmoqda. Yaqindagina internetda e’lon qilingan «dunyoning eng eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar ro‘yxati»da ham bu ikkisi ketma-ketlikda joylashib oldi.

Jahonning mashhur moliyaviy jurnali bo‘lgan «Forbes» axborotiga asosan, Ronaldu Messini maosh borasida ortda qoldirgan. Bu yil yangi jamoalarga ko‘chib o‘tgan afsonalar, bu orqali o‘z maoshlarini ham oshirib oldi. Shu sabab ham bu borada Ronaldu yetakchiga aylandi. 36 yoshli portugaliyalik 2021-22 yilgi mavsumdan boshlab, daromad borasida 34 yoshli argentinalikdan ko‘proq pul jamg‘arishni boshlagan. Amerika biznes jurnali hisobotida keltirilishicha, Ronaldu yangi mavsumda jami 92 million funt foyda ko‘radi. Shundan 51,3 millionini to‘g‘ridan-to‘g‘ri «MYU»dagi faoliyatidan topadi. Hujumchi transferlar oynasi yakunlanishidan sal oldin «Old Trafford» stadioniga ko‘chib o‘tgan edi. Yuqorida aytilgan 92 millionning qolgan qismi futbolchiga tijoriy hamkorlik uchun taqdim etiladi. Xususan, «Nike», «Tag Heuer» hamda Ronalduning shaxsiy brendi bo‘lgan «CR7», unga foyda olib keladi.

Lionel Messi o‘tgan mavsumda 98 million funt yillik daromad bilan «Forbes» jadvalida yetakchi edi. Ammo uning «Barselona»ni tark etishi, Ronaldudan keyinga tushib qolishiga sabab bo‘ldi. Argentinalikning bu yilgi mablag‘lari avvalgiga qaraganda 25,7 million funtga qisqargan. Bu haftasiga tahminan 494 ming funtga to‘g‘ri keladi. Shunday bo‘lsa ham u yiliga 81 million funt jamg‘ara oladi. Bu ham juda katta qiymat! Messining klubdan tashqari qiladigan foydasi asoslarini «Adidas», «Pepsi» hamda «Budwaiser» bilan tuzilgan bitimlar tashkil etadi. Messi bu kompaniyalarning reklamalarida muntazam qatnashib keladi. Qolaversa, Leo ham tijorat uchun mo‘ljallangan o‘ziga xos loyihalar yaratgan. Mehmonxonalar, restoran va turli xil xizmatlar tarmog‘i shular jumlasidandir.

Boshqalar haqida

Jurnal ro‘yxatining uchinchi pog‘onasini 29 yoshli Neymar Junior band etgan. U «PSJ»da yiliga 70 million funt ishlab topmoqda. Bu ham Messiniki kabi katta qiymatlardan biridir. Neymar «Nike», «Superdry» va «Diesel» bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzgan va bundan katta foyda olmoqda.


Keyingi o‘rinda Kilian Mbappe qayd etilgan bo‘lib, uning daromadi hamda Neymarniki o‘rtasida juda katta farq mavjud. 22 yoshli fransuz straykeri yiliga 32 million funt ishlab topadi. U «Forbes»dagi eng yosh futbolchi hisoblanadi. Shunga qaramay to‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan.
«Liverpul» yulduzi Muhammad Saloh maosh borasida beshinchi o‘rinda va u bu mavsum 30 million funt daromad ko‘rishi taxmin qilingan. Ushbu mablag‘larning 11,7 millioni Salohga tijoriy sohadan kelmoqda.


Salohdan keyingi o‘rinda 33 yoshli tajribali hujumchi Robert Levandovski keltirilgan. U «Bavariya»da 26 million funt ishlaydi. Uning haftalik maoshi 380 ming funtni tashkil etadi.
«Barselona» afsonasi Adres Inyesta hozirda Yaponiyaning «Vissel Kobe» klubida to‘p surmoqda va u ham 26 million yillik daromadga ega.


Shuningdek, jurnalning keyingi o‘rinlarini 28 yoshli Pol Pogba(25 million funt), 32 yoshli Garet Beyl(23 million funt) hamda 30 yoshli Eden Azar (21 million funt) band etgan.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk

Kiritildi: 23.09.2021 18:51. O'qildi: 15186 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 12 33
2 Real Madrid 12 30
3 Atletiko 12 28
4 Betis 12 26
5 Real Sosyedad 12 22
6 Sevilya 12 18
7 Atletik Bilbao 11 16
8 Alaves 13 16
9 Deportivo 12 15
10 Vilyarreal 12 15
11 Rasing 12 14
12 Selta 12 13
13 Rayo Valyekano 11 12
14 Espanyol 12 12
15 Osasuna 13 12
16 Xetafe 12 12
17 Levante 12 11
18 Elche 12 10
19 Valensiya 12 9
20 Malaga 12 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.11.2026. La-liga. 12-tur.
01:00
Atletiko
1-2
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

22.11.2026. La-liga.
18:00
Barselona
—
Vilyarreal

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik